Ekinlarning fotosintetik faoliyati



Download 107 Kb.
bet6/6
Sana29.03.2022
Hajmi107 Kb.
#516621
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ekinlarning fotosintetik faoliyati

Ekish me’yorlari mln. urug’ gektariga yoki kg, s, t gektariga ko’rinishda beriladi va 1000 urug’ vazni hisobga olinadi.
Ekish chuqurligi urug’ning katta–kichikligiga, tuproq namligi, me­xanik tarkibi, urug’pallani tuproq yuzasiga olib chiqishiga bog’liq bo’ladi va 1-2 dan 6-12 sm gacha o’zgaradi.
Ekin parvarishi. Qator oralarini yumshatish, qatqaloqni yo’qotish, ma’danli va organik o’g’itlar bilan oziqlantirish, begona o’tlar, kasalliklar, zararkunandalarga qarshi kurashish, retardantlar, biologik faol moddalarni qo’llash singari texnologik tadbirlar ekin parvarishiga kiritiladi. ekin parvarishi, ekin, nav, duragay biologik xususiyatlari, olinadigan mahsulot turiga bog’liq holda o’tkaziladi.
Hosilni yig’ishtirish muddatlari, usullari ekinzor holati, qo’llanilgan texnologik tizimga bog’liq holda o’tkaziladi. Bunda defo­liasiya, desikasiya, senikasiya tadbirlari o’tkazilishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishdagi asosiy muammo­lar va ularning yo’nalishlari. Fan –texnika inqilobi davrida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda kimyoviy vositalar, mexani­zasiyalash, meliorasiyalashdan yuqori darajada foydalanish, biosfera­ning ifloslanishiga, tuproqning sho’rlanishiga, eroziya jarayonlarining rivojla­nishiga, ma’lum miqdordagi (s, t) mahsulotni yetishtirishda xa­rajat­lar, mehnat vositalari narxining oshib ketishiga, suv va energiya resurslarining taqchilligiga sabab bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasida ham qishloq xo’jalik ekinlarini yetish­tirishda mo’l va sifatli hosil olish bilan birgalikda tuproq unumdor­ligini oshirish, kimyo vositalaridan foydalanishni optimal­lashtirish, suvdan tejab foydalanish, sug’orishning yangi usullarini (yomg’irlatib, tomchilatib, tuproq osti) ishlab chiqarishga joriy etish, qurg’oqchilikka, sho’rga, kasalliklar, zararkunandalarga, tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli navlarini amaliyotga joriy etish, organik va ma’danli o’g’itlardan foydalanish samaradorligini oshirish muammola­rini hal etish lozim bo’ladi.
Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda energetika muammosi dolzarb bo’lib bormoqda. Mexanizatsiya, sug’orish, o’g’itlarni solish, pes­tisidlarni qo’llashda energetik resurslar sarfi keskin ortmoqda.
Hozirgi paytda o’simlikshunoslik mahsulotlarini yetishtirishda sarflangan energiyaga nisbatan mahsulot ko’rinishidagi energiya 2-5 ba­ravar ko’p. Ammo qo’shimcha hosil olish uchun ko’proq energiya sarflashga to’g’ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar AQSH va YAponiyada qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi keyingi yillarda 1,2-1,5 baravar oshsada, bir gektarga sarflangan energiya sarfi 3,5-5,1 baravar ort­gan.
Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini ikki baravar oshirish hozirda qo’llanilayotgan texnologiyalar bo’yicha katta miqdordagi ener­giya sarflashni talab qiladi. Zamonaviy agrotexnologiyalar tabiiy yoqilg’idan foydalanishga asoslangan. Tabiiy yoqilg’ilarning zaxiralari esa juda cheklangan. Ayniqsa XXI asrda ekinlarni yetishtirishda tabiiy yoqilg’ilarning taqchilligi ortib boradi. energiya manbalari narxining oshishi o’simlik mahsulotlari narxining oshishiga olib keladi va qishloq xo’jaligining jadal usulda rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin.
Intensiv don almashlab ekish, tuproqqa ko’p miqdorda azotli o’g’itlardan solish, serhosil ammo kasalliklarga immuniteti past donli ekinlar navlarining keng tarqalishi kasalliklar (ayniqsa zambu­rug’) zarar keltirish darajasining oshishiga olib keladi. Ayrim rivoj­lan­gan mamlakatlarda pestisidlar keng qo’llanilsada, kasallik va za­rarku­nandalar tomonidan yetkazilayotgan zarar oshib bormoqda.
Kelib chiqishi bir xil bo’lgan, intensiv tipdagi sermahsul navlar­ning keng tarqalishi, ularda murtak plazmasining bir xilligi tu­fayli tez kasallanish xavfini saqlab qoladi.
SHuning uchun XXI asrda qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligining ortishi yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, ekinlar mahsuldorligini oshi­rishni talab qiladi. Buning uchun eroziyaga qarshi kurash, ekinlarni uyg’unlashgan himoya qilish, azotni biologik fiksasiya qilish samarador­ligini oshirish, tejamkor sug’orishni ishlab chiqish hamda ularni ama­liyotga joriy etish talab qilinadi.
YAngi navlar, duragaylarni yaratishda juda ko’p xilma–xil ge­no­tip­lardan foydalanish, gen injeneriyasi, biotexnologiya yutuqlarini ama­liyotga joriy etish qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda qo’llash keng tarqaladi.
Atmosfera azotini biologik fiksasiya qilishda dukkakli ekin­larni ekish bilan birgalikda dukkakli bo’lmagan, qo’ng’irboshsimon – sholi, makkajo’xori, bug’doy, oqjo’xori ekinlarini azotni fiksasiya qiladigan mikroorganizmlar bilan simbiozini yaratish muammosi hal qilinmoqda. Buning uchun gen injeneriyasi yutuqlaridan keng foydala­nilmoqda.


Aim.uz



Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish