Ijodkorlarining asarlarini o‘rganishda o‘quvchilar sinfda, uyda ifodali o‘qish bilangina badiiy asarni o‘zlashtiradilar deb bo‘lmaydi, ularda ma’lum masala bo‘yicha o‘qituvchiga murojaat etishga ehtiyoj tug‘iladi, albatta. Chunki asarni o‘qish bilan o‘quvchida to‘liq tasavvur va his hayajon uyg‘onmaydi. Shu jihatdan ham asar sinfda tahlil qilinadi, u haqida suhbat uyushtiriladi. Shundagina o‘quvchilar yozuvchi tasvirlagan voqea-hodisalarni, chizgan manzaralarini, ularning mohiyatini tushunib oladilar, asar nafosat namunasi ekanini va uning mazmunini anglab oladilar. Shundagina ularda asarga qiziqish, uni e’tibor bilan o‘qishga havas, asarda yozuvchi tasvirlagan voqealar, obrazlarni, ularning xattiharakatini bilib olishga ishtiyoqi ortadi, ular asarni badiiy hikoya qilib berish ko‘nikmasini egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |