Ekinlarning fotosintetik faoliyati



Download 107 Kb.
bet1/6
Sana29.03.2022
Hajmi107 Kb.
#516621
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ekinlarning fotosintetik faoliyati


Aim.uz

Ekinlarning fotosintetik faoliyati.
Reja:

  1. Ekinzordagi fotosintetik tizim.

  2. Fotosintetik faol radiatsiya.

  3. Ekinzorlar fotosintetik faoliyatining ko’rsatkichlari

Ekinzordagi fotosintetik tizim. Hosil fotosintez jarayo­nida, yashil o’simliklarning uglerod to’rt oksidi (SO2), suv va ma’danli mod­dalardan organik moddalarni yaratishi natijasida hosil bo’ladi. Bu ja­rayonda quyosh nurlarining energiyasi o’simlik biomassasi energiyasiga, ya’ni quyosh kinetik energiyasi potensial energiyaga aylanadi. Bu jarayon­ning samaradorligi hosil, ekinzorning fotosintezlaydigan tizim si­fatidagi faoliyatiga bog’liq.
Fitotsenoz yoki agrotsenoz ma’lum maydondagi o’simliklarning maj­muasi bo’lib, o’zgarib turadigan, o’z-o’zini boshqaradigan murakkab foto­sintetik tizimdir. Bu sistema doimo o’zgarib turadi, turli omil­lar­ning ta’sir qilishiga qaramasdan o’z-o’zini boshqarib turadi, ayrim ko’rsatkichlari o’zgarsada gemostaz holatini saqlab turadi.
Fotosintez tizimining xususiyatlari bitta alohida olingan o’simlik xususiyatlaridan farq qiladi. Misol uchun, bitta o’simlikning oziqlanish maydoni oshirilsa, u bilan bog’liq holda yoritilganlik ham oshirilsa o’simlikning urug’ mahsuldorligi oshadi. Ammo tsenoz uchun hosildorlikni oshirish o’simliklar qalinligini ma’lum darajada oshirish bilan bog’liq. Buning uchun tsenoz va alohida bir o’simlikning mahsuldorligini maksimal oshirish sharoitlari bir-biriga to’g’ri kel­maydi.
Hozirda tsenozlar fotosintezini tadqiq qilish uchun Xalqaro bio­logik dastur yaratilgan. O’simliklarda fotosintez jarayonini boshqarish yuqori hosil olish va hosil shakllanishining boshqarish imkoniyatla­ri nazariyasi bilan chambarchas bog’liq. Fotosintez mahsuldorligini o’rganishga A. N. Nichiporovich, I. S. SHatilov va boshqa olimlar katta hissa qo’shishgan.
TSenozlarda hosilning shakllanishini boshqarish juda murakkab bo’lib, o’suv davrida o’simlik o’zgarib turadi va murakkab tizimlar – tup­roq mikroorganizmlari, zararkunandalar, kasallik tarqatuvchi zambu­rug’lar, bakteriyalar, viruslar, begona o’tlar bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Muhitning juda ko’p omillari – harorat rejimi, yog’ingarchiliklar, yorug’lik va boshqa omillarni amaliy jihatdan nazorat qilish qiyin. Ammo ma’lum tuproq-iqlim mintaqasini tahlil qilib, shu sharoitga moslashgan navlarni tanlab ulardan yuqori va sifatli hosil yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish mumkin.
Juda ko’p omillarni – tuproq unumdorligi, ma’danli oziqlanish, begona o’tlar, kasalliklarning senozga ta’sirini boshqarish mumkin. Hosil shakllanishini o’simliklarning rivojlanishi, fotosintiz faol­ligini oldindan belgilangan o’lchamlar asosida boshqarish mumkin.

Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish