1. Badiiy asar tahlili deganda nima tushuniladi?Asar nomi, janri, muallifning metodi



Download 57,42 Kb.
bet1/2
Sana03.04.2022
Hajmi57,42 Kb.
#526076
  1   2
Bog'liq
1. Badiiy asar tahlili deganda nima tushuniladi Asar nomi, janri


1.Badiiy asar tahlili deganda nima tushuniladi?Asar nomi, janri, muallifning metodi
2.Badiiy tahlilning shakliga ko‘ra turlari qaysilar? 2 ga: og’zaki, yozma
4.Tahlil so‘zining ma’nosini toping. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" deb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi.
5.Lingvistik tahlil yo‘nalishi belgilarini aniqlang. til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish
6. Tizimli tahlil uchun qabul qilingan istilohiy birlikni aniqlang.
7. Badiiy matn matnning boshqa turlaridan nimasi bilan farqlanadi?
8. Sharq mumtoz poetikasidagi ilmi segona deganda qaysi uch soha nazarda tutiladi? Ilmi bade, ilmi aruz, ilmi qofiya
9. Badiiy tahlilning maqsadiga ko‘ra turlarini toping.
10. Badiiy tahlil yo‘nalishlari turini ko‘rsating.
11. Mumtoz poetika masalalari adabiyotshunoslik tarixida qaysi fanlar doirasida tekshirilgan?
12. «Struktura» deganda nimani tushunasiz?
13. Badiiy matn ilmiy matndan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
14. «Analiz» va «interpretatsiya» terminlarini sharhlang. Analiz butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Interpretatsiya badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy kontseptsiyani idrok etish demakdir.
15. Badiiy asar tarkibida biri ikkinchisini taqozo qiladigan jihatlar qaysilar? Shakl va mazmun
16. Badiiy mazmun tarkibi nimalardan iborat? Problema, tema, tendensiya, g’oya
17. Badiiy shakl element (unsur)lari qaysilar?obrazlar sistemasi, syujet, konflikt, kompozitsiya, ritm
18. Muallif nutqida qaysi xususiyatlar uchraydi? avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga – badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to‘la muvofiq bo‘lishini talab qilishlik xato bo‘lur edi.
19. Personaj nutqiga xos leksik birliklar qaysilar?diolog, polilog, monolog
20. Epos sathini tashkillantiruvchi janrlar qaysilar?doston, hikoya, roman, qissa, ertak, rivoyat, masal, afsona
21. G‘arbda lirik sathni tashkillantiruvchi janrlar qaysilar?she’r, ballada, ruboiy, qit’a, masnaviy
22. Qaysi atoqli mumtoz shoirning pand-nasihat ruhidagi g`azallari xalq orasida didaktik terma sifatida kuylanib kelingan?Maxtumquli
23. Asosiy mazmunini ishq-muhabbat motivlari, insonning ruhiy olami va ichki kechinmalarini tasvirlash tashkil etuvchi qo`shiq turi qanday nom bilan yuritiladi? Lirik qo’shiqlar
24. Yozma adabiyotda xalq maqollari shaklida yaratilgan adabiy hodisalarga nisbatan qanday atama qo`llanadi?
25. Badiiy adabiyotning mohiyati, rivojlanish omillari, jamiyat hayotidagi o’rni va vazifalari, badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, umuman adabiyot qonuniyatlarini o’rganuvchi fan. Adabiyot nazariyasi
26. Arabchadan tarjima qilganda «muhokama qilish, saralash» ma'nosini anglatuvchi adabiyotshunoslikning sohasi Tanqid arabcha “naqada
27. Shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirib, uni badiiyatning bosh mezoni sifatida qaraganlarni kim deb ataymiz? Formalistlar
28. Chingiz Aytmatovning «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» asari qanday janrga mansub?qissa
29. Haqiqat chegaralarini buzib, qabul qilingan konvensiyalar yordamida tasvirlangan badiiy yo’nalish bu…..
30. Milliy adabiyot takomilida ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar ta’sirida yuzaga chiqadigan adabiy hodisa bu …..
31. Komparativizm maktabi nimani o’rgangan? Adabiyotshunoslikdagi maktablardan biri, qiyosiy-tarixiy metod, adabiy tekshirish usuli.
32. Qaysi adabiy davrga yaqinlashganda, tragediya o’rnini drama egallay boshladi? Realizm bosqichiga yaqinlashgan sari dramaturgiyada tragediya o‘rnini, yetakchilik mavqyeini drama egallay boshlaydi
33. Badiiy shakl va mazmunning uyg‘un birligi talabidan chekinib, shaklning nisbiy mustaqilligini mutlaqlashtirgan holda unga badiiyatning bosh mezoni sifatida qaragan oqim?
34. Obrazlar galereyasi nima? bir-biri bilan uzviy bog‘liq obrazlar
35.Yozuvchining talanti bu hayotni badiiy aks ettirishdir
36. «Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi» kimning qalamiga mansub?O’. Hoshimov
37. «San’at lug’atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir» – ushbu fikr muallifi kim?Fitrat
38. Adabiy jarayonning muayyan bosqichda bir guruh yozuvchilarning estetik dasturi – hayotni idrok qilish va badiiy ifodalash tamoyillarining umumiyligi nima?
39. Sentimentalizm terminini izohlang. Fransuzcha ‘’ his qilish’’ degani. Achinish, e’zozlash
41. Qaysi asarlarda yasama syujetlardan foydalanib yaratilgan?Musiqa tarixi?
42. «… adabiyotshunoslikning ilmiy-amaliy sohasi sanalib, adabiyotshunoslikka oid ilmiy asarlar, maqolalar, shuningdek, badiiy asarlar ro`yxatini, bibliografik qo`llanma, ko`rsatkichlar tuzish bilan shug`ullanadi».
43. «…shakliy va mazmuniy jihatlardan muayyan turg`unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir». Motiv (motiv obraz)
44. «Badiiy adabiyot shaxsni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma'nan tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi». Ushbu xususiyat badiiy adabiyotning qaysi funksiyasiga tegishli ?tarbiyaviy, didaktik
45. Klassitsizm so’zining ma’nosi nima? Lot. ‘’namuna’’, ‘’ibrat’’
46. Voqealar, xarakterlar, kolliziya (to‘qnashuvlar) kulgi, hajv, yumor asosida tasvirlansa, bunday asarlar qanday nomlanadi? Komediya
47. Qaysi she’rda «quyoshga bir savat oq gul tutib xursand bo’lgan» lirik qahramon tasvirlanadi? “Namatak” Oybek
48.Shoir va yozuvchilar haqida ma’lumotlar beruvchi asarlar qanday nomlanadi? Tazkira
49. Aristotel san’atni tabiatga uch xil yo‘sinda: 1) o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek 2) taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish deb nimani izohlagan. Epos, lirika, drama
50. 1943-yil. Urush avjida. Chingizlarning oilasi «xalq dushmani»ning oilasi maqomida. Azoblar ustma-ust. Yo‘qchilik. Qahatchilik. Shuning ustiga «ana tug‘adi, mana tug‘adi» deb turgan yakka-yu yagona sigirlarini o‘g‘ri o‘g‘irlab ketadi. Bu kulfat Chingiz Aytmatovning qaysi asariga ko’chadi? Oq Bulut
51. Butun turk dunyosi qaysi ulug’ shoirni «shamsul millat» – millat quyoshi deb haqli baholagan? Navoiy
52. Lufiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g’azaliga qaysi shoir nazira bitgan?Mashrab
53. Mening ko’nglumki, gulning g’unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o’lsa, ochilmog’i na imkondir. (Bobur)
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.tashbeh, tadrij
54. Ilk tragediyanavislar berilgan qatorni belgilang?Sofokol, Evrepid, Esxil
55. Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yamonliq asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig’? (Bobur)
Ushbu baytda qo’llangan she’riy san’atni toping.Tazod
56. Oybekning avtobiografik asari qaysi javobda ko’rsatilgan?”Bolalik xotiralarim”
57. «Qiz suratida ko’ringan malak» – «najot farishtasi» deya ta’riflangan qahramoni nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? Kumush O’tkan kunlar
58. Said Ahmadning «Ufq» romani kitobxon ishtahasi bo’g’ilmasdan diqqati susaymasdan o’qib chiqadi» Mazkur fikr muallifi kim?Qahhor
59. Qaysi javobda Fitratning adabiyotshunoslik sohasidagi asalarning nomi qayd etilgan? “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” kabi ilmiy risolalari, “Eski oʻzbek adabiyoti namunalari” singari tazkiralari
60. Qaysi asarda dunyo xaritasida yo’q mamlakatlar tasvirlanadi? Gulliverning sayohatlari
61. Birinchi o’zbek roman-dialogiyasining muallifini toping. Cho’lpon
62. G’azalning birinch bayt birinchi misrasining she’r oxiri – maqta’da takrorlanib kelishiga asoslangan she’riy san’at nomi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?Radd ul matla'(matla'ning maqta'da takrorlanishi)
63.Yozuvchi o’zi ishtirok etgan, guvohi bo’lgan voqealar tasvirlangan badiiy asar qanday nomlanadi? Memuar asar
64. «Ijodkorning fikr, tuyg’u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan hayotiy manzara tasvirini…» nima deyish mumkin? She’r
65. Aruz vaznida bandlari sakkiz misradan iborat she’r shakli qanday nomlanadi? Musamman
66. Erta tong shamoli sochlarin yoyib
Yonimdan o’tganda so’rab ko’raman
Aytadur: bu ko’rib, yo’lindan ozib
Cho’lponning «Go’zal» she’ridagi ushbu misralarda qanday badiiy usul qo’llangan?
67. Kichik epik janrlarni belgilang.
1) latifa 2) masal 3) hikoya 4) qissa 5) rivoyat 6) ertak 7) afsona 8) badia 9) etud 10) esse
68. Sharq mumtoz sher’iyatidagi «tazmin» san’ati nima? Tazmin (arab. — sheʼrdan bir parcha olish, koʻchirish) — poetik sanʼat turi. Shoir fikr va histuygʻusini tasdiqlash, isbotlash yoki davom ettirish uchun biror kimsa ijodidan shohbayt — aforizm darajasiga koʻtarilgan mashhur misrani oʻz sheʼrida keltirishi. T. misra gazalning 1misrasi yoki matlai sifatida keladi.
69. Qaysi janrda diologiya, trilogiya, tetralogiya yaratiladi? Roman
70. Yo rab, ul shahdu shakar yo labmudur,
Yom agar, shahdu shaker yolabmudur
Jonima payvasta novak otqali,
G’amza o’qin qoshig’a yolabmudur?
Ushbu to’rtlik qaysi janrga mansub?Tuyuq Navoiy
71. Qaysi ijodkorlar adabiyotshunoslikka oid asarlar yozgan? rus formal maktabining V.Shklovskiy, V.Jirmunskiy, Yu.Tinyanov, G.Vinokur, B.Eyxenbaum. o‘zbek mumtoz (klassik) adabiyotning shakllanishi Lutfiy, Navoiy, Bobur, Muqimiy kabi yzuvchilarning nomlari bilan bog‘liq. Qozoq adabiyoti deganimizda dastavval, Abay va Avezov, ozarboyjon adabiyoti deganimizda – Fuzuliy, Voqif, rus adabiyoti deganimizda Dostouyevskiy, Tolstoy, Lermontov, Pushkin, tojik adabiyoti deganimizda - Rudakiy, Firdavsiy, Jomiy kabi shaxslar
72. Mumtoz she’riyatdagi she’riy janrlarni ko’rsating? g‘azal, ruboiy, tuyuq
73. Badiiy asarning bevosita mazmunini tashkil etgan, o’zaro bog’langan va rivojlanib boruvchi voqealar tizimini bildiradigan va fransuzcha – «narsa, mavzu, mazmun» ma’nolarini anglatuvchi so’zni ko’rsating. sujet
74. Qaysi janrda asarlarda dialog va monologlar uchramaydi?
77. Masal janri nimaga asoslanadi?Majozga
78. Ey sho’x, ko’zu qoshingga olam gado, man ham gado
La’li labi durposhingga olam gado, man ham gado
O’n to’rtdin o’tab husning jahonni yoratib
Bu husninga, bu yoshingga olam gado, man ham gado
Ogahiyning ushbu g’azalidagi qofiyadosh so’zlar qatorini ko’rsating? qoshingga,durposhingga,yoshingga
79. Rozimasman bir yosh tomsa ko’zimdan
Rozimasman sal rang ketsa yuzimdan
Yo’l yursamu, sal yashashdan adashsam
Rozimasman unda tamom o’zimdan (H.Olimjon)
Qaysi javobda ushbu misralardagi raviylar ro’g’ri ko’rsatilgan? ko'z yuz o'z so'zlaridagi z harfi raviy
81.Syujetda tugundan oldin keladigan vaziyat nima? e k s p o z i t s i ya (bayon qilish, izohlamoq)
82.Postpozitsiya nima? (tugallanma) - dramatik asarlarda esa final deyiladi. Bunda kurash natijasidagi kuchlarning joylashuvi ko`rsatiladi.
83.Syujetning qaysi turi ishonarli bo`lib, unda voqealar bir boshdan boshlanib birin-ketin hikoya qilinadi va ko'pincha yorqin obrazlar yaratishga imkon bermaydi? Xronikali syujetda
84. Syujetning qaysi turi tadqiqot syujet deb ham ataladi? Kontsentrik syujet tadqiqot syujet ham deyiladi.
85. Syujetning qaysi turida voqea hikoya qilinmaydi, o`tmishga ham murojaat etilmaydi va u ko`pincha dedektiv asarlar uchun xos? Kontsentrik sujet
86.Quyidagi so`zlardan qaysi biri fransuzchada «baxtsizlikdan baxtlilik tomon, bilmaslikdan bilishga tomon, kutilmagan holatlarning ochilishi» degan ma'nolarni anglatadi? Sujet
87.Tashqi hodisalar ta'sirida shoir shaxsida tug'ilgan tuyg'u va kechinmalarga asoslanadigan syujet turi qaysi? Assotsiativ syujet
88.Fabula qanday vazifani bajaradi? Fabula” (lot. fabula-masal,matal-hikoya) - badiiy syujet organizmning skeleti, asosi, syujet uchun material vazifasini o‘taydigan voqea-hodisalar doirasi, syujetning mantiqiy hikoya qilib bercha bo‘ladigan o‘zagi.syujet organizmining skleti asosida syujet uchun material vazifasini o’tashi.
89.Asarda syujet keskinligini qiziqarlilik bilan almashtirish qanday oqibatlarga olib keladi? . Syujet keskinligini qiziqarlilik bilan almashti-rish ayrim asarlarni syujetdan voz kechishga olib keladi. Zamonaviy syujet katta ahamiyatga ega bo`ladi
90.Syujet san’atning qaysi turlarida bo`lmaydi? Me’morchilik, xoreografiya va musiqaning ayrim turlarida syujet bo`lmaydi.
91. Portret, peyzaj, inter’er, sarlavha, badiiy detal, qoliplash bu-kompozitsiya
92.Quyidagi qaysi atama badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar jamini bildiradi? personaj
93.Personaj asarda biror jihati bilan yozuvchi g'oyasini ifodalashga, uni to'ldirishga xizmat qilsa, qanday obraz hisoblanadi? ikkinchi darajali obraz hisoblanadi.
94. Lirikaning asosiy obrazi nima? Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (ba’zan u lirik sub’ekt deb ham yuritiladi).
95. Shoir va lirik qahramon munosabatini asosga olgan holda lirik asarlar qanday turlarga bo’linadi? avtopsixologik va ijroviy lirikaga
96. Qanday lirika turida lirik qahramon bilan shoir shaxsiyati mos tushgan ikkalasi bir-biriga yaqin bo’lgan she’rlar tushuniladi? Avtopsixologik lirika
97. Qanday lirika turida shoir o’zga shaxs ruhiga kiradi, go’yo uning rolini o’ynaydi va asarda uning qalbini suratlantiradi? ijroviy lirika
98. Lirikaning boshqa turlardan farqi nimada? I.Hajmining kichikligi II. Vaqt hissining «hozir»ligi III. Diologik nutq shakliga egaligi IV. Ko’proq konfliktni ichki turiga egaligi lirik asar odatan hajmining kichikligi, vaqt hissining "hozir"ligi, asosan monologik nutq shakliga va ko‘proq konfliktning ichki turiga (boshqa konflikt turlari genetik jihatdan ta’sir qilgani uchun asarda juda kam ifodalanadi, ifodalanganda ham bilvosita namoyon bo‘ladi) egaligi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi.
99. Lirik turga mansub asarlarni necha xil usulda janrlarga ajratamiz? ? Lirik turga mansub asarlarni janrlarga ajratishda ham turlicha prinsiplar mavjudligini ta’kidlash kerak. Adabiyotshunoslikda ulardan ikkitasi — shakl xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hamda mazmun xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflash kengroq tarqalgan.
100. Ruboiyga xos shakl xususiyatlarini aniqlang.1) 4 misradan tashkil topishi 2) hazaj bahrining axrab va axram shajaralarida yozilishi 3) ramali musaddasi maqsur vaznida yozilishi 4) a-a-b-a tarzida qofiyalanishi 5) juft misralarining qofiyalanishi.
101. Tuyuq hamda ruboiyning o’xshash xususiyatlarini belgilang. to‘rt misradan tarkib topishi, ko‘proq a-a-b-a
102. Klassik she’riyatimizda faol ishlatiladigan turg’un janrlar qatori berilgan javobni belgilang.
103. Shakl xususiyatlariga ko’ra ajraluvchi janrlar qaysilar? (bandning tarkiblanishi, qofiyalanish tartibi va h.) ajraluvchi janrlar: g‘azal, mustazod, tuyuq, ruboiy, tarjiband, tarkibband, musammatlar.
104. Fikrni muxtasar ifodalash usuli bu-…
105. «O‘tkan kunlar» asari ekspozitsiyasi qaysi turga misol bo‘ladi?
106. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradigan va oxirigacha rivojlantiradigan, asar bosh g'oyasini o‘zida tashiydigan shaxslar— qanday obraz qahramon deb yuritiladi? bosh obrazi sanaladi
107. Adabiyot hayotni ikki xil yo`l bilan tadqiq etadi, ular qaysilar?
108.Obraz deb nimaga aytiladi? Muayyan g’oyaviy estetik vazifa nuqtayi nazaridan umumlashtrib aniqlashtrib tasvirlangan insonlar voqea hodisalar tabiat manzaralariga aytiladi
109.Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz» atamasi qanday ma'nolarda ishlatiladi? borliqning (undagi narsa, hodisa v.h.) badiiy asardagi aksi,
110. Obraz atamasi ilk marta kim tomonidan iste’molga kiritilgan?Nemis faylasufi Gegel
111. XX asr boshlarigacha milliy adabiyotimizda qaysi atama o ‘rnida «tasvir», «timsol», «nusxa» iboralar qo‘llangan? Obraz
112. Personaj so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi? Lotincha ‘’shaxs ‘’ person
113. Xarakter so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?Yunon ‘’xususiyat, belgi’’
114. Prototip so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi? Yunoncha ‘’asl nusxa ‘’
115. Tip so`zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi? Yunon ‘’tamg’a, namuna
116. Realistik obrazlar qanday obrazlar?Harakter xususiyati hatti harakati real hayotga mos keladigan
117. Romantik obrazlar qanday obrazlar? Ijodkorning orzu hayoloti orzu niyatlari aks etgan
118. Xayoliy-fantastik obrazlar qanday obrazlar? Ilohiy mo’jizaviy qudrat egasi ‘’alpomish o’tta yonmaydi suvda chokmaydi
119. Uslub va tasviriy vositalarga ko‘ra obraz turlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang. Hayoliy, fantastik, afsonaviy, ramziy, majoziy, allegoriy, mifologik
120.Majoziy obrazlar qanday obrazlar? Muayyan narsa hodisani umumlashtrib tasvirlovchi ramzlar
121. Hozirgi adabiy jarayon muammolarini o’rganish, yangi paydo bo’lgan asarlarni (shu jumladan o’tmishda yaratilgan asarlarni ham) bugungi kun nazaridan g’oyaviy- badiiy tahlil qilish va baholashni maqsad qilib qo’ygan? Fikr adabiyotshunostlikning qaysi tarkibiy qismiga mansub? Adabiy tanqid
122. Badiiy adabiyotning eng muhim vazifasini toping? Komillikka yetaklash
123. Germenevtika so'zining ma'nosi nima ? Talqin, tushuntirish
124.«Shamolni tutib bo’lmaydi» hikoyasining muallifini aniqlang.NazarEshonqul
125. «Muvozanat» romanining muallifini aniqlang. Ulug’bek Hamdam
126. «…..bu oqim namoyandalari badiiy asarga inson haqida maʼlumot beruvchi hujjat deb qarashgan. Ular qahramonlar hayot tarzini barcha tafsilotlari bilan bayon etishadi» bu taʼrif qaysi adabiy oqimga xos? Naturalizm
127. «Boqiy darbadar» romanining muallifini aniqlang. Isajon Sulton
128. «Ulug’ saltanat» romanining muallifi va mavzusini aniqlang.Muhammad Ali
129. «...nisbatan qamrov doirasi kamroq asardir. Bu janrda bir-ikki qahramon hayotidagi muhim voqealar ko‘rsatilib, asosiy diqqat bosh qahramon xarakterini ochishga qaratilgan bo‘ladi» bu ta’rif qaysi janrga xos? Novella’’hikoya’’
130.Badiiy adabiyot numanalarini kim birinchi bo‘lib guruhlarga ajratgan? Tur va Janrlarga Aristotel poetikasiga ajratgan
131.Komediyaga xos xususiyatlar? Voqea xodisalar harakterlar kolleziya kulgu fonida tasvirlanadigana dramatik asar
132.Jahon adabiyotida ma’rifatchilikka asos bo‘lgan asarlar nomini aniqlang. Robenzon kruzo bn Gulliverni sayohatlari
133.Pirimqul Qodirovning qaysi asari keyinchalik»Humoyun va Akbar»deb nomlangan? Avlodlar Dovoni
134.Jadidlar o‘zbek adabiyotiga qanday yangi janrlarni kiritdilar? Roman, qissa, ocherk
135.Ayt bu soching tolasimu, jon ipin bir bandimu?!
Yoki soching tolasig‘a jon ipim bog‘landimu?!
Yuqoridagi bayt muallifini aniqlang? Erkin Vohidov
136. Umar Hayyomdan keyin o‘z ijodini ruboiy orqali boyitgan shoir nomini belgilang. Pahlavon Mahmud
137.«Otning o‘limi - itning bayrami» ushbu ibora qaysi asarga epigraf sifatida tanlangan? O’g’ri
138. Badiiy asarda nima muhrlanadi? Ijod Jarayoni
139.Qanday asarda voqea-hodisalarni hikoya qilib berayotgan shaxs roviy yoki hikoyachi deb yuritiladi? Epik asarlarda
140.Epik turning eng muhim xususiyati ………….. hisoblanadi. Nuqtalar o’rniga mos keluvchi ta’rifni tanlang! Nasriy yo’lda yoziladi va voqeband bo’ladi
141.Aristotel qaysi asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan. Poetika
142.Gegelning adabiy turlar haqidagi ta’rifi qaysi javobda to’g’ri berilgan? : epos - voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi
143.Epik asarlarni janrlarga ajratishda nima asosiy mezon bo‘lolmaydi ? Hajm asosiy mezondr
144. Kichik epik turga mansub janrlar qaysi bandda to’g’ri berilgan? Hikoya, latifa,masal, rivoyat, ertak, afsona, ocherk , esse, badiya
145.Ocherk so’zining ikkinchi nomi? Hujjatli asar
146.Fel’eton so’zining lug’aviy ma’nosi? Varaqa
147.Klassitsizm oqimidagi asosiy yo’nalish nechi qismdan iborat? 2 qismdan Tuban va Yuksalish
148. «..lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, «bor, mavjud narsa, haqiqiy» degan ma’noni bildiradi.Bu metodning o‘ziga xos xususiyati hayot hodisalarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatish va undagi mavjud nuqson, kamchiliklarni tanqid qilish» bu ta’rif qaysi adabiy oqimga xos? Realizm
149.Ijodkor o’zi tasvirlayotgan obrazni – hayotdagidan kuchliroq, bo’rtirib, mukammal tarzda yaratishi va ifodalashi bu - ? Romantizm
150.Naturalizm oqimi haqidagi tarif qaysi javobda to’g’ri berilgan? Dastlab tasviriy so’ngra adabiyotda namoyon bo’lgan
151.A.Qodiriy ijodida yozishga ulgurmay qolgan asari nomini aniqlan? Amir umarxonni kanizi. Namoz o’g’ri
152.Nigorxonimi, Sultonali, Abduraxmon domla qaysi mashxur asar qahramonlari sanaladi? Mehrobdan chayon
153.«..fransuzcha so‘z bo‘lib, realizmdan ham yuqori degan ma’noni bildiradi. Undahayot va inson dunyosi mohiyati kutilmagan obrazlar va ramzlarda tasvirlangan. XX asrda Fransiyada paydo bo‘lgan...» bu ta’rif qaysi adabiy oqimga xos? Syurrealizm
154.Sharq xalqlari she’riyatida qanday she’r tizimi keng tarqalgan Aruz va barmoq
155.Badiiy adabiyotning ta’sirchanligini oshiradigan omil qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Obrazlilik
156.Qaysi vazn hijolarning guruhlanib takrorlanishiga emas, balki cho‘ziq-qisqaligining ma’lum tartibda takrorlanishiga asoslanadi? Aruz vazni
157.Erkin Vohidovning quyidagi misralarida qanday badiiy san’at qo‘llangan?
Qaro qoshing, qalam qoshing
Qiyiq qayrilma qoshing qiz
Qilur qatlimga qasd, qaylab
Qilich qotil qaroshing qiz… Alliteratsiya
160.«Billur qandillar», «Er boshiga ish tushsa», «Muqaddas» asarlari muallifini toping? Odil Yoqubov
161.Roman-epopeya necha kitobdan iborat bo‘ladi? 5dan dan ortiq
162.A.Navoiyning «Xamsa» asaridagi «Farhod va Shirin» dostoning ikkinchi nomi qaysi bantda to‘ri ko‘rsatilgan. Firoqnoma Mehnatnoma va Layli va Majnun
163.«Drama» so‘zi qanday ma’noni anglatadi? Harakat
164.«Komediya» so‘zi qanday ma’noni anglatadi? gr. "komos" - ommaviy qo‘shiq nomi) dramatik turning komiklikka asoslangan janridir.
165.«Oq she’r» deganda qanday ma’noni tushunasiz? Vazni turog’i aniq lekn qofiyasi oq qofiyasi bomidi
166.Badiiy asarni «ehtiyoj farzandi» deb ta’riflagan buyuk o’zbek shoiri kim? A. Oripov
167.«Tendentsiya» lotincha so’z bolib, terming uning … ma’nosi asos bo’lgan. lot., "intilmoq", "yo`naltirmoq"
168.Syujet «u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir», degan fikr kimga tegishli? Go’rkiy ta’riflagan
169…qahramon taqdirini davriy izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko’rsata olishi jihatidan ustunlik qiladi. Xronikali Syujet
170.Metafora… -. So’z va so’z birikmalarini ko’chma ma’noda qo’llanilishi
171.O’zbek adabiyotining bugungi kunda bosib o’tayotgan murakkab va individual taraqqiyot yo’lining birinchi davri qaysi? O’tish davri
172.Publistika – lotincha … lotincha «ijtimoiy» demakdir. ijtimoiy siyosiy hayot masalalari-ni yoritadigan barcha turdagi asarlar.
173. - XVII asrda ispan poeziyasida feоdal-dvoryanlik reaksiyasini ifodalagan aristokratik maktab. Gongorizm
174. - lotincha so’z, o’ziga xoslik, boshqa narsalardan farq ma’nolarida ishlatiladi. Spesifik
175. - arabchada dengiz ma’nosini anglatadi. Aruzda yozilgan she’rda ruknlarning takrorlanish tartibi, aniq she’rdagi o’lchov asosi. Baxr
176. - hayotiy voqelikni ichki kechinma tuyg’ular vositasida ifodalash. Lirik
177.Fransuzchasiga «raqsbop qo’shiq» ma’nosini anglatuvchi adabiy janrni aniqlang. Ballada
178.Badiiy tilning qisqa bayonlilik xususiyati nima deb ataladi?Lakonizm
179.Badiiy tilning ma’nodorlik xususiyati nima deb ataladi?Aforizm
180. Retrospektiv- (orqaga qaytaruvchi) syujetda voqealar birma-bir hikoya qilinmay, balki voqeaning ma’lum joyida to’xtatib qo’yilib, uning o’tmishga, oldingi voqealarga murojaat qilinadi.
181.Neorealizm—tilda ilgari mavjud bo‘lgan yangi so‘z va iboralar.
182.«San’at» so‘zining istilohiy ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? Insonning gozallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy ozlashtirish(va ozgartirish)ga qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi olaroq vujudga kelgan narsalar jami tushuniladi.
183.Amaliy san’at turlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, modelerlik
184.Badiiy adabiyotning kino san’atidan yaratilishdagi farqni ko‘rsating?Avvalo, badiiy adabiyot kinoning shakllanishi uchun asos bolgani, «kino tili» soz san'ati zaminida yuzaga kelganini ta'kidlash zarur. Ayni choqda, kino adabiyotda (shuningdek, teatr va rangtasvir san'atlarida) mavjud tasvir va ifoda imkoniyatlarini rivojlantirdi, ularning yangi qirralarini ochdi va oxir-oqibat uning ozi adabiyotni boyitish imkoniga ega boldi
185.Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari rivojiga ta'sir ko`rsatadimi?Ha
186.XX asr boshlaridan she'riyatimizda qaysi vazn yetakchilik mavqeini egallay boshladi? Barmoq
187.Javzo tuni...
Yaylov...
Hilol charaqlar....
Oq biya boshini ko`tarar kishnab
Ko`zi yaraqlar...
Yashashdan mast go`yo
Qirovrang toychoq...
Yuqoridagi satrlar mullifi kim? X.Davron
188.Adabiy ta’sir(ruschadan kalka: «literaturnoe vliyanie») -
adabiy jarayonda tabiiy ravishda va qonuniyat maqomida mavjud
bulgan, badiiy tafakkur rivojida muhim ahamiyatga molik hodisa. Shu ta’rif qaysi atamaga berilgan?
189.Estetika so‘ziga to‘g‘ri berilgan ta’rifni toping?
(yunoncha –“estetikos” – “sezish”, “his qilish qobiliyati”) insonning estetik munosabatlari va insoniyat badiiy rivojining umumiy qonun-qoidalarini bildiradi.
190. Badiiy asarga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?adabiyot va san’atning voqe bulish va yashash
191. Abdurauf Fitrat tomonidan san’atga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping? "San'at lug`atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir"
192. Amaliy va badiiy san’atni umumlashtiruvchi jihatni toping?har ikkisi ham go`zallik qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi.
193.Amaliy san’atga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping? amaliy san'at mahsuloti insonning kundalik turmushda foydalanishini ko`zda tutadi, ayni paytda unga zavq beradi
194. Estetik faoliyat va badiiy ijodga berilgan ta’rifni toping? Insonning gozallik qonunlari asosida borliqni ozlashtirish va o`zgartirishga qaratilgan faoliyati estetik faoliyat deb yuritiladi.
195. Adabiyot atamasi tor va keng ma’noda qo‘llanadi. Qaysi ma’noda qo‘llanganda badiiy adabiyot tushuniladi?
Badiiy adabiyot-keng ma’nodagi adabiyotning, ya’ni matbuotning bir qismidir. Bu narsa badiiy adabiyotning eng muhim xususiyatlaridan birini maydonga keltiradi: badiiy adabiyot - ijtimoiy ongning bir ko‘rinishidir.
196.Badiiy san'atlar deganda biz nimani tushunamiz?
197.Qiyosiy adabiyotshunoslik termini birinchi bo‘lib qaysi millat adabiyotshunosligida qo‘llanila boshladi? Fransiya, keyin Angliyada qollangan
198.Komparativistika-qiyosiy adabiyotshunoslik bilan shug‘ullangan olimlar to‘g‘ri berilgan qatorni toping?N. I. Kondar, A.A Potebnya, A.N. Veselovskiy, I. Neupokoyeva, M. Alekseev, A. Dima, D. Dyurishin
199.Adabiy komparativistika (qiyosiy adabiyotshunoslik) fanini maqsadi nimadan iborat?
200.Komparativistikaga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?lot. komparativus-qiyosiy, turli xil jarayonlarni qiyosiy o’rganilishiga asoslangan
201.Adabiy komparativistikaning ob’ekti nima? Adabiy jarayon
202.Adabiy komparativistikaning predmeti to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?asar syujeti, kompozitsiya, mazmun va shakl, badiiy asar tahlili, yozuvchi uslubi
203.Sintetizm nima? Sintetizm – fransuz tilida qo‘shish, jamlash degani. Adabiyotdagi sintetizm har xil ijodiy uslublardan unumli foydalanish, jamlash, mazmun va shakl jihatdan noyob asar yaratish.
204.Gipertekst so‘zining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
205.Motiv so‘zining ma’nosi nima? psixologiyada biron xatti-harakatga turtki beruvchi sabab, adabiyotda syujetning takrorlanuvchi unsuri.Masalan, muhabbat motivi, do‘stlik motiv
207.Arxitekst so‘zining ma’nosini toping? Matnlarning janr jihatidan bog’liqligi. Tipologik o’xshashliklari va farqlari
206.Tipologiyaga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?genetik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan, tili, tarixi, madaniyati tamomila farq qiladigan xalqlar adabiyotida mushtarak jihatlarni aniqlashga yordam beradigan komparativistik tushuncha hisoblanadi.
207.Qiyoslash tipologiyasi deganda nima tushuniladi?umumiy xususiyatlariga ko‘ra (bitta til oilasiga kirishi, janr, etnik xususiyatlariga ko‘ra) u yoki bu adabiyot namunalarining qiyoslanishi. Tipologiya natijasida ayrim til va adabiyotga xos umumiy qonuniyatlar shakllanadi.
208. Sayyor syujetlar deganda nimani tushunasiz? Bir xalq adabiyotidan boshqa bir xalq adabiyotiga ayniqsa folklorga ko’chib yuruvchi syujetlar.
209.Sharqshunos N.I.Konrad qiyosiy adabiyotshunoslik ob’ekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihatni nechiga bo‘lib o‘rganishni taklif qildai? 5 ta jihatga e’ti­borni qaratadi: 1.Tarixiy umumiylikka ega millat adabiyot­lari qiyosi (mas., fors va tojik ). 2. Turli xalqlar adabiyotida tipologik xususiyatlar qiyosi (mas., XIX asr klassik realizmi). 3. Turli makon va zamondagi xalqlar adabiyoti qiyosi (mas., rus va o‘zbek adabiyoti). 4. Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tipologik xususiyatlarga ega bo‘lgan adabiyotlar qiyosi (mas., ritsarlik romanlari va yapon harbiy epopeyalari). 5. Xalqlararo adabiy aloqalar qiyosi.
210.Adabiyotni qiyosan o‘rganish jihatdan komparativistika ikkita katta guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Guruhlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?Makrokomporativistika, mikrokomporativistika
211. «Adabiyot — fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta'rif adabiyotning to’g’ri ta'rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.» Ushbu satrlar muallifi kim? Fitrat
212. «Adabiyot har bir millatning hisli ko’ngil tarixining eng qorong’u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg’on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur... Adabiyot chin ma'nosi ila o’lgan, so’ngan, qoralangan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qarab singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma'rifat suvi, xiralagan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladirg’on buloq suvi bo’lg’onlig’idan bizga g’oyat kerakdir...» Ushbu satrlar muallifi kim? Cho’lpon
213. Rivoyat qilishlaricha, dunyodagi birinchi she’r kim tomonidan va nima munosabat bilan aytilgan? Odam ato o’g’lining o’limi munosabati bilan
214. Ijodkorning fikr, tuyg‘u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan manzara tasviri nima deyiladi? Pafos, she’r
215. Rasul Hamzatovning «Ona tilim» she’rida lirik qahramon qaysi tildagi so‘zlarni eshitgach, tirilib ketadi? Avar tilidan
216. «Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o'tin yorishga sarflamaslik kerak» deb kim aytgan? A. Qahhor
217. «Faqat o‘zing yaxshi o‘rgangan, yaxshi biladigan narsalar haqida yozish, yozganda ham samimiy va rost yozish kerak; tasvirlangan holat inson qalbini o‘rtab yuborsin, voqelikni baholashga yordam bersin, o‘quvchi boshidan kechirgan voqelikning bir qismiga aylanib qolsin» Ushbu satrlar muallifi kim? Ernest Heminguey
218. «She'rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda»
Ushbu satrlar muallifi kim? Usmon Nosir.
219. «Bizga ertakni ba’zan buvim – Oyimqiz xola aytib berar edi. Ammo ko‘pincha «ertakchi xola « laqabi bilan dong chiqargan Tursun xolani chaqirib kelib ertak aytkizardik». Ushbu jumlalar qaysi adibga tegishli? UYG’UN
220. Quyoshning zambarak bo‘lib, «o‘qlar» (nurlar) otishi, o‘sha o‘qlardan Yerning yaralanishi va bu yaralanish tufayli o‘lim emas, balki boshida «yashil chambarak» paydo bo‘lishini juda ham o‘ziga xos, ta’sirchan ifodalagan shoir kim? RAUF PARFI “Tong otmoqda”
221. Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyoti osmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan? OYBEK
222. Qaysi asarda xalqni birlashmoqqa, o‘zaro diniy e’tiqodlar nizosidan xalos bo‘lib, qabih mustamlakachilik zulmiga qarshi jang qilmoqqa chorlagan hamda o‘z e’tiqodi yo‘lida yosh jonini ayamagan, tinimsiz tazyiqlar, hibs, qiynoqlarda yashagan shoir qismati aks etgan? RUHLAR ISYONI ‘’NAZRUL ISLOM’’
223. I.Sulton adabiyotga qanday ta’rif bergan? Adabiyot xarakter yaratish san’ati.
224. Sharq mamlakatlarida adabiyotga qanday manba sifatida qaralgan? Pandnoma. Insonni odob axloqqa, tarbiyaga yo’naltiruvchi ruhiy, ma’naviy manba sifatida
225. «Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir» Ushbu ta’rif kim haqida? A. Navoiy
226. Quyidagi misralarda qaysi badiiy san’atlar qo’llangan?
Mangu borsan va mangu qodir
To’ldirmoqqa yerni ovozga. Mubolag’a (istiora), tashxis, tamsil
227.Bolalar folklori guruhiga mansub bo‘lmagan janr nomi qaysi javobda berilgan? Maqollar
228.Xarakter nima? (yun. charakter - iz, belgi, farslovchi xususiyat) - badiiy xarakter; muayyan davr va muxit kishilariga xos eng muxim
umumiy xususiyatlar bilan aloxida shaxsga xos individual xususiyatlarni uzida uygun mujassam etgan inson obrazi.
229.Badiiy qoliplash nima? asosiy syujet rivojidan beriladigan o'ziga xos muqaddima
230.Elegiya yoki marsiya nima? Elegiya (gr. elegos – shikoyat so’zidan) she’riy janrlardan biri. Marsiya Yaqin va Oʻrta Sharq poeziyasida adabiy janrlardan biri; 2) biror mashhur kishi 
Download 57,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish