W simon egatga ekish usuli (66- d rasm) kuchli shamol esadigan va tuprogi shurlangan mintakalarda kullaniladi. W harfi shaklidagi egat tubida tuz miqdori kamrok bo’ladi, uning yon tomonlaridagi tuproq uyumlari yosh nihol larni kuchli shamoldan ximoyalaydi.
Plyonka ostiga urug’ ekishning istikboli katta, chunki plyonka yopilgan joy tuprogi erta baxorda tez isib, urug’ni 7...10 kun oldin ekib tabiiy namlikda tezda undirib olish imkoni bo’ladi. Natijada hosildorlik sezilarli darajada oshadi (66- ye rasm).
Agrotexnik talablar. Urug’larni ekadigan mashinalarning ishiga kuyidagi asosiy talablar kuyiladi. Urug’ni tayinlangan me`yorini o’zgarishi 3 %dan oshmasligi kerak. Urug’ yer maydoni bo’ylab bir tekis taksimlanishi lozim. Kushni katorlarda ekilgan urug’ miqdori bir-biridan don ekishda 6%, dukkakli ekinlarni ekishda 10%, chigit ekishda 10% dan ortiq fark kilmasligi talab qilinadi. Ekilayotgan urug’ning seyalka qismlariga tegib shikastlanishi don ekishda 0,2%, dukkakli ekin ekishda 0,7%ni tashkil qilishi kerak.
Seyalkaning asosiy qismlari
Har qanday seyalka kuyidagi qismlardan (67- rasm): urug’ kutisi 1 ning tubiga o’rnatiladigan miqdorlagich 2, urug’ o’tkaz gich 3, ekkich 4 va urug’ kumgich 5 lardan iborat bo’ladi.
Aylanayotgan miqdorlagich 2, kuti 1 dan belgilangan me`yordagi urug’ miqdorini uzluksiz ajratib olib, urug’ o’tkaz gich 3 ga tashlab turadi va ular orqali utib ekkichiga yetib boradi. Ekkich 4 tuproqni yorib, arikcha tayyorlaydi, uning tubini zichlaydi va u yerga tushayotgan urug’ni kerakli chuqurlikda joylashtirib, tuproq bilan qisman kumib ketadi. Ekkich orqasiga o’rnatilgan kumgich (sudralma zanjir, kurakcha va boshka) lar urug’ni tuproq bilan to’liq kumib, qisman zichlab ketadi.
Seyalkalarning tasnifi. Ekin turiga qarab, chigit, don, makkajuxori, lavlagi, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug’ini ekadigan turlardagi seyalkalar ishlatiladi.
67-rasm. Seyalkaning umumiy tuzilishi.
Ular orasida faqat bir turdagi urug’ni ekadigan maxsus va bir-biriga uxshash bir necha turdagi urug’larni ekadigan universal turlari ham bo’ladi. Ayrim kombinatsiyalashgan seyalkalar urug’ ekish bilan bir vaqtda mineral o’g’itni ham tuproqqa kumib keta oladi. Urug’ ekish usuliga kura seyalkalar katorlab, tor katorlab, uyalab, kvadrat-uyalab, donalab, sepib va plyonka ostiga ekadigan turlarga bulinadi. Traktorga ulanish usuli buyicha tirkalma va osma turlarga ham bulinadi. Don seyalkalari, asosan, tirkalma bo’lib, maxsus moslama yordamida bir nechta seyalkalardan kamrov kengligi katta bo’lgan agregat tuzilib, uni quvvati ko’p bo’lgan traktorga ulanadi. Ulardan katta maydonli dalalarga urug’ ekishda foydalanish mumkin. O’lchamlari cheklangan maydonlarga ekiladigan ekinlar (paxta, lavlagi, sabzavotѕ) uchun osma seyalkalardan foydalangan ma`kul.
Ishchi qismlarini joylashishiga kura seyalkalar monoblokli, modulli va sektsiyali turlarga bulinadi. Monoblokli seyalkada yaxlit rama bo’lib , unga hamma ishchi qismlar o’rnatiladi (68- a rasm). Yagona bunker 1 dagi urug’ yoki o’g’itni bir nechta miqdorlagich 2 lar ajratib olib, urug’ o’tkaz gich 3 orqali ekkich 4 larga yetkazib beradi.
68-rasm. Ishchi qimlarni joylashishi.
Modulli seyalkalarning yagona katta hajmli bunkeri 1 maxsus telejkada joylashadi (68- rasm). Bunkerda ish unumi yuqori bo’lgan, aniq ishlaydigan yagona markaziy miqdorlagich 2, o’rnatiladi. Markaziy miqdorlagich 2 bunkerdan ajratgan urug’ni havo okimi yordamida markaziy kuvur 5 orqali taksimlagich 6 ga yetkaziladi. Taksimlagich 6 dan har bir katorga ekish uchun urug’lar ekkich 4 larga urug’ o’tkaz gich 3 lar orqali uzatiladi. Ekkich 4 lar boshqa ramaga ma`lum tartibda o’rnatilib, ekish bloki tuziladi. Sektsiyali seyalka esa umumiy rama 7 ga o’rnatiladigan ekish sektsiyalaridan tashkil topadi (68- v rasm). Uar bir sektsiyada aloxida bunker 1, miqdorlagich 2, ekkich 4 bo’ladi. Sektsiyalarni ramada siljitib, kator oraliKini o’zgartirish mumkin. Har bir sektsiyadagi miqdorlagichni ishlatish uchun tayanch g’ildiraklari harakat uzatish mexanizmiga ega bo’lishi kerak. Sektsiyali ko’rinishda donalab, keng katorlab urug’ ekadigan maxsus seyalkalar tayyorlanadi.
Miqdorlagichlar
Miqdorlagich kutidagi urug’ning muayyan miqdordagi qismini ajratib olib, uni urug’ o’tkaz gichga tushirib turish uchun xizmat kiladi. Ekilayotgan urug’ning dala bo’ylab bir tekis taksimlanishi miqdorlagichning ishiga bog’liqdir.
Miqdorlagichning mexaniq, pnevmatik, pnevmomexaniq turlari mavjud. Galtaksimon, disksimon, chumichsimon, pirpiraksimon, friktsion, chutkasimon kabi mexaniq miqdorlagichlar turli holatlarda foydalaniladi. Sunggi vaqtlarda, kuprok galtaksimon, disksimon va pnevmatik miqdorlagichlardan foydalanilmokda. o’altaksimon miqdorlagich urug’ni uzluksiz uzatsa, disksimon miqdorlagich esa donalab ajratib beradi, shu sababli galtaksimon miqdorlagich katorlab, disksimon va pnevmatik miqdorlagich donalab ekadigan seyalkalarda ishlatiladi.
Galtaksimon miqdorlagichlar novli yoki shtift (tish) li turlarga bulinadi. Shtiftli galtaksimon miqdorlagichdan mineral o’g’itlarni sochishda foydalaniladi.
Novli galtaksimon miqdorlagich universal xisoblanib, ular don va sabzavot ekin urug’larini, tukli chigitni ekadigan seyalkalarda foydalaniladi. Bunday apparat novli galtak 2, tugarakcha 3, tub 1, korpus 4 va mufta 5 lardan tuzilgandir (69- rasm). Galtak 2 val 6 ga mix bilan maxkamlangan bo’lib , u korpus 4 ning ichida joylashtiriladi. Korpus 4 esa urug’ kutisi tubidagi teshiklar tagiga o’rnatiladi. o’altakning novli tomoniga korpus yon devorining ichida erkin aylanadigan tugarakcha 3, sillik dastasimon qismiga esa mufta 5 erkin kiydirilgan bo’ladi.
Muftaning kovurgasi korpusning ikkinchi devoridagi uyikka kirib turadi. Val 6 yordamida galtak aylanganda, uning novli qismi tugarakchani aylantirib turadi.
Galtakning sillik qismi kuzgalmas muftaning ichida aylanadi. Muftaning
69-rasm Miqdorlagichlar
diametri galtakdagi novlarning tashki diametriga teng qilinadi. Shunga kura, galtak uki bo’ylab tugarakchaga nisbatan surilib, uni korpus ichidagi ishchi qismining uzunligi o’zgartirilsa, galtak bushatgan bushlikni u bilan birgalikda siljitilgan mufta eg’alla ydi, natijada urug’ni kutidan erkin tuqilishiga yo’l kuyilmaydi. Mufta galtakka zich tegib turishi uchun uning bush qismi val 6 ga o’rnatilgan shayba va mixga tirab kuyiladi. Galtakning ishchi qismi uzunligi o’zgartirilsa, novlarning bevosita urug’ni ajratib olayotgan hajmi, ya`ni urug’ miqdori o’zgaradi.
Korpusning pastki ochik joyini tub 1 yopib turadi. Tub 1, tukish mexanizmi vali 7 ga bolt 8 bilan maxkamlangan bo’lib, bush turgan uchi kiya kesilgan bo’ladi. Shuning uchun galtakdagi nov kirrasi ilintirib kelayotgan urug’, tubdan birdaniga tushib ketmasdan, oz-ozlab tukiladi. Ekilayotgan urug’ning yerga tudalanib tushishining oldi olinadi.
Tub 1 ning holatini sozlash uchun sozlovchi bolt 9 va prujina 10 o’rnatilgan. Agar tasodifan yirik jism tubning ustiga tushib kolsa, prujina 10 sikilib, galtak bilan tub orasidagi tirkish kengayib jismni o’tkaz ib yuboradi, bu esa ularni sinishdan saklaydi.
Sirti uta sillik bo’lgan urug’ni ekishda, tub bilan galtak orasidagi tirkishdan urug’ uz-uzidan chikmasligi uchun tirkish 1...2 mm dan oshmasligi kerak. Bunga bolt 9 bilan prujina 10 ning siqilish darajasini o’zgartirish bilan erishiladi. Dukkakli ekinlarning yirik urug’ini ekishda tirkish 8...10 mm kuyiladi, aks hol da urug’ sikilib, shikastlanishi mumkin. Tirkishni kengaytirish uchun val 7 birmuncha burib kuyiladi.
Agar galtak bilan tub orasidagi tirkishdan urug’ni uz-uzidan chikish xavfi bulmasa, galtak novlari urug’ni tub bo’ylab sidirib chiqaradi, ya`ni „pastdan ajratish“ sxemasida ishlaydi. Aks hol da urug’ni chikish xavfi bo’lsa, galtak teskari aylantirilib, urug’ni yuqoriga ko’tarib, tusikdan oshirib, urug’ o’tkaz gichga tashlaydi. Bu „ustidan ajratish“ usuli deyiladi. Bu usulda juda mayda urug’larni ham ekish mumkin.
Galtak ajratayotgan urug’ning miqdori uning kutidagi urug’ga bevosita tegadigan uzunligiga bog’liqdir, galtak korpus ichiga kuprok kiritilsa, ajratilib olinadigan urug’ miqdori ham kupayadi. Xgamma galtaklar bir xil miqdordagi urug’ni ajratib berishi uchun ularning ishchi qismining uzunligi bir xil bo’lishi kerak. Buning uchun galtaklar val 6 ning dastagi yordamida bir xil masofaga suriladi. Agar bir Kaltakning uzini surish zarur bo’lsa, kutini chuzinchok teshigi bo’ylab galtakka nisbatan birmuncha surib kuyiladi.
Ekilayotgan urug’ miqdorini o’zgartirish uchun birinchidan, galtakning ishchi uzunligi, ikkinchidan, uning aylanish tezligi keraklicha o’zgartiriladi. Ammo, aylanish tezligini tayinlashda, ekiladigan urug’larni chidamliligini e`tiborga olish kerak. urug’ kamrok shikastlanishini ta`minlash maksadida, galtak aylanish tezligini minimal, uning ishchi uzunligini maksimal kilib kuyish maksadga muvofikdir. Bugdoy, arpa kabi urug’larning shikastlanishi 0,3% dan, poliz ekinlari urug’lari esa 1,5 % dan oshmasligi kerak.
Disksimon miqdorlagich urug’larni donalab ajratib berishi uchun urug’lar tukiluvchan, ya`ni ularning sirti sillik bo’lishi yoki urug’ga maxsus ishlov berib, uning sirtini silliklash (chigit kimyoviy va mexaniq usul bilan tuksizlantiriladi yoki yopishkok modda bilan koplanadi) talab qilinadi.
Disksimon miqdorlagich, asosan, vertikal yoki gorizontal uk atrofida aylanadigan turlarga bulinadi (70- rasm). Vertikal uk atrofida aylanadigan disk atrofida urug’larni kutidan donalab olib chiqadigan kataklar yasaladi.
Gorizontal uk atrofida aylanadigan disk gardishining yon tekisligida esa uyiklar yasalgan (70- a rasm) bo’ladi.
Disksimon miqdorlagich disk 1, kaytargich 2, tushirgich 3 lardan iboratdir. Bunday miqdorlagichning ish jarayoni kuyidagilardan iborat. Vertikal ukli disk 1, tsilindrsimon urug’ kutisining tubiga yakin o’rnatilgan bo’lib , urug’lar tagida ularga tegib, uzluksiz aylanib turadi. urug’lar ogirlik kuchi ta`sirida disk kataklariga tushib, ular bilan birgalikda aylanib, kaytargichning tagidan utadi. Kaytargichning tishi katakka to’liq tusha olmagan urug’ni ustidan bosib, u yerga joylaydi, joylashmagan urug’ni esa sidirib, u yerdan chiqarib tashlaydi. urug’ kuti tubidagi darcha 5 ustiga kelganida, uni tushirgich turtib, urug’ o’tkaz gichga tushirib yuboradi.
70-rasm. Dikli miqdorlagichlar
Disk chetidagi kataklar kattaligi bir yoki bir nechta (2…4) urug’lar siKadigan kilib tanlanadi. Shu sababli kataklarning kattaligi, soni va disk diametri, sharoitga qarab, turlicha qabul qilinadi.
Bunday miqdorlagich ajratib beradigan urug’ miqdorini kerakli me`yorga keltirish diskning aylanish tezligi hamda kataklar sonini o’zgartirish (kataklar ustini yopib kuyish yoki kerakli kataklar soniga ega bo’lgan diskni tanlash) xisobiga amalga oshiriladi.
Gorizontal uk atrofida aylanadigan vertikal disk urug’ kutisining tubiga o’rnatiladi (70-b rasm). Aylanayotgan disk uyiklariga kutidagi urug’lar uz ogirligi bilan tushib, aylanish davomida kaytargich 2 ga duch keladi. Kaytaragichning tishlari urug’ga teskari harakatlanib, uyikchaga sigmasdan kolgan ortiqcha urug’larni sidirib olib koladi. Diskdagi uyiklar orqali tilinib, o’tkaz ilgan ensiz yulakchaga kiritilgan prujinasimon tushirgich 3 urug’ kutisining tubidagi teshik 5 ning ustiga urug’larni tushirib ularni uyiklar orqali chiqarib tashlaydi. Diskdagi uyiklarning kattaligi ekilayotgan urug’ning bir donasi sigadigandek kilib yasaladi. Bir gektar maydonga ekish uchun mo’ljallangan urug’ me`yori diskning aylanish tezligini o’zgartirish hamda uyiklar soni har xil bo’lgan disklarni tanlash xisobiga o’zgartiriladi.
Pnevmatik miqdorlagich urug’dondagi urug’larni deyarli shikastlantirmasdan muayyan miqdorda va tartibda ajratib berishi bilan ajralib turadi. Pnevmatik miqdorlagich vakuum yoki atmosfera bosimidan ortiq bosim yordamida ishlashi mumkin (71-b rasm).
71-rams. Pnevmatik miqdorlagich
Vakuum yordamida ishlaydigan miqdorlagich (71- a rasm) korpus 4, disk 2, vakuum kamerasi 1, tuzitkich 3, kaytargich 7, bunker 6 va tarkatish kamerasi 5 lardan tuzilgan. Disk 2 ning chetida urug’larni surib oladigan teshik 9 lar yasalgan. Tarkatkich 5 va vakuum 1 kameralari disk tekisligining karama-qarshi tomonlarida joylashtirilgan. Vakuum kamerasi disk tekisligini to’liq koplamasdan, diskning faqat taka shaklidagi chet qismigagina zich tegib turadi (71- a rasmda uning chegarasi punktir chizik bilan ko’rsatilgan). Shunday kilib, diskning pastki bulagi vakuum kamerasiga tegmasligi tufayli, u yerdagi teshiklar atmosfera bosimi ostida bo’ladi. Vakuum kamerasidan maxsus ventilyator havoni kuvurcha 8 orqali uzluksiz surib olib turadi.
Miqdorlagichning ish jarayoni kuyidagicha utadi. Kutidagi urug’lar tarkatish kamerasiga uzluksiz tushib turadi. Ularni tuzitkich sochib turishi sababli, diskdagi har bir teshikka bittadan urug’ surilib, yopishib koladi. Teshiklarga joylashgan urug’lar disk bilan birgalikda yuqoriga ko’tarilib, teshikka yopishmagan urug’lar kaytargich 7 ta`sirida sidirilib olib kolinadi.
Teshiklarga yopishib kolgan urug’lar disk bilan birgalikda pastdagi vakuumi yuk bo’lgan joyga kelganida, uz ogirligi bilan tushib ketadi.
Urug’dondan urug’ni ajratib olish tartibi va miqdorini o’zgartirish uchun teshiklari kerakli tartibda joylashtirilgan diskni tanlash va uning aylanish tezligini o’zgartirish yuli bilan amalga oshiriladi.
Sunggi vaqtda pnevmomexaniq miqdorlagichlar keng tarkalgan bo’lib , boshqa miqdorlagichlarga uxshab har bir ekin katoriga bittadan o’rnatilmasdan, bir nechta (24 tagacha) kator uchun ekiladigan urug’ (yoki o’g’it) miqdorini bir joyda ajratib olib, keyin uni havo naycha yordamida har bir katorga taksimlab beradi.
Miqdorlagichning o’lchamlarini aniqlash
Don seyalkasi Galtaksimon miqdorlagichining o’lchamlari. Uning ish jarayoni 72- a rasmda keltirilgan bo’lib , Galtakning urug’larga ta`sirini uch zonaga bulish mumkin. I zonadagi urug’lar uz ogirlik kuchi ta`sirida pastga qarab intiladi. II zonaga tushgan urug’lar Galtak bilan birgalikda majburan novlarning bushligida harakatlanadi. III zona faol qatlam deyiladi, chunki Galtak sirtiga bevosi-ta tegib turgan urug’lar ishkalan ishi tufayli unga ilashib, nov kirrasining tezligidan birmuncha kam tezlik bilan harakatlanadi. Bu qatlamga tegib turgan keyingi qatlamdagi urug’larning siljish tezligi yanada kamrok bo’ladi. Eng chetki qatlamdagi urug’lar esa eng kam tezlik (deyarli nolga teng) bilan siljiydi. Demak, faol qatlamda urug’lar har xil tezlikda harakatlanadi. Bunday tezliklarning taxminiy epyurasi 72-a rasmda ko’rsatilgan.
72-rasm. Miqdorlagich ish rejimi
Galtaksimon miqdorlagichni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkich sifatida, Galtak to’liq bir marta aylanganda ajratib beradigan urug’ miqdori (ish hajmi) Fi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |