E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160
 
§11.3.
RADIOAKTIVLIK DOZIMETRIYASI
 
 
Nurlangan moddaga berilgan energiyaning shu modda massasiga nisbatiga 
nurlanishning yutilgan dozasi deyiladi: 
D=
dm
dW
O‟lchov birligi Grey (Gr) – u 1 kg massali nurlangan moddaga 1J ionlovchi 
nurlanish energiyasi berilishiga teng bo‟lgan nurlanish dozasiga tengdir.
Nurlanish dozasi quvvati sekundiga Greylarda (Gr/s) ifodalanadi
.
Nurlanish dozasining tizimdan tashqari birligi rad. (Radiation Absorbed Dase 
so‟zlarining bosh harflari) 1 rad=10
-2
Gr. Quvvatining birligi (rad/s) larda 
ifodalanadi. 
Foton nurlanishi ta‟sirini baholash uchun ekspozision doza tushunchasi 
kiritilgan. Amalda jism yutgan dozani nurlanishning uni o‟rab turgan havoga 
ionlovchi ta‟siri bo‟yicha baholanadi. Ekspozision doza X fotonlar ma‟lum 
hajmdagi havoda hosil qilgan bir xil ishorali barcha ionlar zaryadi yig‟indisi dQ 
ning ushbu hajmli havo massasi dm ga nisbatiga aytiladi: 
X=
dm
dQ


393 
SI tizimida birligi (Kl/kg). Amalda esa rentgen ishlatiladi. Bunday dozada 
1sm
3
quruq havoning(0
0
C haroratda va 760 mm.sm.ust. bosimda) ionlashishi 
natijasida bu jarayonlar tugagan vaqtda har bir ishorasi 1 birl. SGSq ga teng 
bo‟lgan zaryad tashuvchi ionlar hosil bo‟ladi. 1R=2,58
4
10


Kl/kg. Ekspozision 
doza tushunchasi faqat foton nurlanishi uchun kiritilgani uchun undan 
foydalanish tavsiya etilmaydi. 
Yutilish va ekpozision dozalar o‟zaro proporsionaldir D=

f

Bunda 
f
- o‟tish koeffisiyenti. 
Suv va odam tanasining yumshoq to‟qimalari uchun 
f
=1 
Ionlanish uchun odatda yutilish dozasi qancha katta bo‟lsa, biologik ta‟sir 
ham shuncha katta bo‟ladi. Lekin turli nurlanishlar aynan bir xil yutilgan dozada 
ham turli xil ta‟sir ko‟rsatadi. Shuning uchun nurlanishning organizmlarga 
ta‟sirini ko‟rsatuvchi ekvivalent doza kattaligi qabul qilingan: 
To‟qimalarda yutilgan doza birday bo‟lganda berilgan nurlanish turining 
biologik ta‟siri effektivligining rentgen yoki gamma nurlanish effektivligidan 
necha marta katta ekanligini ko‟rsatuvchi K-koeffisient sifat koeffisiyenti deb 
ataladi. Radiobiologiyada uni nisbiy biologik effektivligi (NBE) deb ataladi. 
Yutilgan doza sifat koeffisienti bilan birgalikda ionlanuvchi nurlanishning 
biologik ta‟siri to‟g‟risida ma‟lumot beradi. Ionlanuvchi nurlanishning 
ekvivalent dozasi H yutilgan doza D bilan sifat ko‟rsatgichi K ning 
ko‟paytmasiga teng: H=K D. 
Sifat koeffisiyenti Rentgen, 


va 


nurlar uchun 1, sekin neytronlar 
uchun 5, protonlar va tez neytronlar uchun 10, 


zarrachalar uchun 20 ga teng. 
Ekvivalent doza birligi Zivert (Zv) standart tarkibli biologik to‟qimaning
yutilish dozasining sifat koeffisientiga ko‟paytmasiga 1
kg
J
tengdir. Tizimdan 
tashqari birlik ber (rentgen biologik ekvivalenti): 1Zv = 10
2
ber. 
Turli ionlanuvchi nurlanishlarning yutilgan dozalari har xil biologik 
ta‟sirga ega. Bu ta‟sir yutilgan dozaning fazoda taqsimlanishini xarakterlovchi 
va energiyaning chiziqli uzatilishi deb ataladigan kattalik LET(Linear energy 


394 
transfer) bilan aniqlanadi. LET moddaga zaryadlangan zarracha bergan 
enegiyaning uning moddada bosib o‟tgan yo‟liga nisbatiga teng: 
LET=
l
E


LET birligi J/m yoki nostandart birliklarda keV/mkm. 
LET oshishi bilan hujayra mikrohajmining shikastlanishi oshadi. 11.3-
jadvalda ayrim ionlanuvchi nurlanishlarning energiyasi chiziqli uzatilish 
kattaliklari keltirilgan (Hull va Giaccia, 2006). 
11.3-jadval 
Ayrim ionlanuvchi nurlanishlar uchun LET kattaliklari, keV/mkm 
Co-60 

-nurlari 
0,2 
250 kV li Rentgen nurlari 
2,0 
10 MeV protonlar 
4,7 
150 MeV protonlar 
0,5 
14 MeV neytronlar 
12 
2,5 MeV 

-zarrachalar 
166 
2 GeV Fe ionlari 
1000 
Nurlanishning nisbiy biologik effektivligi LET kattaligiga bog‟liq. 
Nurlanishning NBE si 10 keV/mkm dan boshlab osha boshlaydi va 100 
keV/mkm da maksimumga erishadi. LET ning bundan keyingi o‟sishida NBE 
keskin kamayadi. Buning sababi yutilgan nurlanisshning ma‟lum dozasidan 
hujayraning o‟limi sodir bo‟ladi. LET oshishi bilan bunday hodisaning 
ehtimoliyati oshadi. Shundan so‟ng energiya o‟lgan hujayralarda yutila 
boshlaydi. Demak, ionlanuvchi nurlanish solishtirma effektivligi pasayadi. 
Bunga qayta o‟ldirish (overkill) effekti deyiladi.
Tabiiy radioaktiv manbalar (kosmik nurlar, Yer bag‟ri hamda suv 
radioaktivligi, odam gavdasi tarkibidan yadrolar radioaktivligi va hokazolar) 
taxminan 125 mber ekvivalent dozaga mos fon hosil qiladi. 


395 
Nurlanish bilan ish olib borgan kishilar uchun bir yillik ruxsat etilgan 
dozasi 5 ber, o‟limga olib boradigan dozasi 60 ber. 
Ionlanuvchi nurlanishlarni o‟lchash uchun mo‟ljallangan asboblar uch 
guruhga bo‟linadi: radiometrlar, dozimetrlar va spektrometrlar. 
Radiometrlar radioaktiv moddalar aktivligini, ionlovchi nurlar oqimi 
zichligini, turli jismlar, shu jumladan o‟simlik va chorvachilik ozuqalari va 
mahsulotlarining solishtirma va hajmiy aktivligini o‟lchash uchun 
mo‟ljallangan. 
Radiometrlarning deyarli barchasi nurlanishlarni sezuvchi qurilma-
detektor, signallarni kuchaytirgich, sanoq asbobi, tok manbasidan iborat. 
Radiometrlardan PSO-2, UMF-2000, RUB-01P, “Betta” kabilar veterinariya-
sanitariya laboratoriyalarida chorvachilik mahsulotlarini radiasion nazorati va 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish