FARG`ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI EGAMBERDIYEVA NODIRA ANVAROVNA “ ADABIYOT DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYAT YARATISH METODIKASI” mavzusidagi MALAKA ISHI Yo‘nalish (guruh) Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari 1-guruh Tinglovchining ish joyi Quva tumani 22-maktab Kafedra mudiri: Nosirova U. Malaka ishi rahbari (taqrizchi) Dehqonova M. Farg`ona – 2020-yil, noyabr
“ ADABIYOT DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYAT YARATISH METODIKASI”
REJA
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1. ADABIYOT TA’LIMIGA INNOVATSION YONDASHUVNING AHAMIYATI
2. MUAMMOLI VAZIYAT METODI HAQIDA
3. ADABIYOT DARSLARIDA MUAMMOLI VAZIYAT YARATISH YO’LLARI
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz
boshqa bir o`rinda: “Ma’rifatparvarlik biz uchun bugun ham
o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q, yo`qotmaydi ham.
Aql zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina,
oldimizga qo`ygan maqsadlarimizga erisha olamiz, yurtimizda
farovonlikva taraqqiyot qaror topadi”,– deydi. Demak, adabiy va
ma’rifatparvarlik g`oyasini davrlar va avlodlarni bir-biriga bog`lab
turuvchi rishta desak yanglishmaymiz. Bu rishta nafaqat
avlodlarni bir-biriga bog`laydi, shuningdek, har qanday
sharoitda xalqning milliy o`zligini anglashi va milliy istiqlol
g`oyasini shakllanishida beqiyos
axamiyat kasb etadi.
“Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi”
Shavkat Mirziyoyev
Adabiyot o‘qitish boshqa fanlarni o‘qitishdan keskin farq qiladi. Shunga ko‘ra, uni fan sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot o‘qitishni san’at turi sifatida baholab, adabiyot o‘qituvchisining ishini ham san’atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. Demak, ular adabiyot o‘qitish metodikasini ham san’at bilan tenglashtiradi. Amaliyotchilik nuqtayi nazaridan qaraydiganlar esa adabiyot o‘qitish metodikasini darslarning o‘tilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning samarali bo‘lishiga amaliy ko‘mak bera oladigan soha deb bilishadi.
Adabiyot – bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va boshqa asarlari majmuyi. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohada yaratilgan asarlar majmuyi. Muayyan bir fan yoki sohada, masalaga oid asarlar, kitoblar ya’ni mavzu yuzasidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Metod – biror ishni bajarish, ado etish, amalga oshirish usuli yoki usullari tizimi ya’ni dars berish metodi.
Metodika – biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish usullarining yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |