Afrika xalqlarining
o ‘z haq-huquqlari
uchun kurashi
125
Ikkinchi jah o n urushigacha yana 3 ta Kongress o ‘tkazildi. Kongress ilgari
surgan g ‘oyalar keyinchalik milliy-ozodlik harakatining kuchayishida m a’lum
darajada ijobiy aham iyatga ega b o ‘ldi. Yillar o ‘tishi bilan Afrika davlatlarida
ham milliy buijuaziya va ziyolilar shakllandi. Afrika xalqlari ozodlik uchun
kurashdilar. U lar siyosiy partiyalar tuzilguniga qadar kurashning o ‘ziga xos
shakllaridan, jum ladan m ustam lakachilikka qarshi kurashda xristian dini-
ning millatparvarlik g ‘oyalaridan foydalandilar. M ustam lakachilam i ana shu
g ‘oyalarga am al qilishga chaqirdilar. Vaqtli m atbuot ziyolilar uch un o ‘z
fikrlarini vatandoshlariga yetkazish vositasi b o ‘lib xizmat qildi.
B a’zi davlatlarda aholining m ahalliy ahamiyatga ega b o ‘lgan kichik-kichik
uyushm alari tuzildi. U lar m ustam lakachi m a ’m urlar oldida m ahalliy aholi
m anfaatlarini him oya qildilar. Afrikada siyosiy partiyalar ichida yirigi 1912-
yilda Janubiy Afrika Ittifoqida tashkil topgan Afrika Milliy Kongressi edi.
20-yillarda m ustam lakalar rivojlangan davlatlam ing xom ashyo bazasiga
aylanib qoldi. H ar bir m am lakat asta-sekin ixtisoslasha boshladi. T ropik va
Jan u b iy Afrika dunyodagi olm osning 97 foizini, kobaltning 92 foizini,
oltinning 40 foizini, platinaning uchdan bir qism ini berar edi. T alonchilik
avj oldi. M ustam lakalarda assim ilatsiya kuchaytirildi. Tub joy aholisining
ahvoli og‘irlashdi. A parteid va segregatsiya avj oldi.
Ayniqsa, Janubiy Afrika Ittifoqida bu narsa yaqqol ko‘rindi. Afrikaliklar
uchun ajratilgan yerlar (rezervatlar) m am lakatning 12 foizini tashkil qilib, bu
yerlar qishloq xo‘jaligi uchun ju d a noqulay edi. Rezervatlarda aholining zich
yashashi va yer kamligi ularni boshqa yerlarga borib ishlashga m ajbur qilardi.
Bundan tashqari «uy solig‘i» bo‘lib, uni to ‘lash uchun pulni faqat «yevropacha»
xo‘jalikda ishlab topish m um kin edi. Afrikalik kishi oq ferm em ing yerida
unga bir yilda 90 kun ishlab bergandagina yashashi m um kin edi.
Shu bilan birga yevropalik ishchilar bilan afrikalik ishchilar o ‘rtasida
raqobat kelib chiqdi. C hunki afrikaliklar arzon ishchi kuchi edi. Bu 1922-
yilda V itvatersrandeda qurolli q o ‘zg‘olon kelib chiqishiga sabab b o ‘ldi. Bosh
vazir Yan Smets shaxtyorlarga qarshi artilleriya va aviatsiya qismi b o ‘lgan
18 m ing kishilik arm iya tashladi. 5 kunlik qattiq to ‘qnashuvda 500 ga yaqin
kishi halok b o id i va yarador qilindi. 6000 shaxtyor qam oqqa olindi, 2 tasi
o ii m jazosiga hukm qilindi.
1929—
1933-yillardagi ja h o n iqtisodiy inqirozi davrida Afrika xalqining
ahvoli yanada o g irlash d i. Janubiy Afrikada qurg‘oqchilik b o iib , rezervat
aholisi ochlikdan, kasallikdan qirila boshladi. Ustiga ustak jah o n bozorida
olm os narxi pasayishi natijasida k o ‘plab olm os konlari bekilib, m inglab
shaxtyorlar ishsiz qoldilar.
1933-yilda Janubiy Afrika Ittifoqida koalitsion h uk um at tuzildi. G en eral
M. G ersog Bosh vazir, Ya. Sm ets esa uning o ‘rinbosari b o id i. D iskri-
m inatsiya kuchaydi.
Ikkinchi jahon umshi yillarida Efiopiya, Italiya Somalisi va Eriteriya hududida
urush harakatlari boidi. 1941 -yilda bu yerlami ingliz qo‘shinlari q o ig a oldi.
Lekin Afrikadan juda ko‘p odamlar, jum iadan, Senegal o ‘qchilari urushga olindi.
126
G itle r G e rm an iy asi Ja n u b iy A frikadagi fashistik tashk ilo tlarga, b u r
m illatchilariga va u yerda yashovchi bir necha o 'n m ing nem islarga um id
b o g la g a n edi. M am lakatda ish k o ‘rayotgan «Sariq k o ‘ylakJar» fashistik
tashkiloti to ‘g ‘ridan to ‘g‘ri Berlindan boshqarilar edi. M udofaa vaziri fashizm
tarafdori Pirou arm iyani shunday holga keltirib qo ‘ygan ediki, u endi jiddiy
harbiy operatsiyalarda ishtirok etishga qodir em as edi.
Janubiy afrikalik fashistlar, ayniqsa, 1941— 1942-yillarda o ‘z faoliyatlarini
kuchaytirdilar. C hunki bu davrda A frikaning shim olida G erm an iy an in g
«Afrika korpusi» hujum boshlagan edi. M am lakatda keng tarm oqli josuslik
y o ‘lga q o ‘yilgan b o ‘lib, shaxtalar, tem ir y o ‘llar, elektrstansiyalarda p o rt-
latishlar o ‘tkazildi.
M illiy partiya esa G e rm an iy ag a qarshi urushda ittifo q ch ilar yengib
chiqolm aydilar deb, parlam entda urushdan chiqish masalasini q o ‘ydi. Bu
davrda yana Bosh vazirlik lavozim ini egallagan Yan Sm ets irqiy segregat-
siyadan voz kechish, y a’ni afrikalik askarlarni o ‘t ochuvchi qurollar bilan
qurollantirish haqida q aro r chiqardi. C hunki unga afrikaliklardan tayanch
kerak edi. O ldin afrikalik askarlarga o ‘t ochuvchi qurollar berilm asdi. U lar
faqat nayza va ch o ‘q m o rlar bilan qurollangan edilar. A rm iyada 70 m ing
afrikalik va 40 m ing m e tis ask ar b o ‘lib, u la r S him o liy A frikadagi va
Yevropadagi harbiy harakatlarda ishtirok etdilar.
U rush davrida ishlab chiqarish kengaydi. B ronem ashina va yirik kalibrli
m inom yotlar ham ishlab chiqarila boshlandi. Ishchi kuchiga b o lg a n talab
ortdi.
Shunday qilib, Jan u b iy va T ropik Afrika hali Yevropa davlatlariga qaram
va oldinda m illiy-ozodlik harakatining m ashaqqatli y o ‘llari tu rar edi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
O
1. Birinchi jahon urushi Afrika xaritasiga qanday ta’sir krsatdi?
>
2. Panafrika harakati qanday harakat edi?
3. Mustamiakachiiarning Tropik va Janubiy Afrikada olib borgan siyosatlari
haqida szlab bering.
4. A, B, D kategoriyalar nima?
5. Afrikaliklar o ‘z haq-huquqlari uchun qanday kurashdilar?
6. Rezervat nima? Segregatsiyani qanday tushunasiz?
7. Ikkinchi jahon urushida afrikaliklar ishtiroki haqida szlab bering.
JADVALNI T O ‘ LDIRIN G. DARSLIK MATNI BILAN ISHLASH
M ustamlakachi davlatlar
M ustam lakalar
127
Do'stlaringiz bilan baham: |