E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160
Sinov savollari 
1. Biologik obyektlarning nurlanishdan zararlanishining molekulyar 
mexanizmlari qanday? 
2. Nurlanish ta‟sirida nuklein kislotalar, oqsillar, yog‟lar, uglevodlarda 
qanday o‟zgarishlar ro‟y beradi? 


425 
3. Hujayralarning nurlanishga reaksiyalari qanday? 
4. Hujayralar nurlatilganda asosiy “nishon” bo‟lib nima hisoblanadi? 
5. Hujayralar interfazali o‟limi mohiyatini tushuntiring. 
6. To‟qimalarning radiosezgirligi bo‟yicha farq qilishi qanday? 
7. Bergone- Tribondo qoidasi nimadan iborat? 
8. Radiobiologik effektlar turlari qanday? 


426 
XIII bob. NURLANISh KASALLIGI 
 
13.1. Tashqi ionlanuvchi nurlanish ta’sirida kelib chiqadigan 
shikastlanishlar 
 
“Nurlanish kasalligi”ning mexanizmi haqida olimlar o‟z qarashlariga 
egadirlar. Bu haqda ingliz olimi Li aytadiki, tirik organizmda juda sezgir 
molekulalar bor. Ana shunday molekulalar asosan DNK bo‟lib, ular “nishon” 
deyiladi. Agar radiasion nur DNK molekulasiga urilsa nur kasalligi vujudga 
keladi deydi. Bu nazariya bir hujayrali organizmlar uchun tasdiqlanadi. Ammo 
ko‟p hujayrali organizmlar uchun tasdiqlanmaydi. Keyingi nazariya tirik 
organizm nur kasalligiga chalinganida hujayra va to‟qimalardagi yog‟lar 
radioaktiv nur ta‟sirida suv, vodorod peroksid, al‟degid, keton va epoksid kabi 
zaharli moddalar hosil bo‟lib, nur kasalligiga olib keladi deyiladi. 
Odamning 
nurlanishdan 
zararlanishi 
tashqi 
nurlanish, 
radioaktiv 
moddalarning teriga tushishi, radionuklidlarning organizm ichiga tushishi 
(inkorporasiya) , turli tipdagi nurlanishlarning birgalikdagi ta‟siri, radiasiya va 
boshqa faktorlar (jarohatlar, kuyish, yaralanish) ning aralashgan holdagi ta‟siri 
natijasi bo‟lishi mumkin. 
Tashqi nurlanishdan zararlanishni ta‟sir etuvchi nurlarga ko‟ra quyidagi 
turlarga bo‟lishadi: 


- yoki rentgen nurlardan zararlanish; 
* neytron nurlanishidan zararlanish; 
* proton nurlanishdan zararlanish. 
Rentgen va 

-nurlanish, hamda yuqori energiyali neytronlar yuqori 
o‟tuvchanlik qobiliyatiga ega bo‟lib, o‟z yo‟lidagi barcha to‟qimalarga zarar 
yetkazadi. Odam va hayvonlarni ushbu nurlar bilan mos dozalar bilan umumiy 
nurlatganda o‟tkir nurlanish kasalligi paydo bo‟ladi. Protonlar nurlanishi ancha 
kam o‟tuvchanlik qobiliyatiga ega. Shuning uchun ular faqat teri qatlamlarini 
zararlantirishi mumkin. 


427 
Yutilgan doza taqsimlanishiga qarab organizmda umumiy va mahalliy 
zararlanishlar paydo bo‟ladi. 
Radiasion ta‟sirning davomiyligiga qarab nurlanishdan zararlanishning 
o‟tkir va xronik (surunkali) shakllari bor. O‟tkir nurlanish kasalligi uchun 
zararlantiruvchi doza bir hafta ichida olingan bo‟ladi. Agar nurlanish vaqti bir 
necha oy va yillarni tashkil etsa, zararlanishning xronik shakli rivojlanadi. 
Nurlanishdan zararlanishning og‟irligi asosan nurlanish dozasiga bog‟liq. 
O‟tkir nur kasalligi 1 Gr dozadan ko‟proq tashqi nurlanish (rentgen, 

- va 
neytron) qisqa vaqt ichida olinganda rivojlana boshlaydi. Nurlanish dozasiga 
ko‟ra o‟tkir nur kasalligining quyidagi shakllari bor (13.1-jadval): 
13.1-jadval 
Tashqi tekis nurlanish ta‟sirida hosil bo‟ladigan o‟tkir nur kasalining klinik 
shakllari va og‟irlik darajasi 
Doza, Gr 
Klinik 
shakli 
Og‟irlik 
darajasi 
Hayot 
uchun 
bashorat 
O‟lim 

Halok 
bo‟lish 
muddati,kun 
1-2 
Suyak 
ko‟migi 
I (yengil) 
Absolyut 
yaxshi 


2-4 
Suyak 
ko‟migi 
II (o‟rta) 
Nisbiy 
yaxshi 

40-60 
4-6 
Suyak 
ko‟migi 
III (og‟ir) 
Ishonchsiz 
50 
30-40 
6-10 
Suyak 
ko‟migi 
IV (o‟ta og‟ir) Yomon 
95 
10-20 
10-20 
Ichakli 
IV (o‟ta og‟ir) Mutlaq 
yomon 
100 
8-16 
20-50 
Toksemik 
(tomirli) 
IV (o‟ta og‟ir) Mutlaq 
yomon 
100 
4-7 
50 
dan Serebral 
IV (o‟ta og‟ir) Mutlaq 
100 
1-3 


428 
ko‟p 
yomon 
1 Gr dan kam nurlanishda kuzatiladigan klinik belgilar o‟tkir nurli 
reaksiyalar deb ataladi. Ularga holsizlik, qayd qilishlik, neytrofillar va 
trombositlar sonining kamayishi kiradi. 
1-10 Gr dozada nurlanganda o‟tkir nur kasalligining suyak ko‟migi shakli 
rivojlanadi. Bunda qon hosil qiluvchi to‟qimalar zararlanadi. Bunda infeksion 
asoratlar, qon oquvchanlik, anemiya paydo bo‟lishi mumkin. 
10-20 Gr dozadagi nurlanish ingichka ichak epiteliyasida zararlanishlarga 
olib keladi. 20-50 Gr dozadagi nurlanish deyarli barcha parenximatoz 
organlarning zararlanishiga va natijada toksemiya rivojlanishiga sabab bo‟ladi. 
50 Gr dan katta nurlanishda markaziy nerv sistemasi zararlanadi. 
Nurlanish ta‟sirida sut emizuvchi hayvonlar hayotining o‟rtacha 
davomiyligi nurlanish dozasiga bog‟liq. Ko‟pchilik hayvonlar 1-1,5 Gr dozada 
o‟lmaydi, 1,5-2 Gr dozada ayrimlari nurlanishdan 20-30 kun o‟tgach o‟ladi. 
Doza oshgan sari olishning ehtomoliyati oshib, 4-6 Gr da deyarli 100% halok 
bo‟lishadi, hayotning o‟rtacha davomiyligi kamayadi. Dozaning yanada oshishi 
100% tajriba hayvonlarining o‟limiga olib keladi, va 100-120 Gr oraliqda 
hayotning o‟rtacha davomiyligi deyarli o‟zgarmaydi va 4-6 kunga teng bo‟ladi. 
200-300 Gy dozalarda hayotning o‟rtacha davomiyligi keskin kamayadi (1-2 
kun). Minglab Gr larda hayvonlar birdaniga o‟ladi. 
Sut emizuvchilarning nurli o‟limi turli biologik mexanizmlar natijasida 
ro‟y beradi. 1,5-6 Gr oraliqda o‟lim sababi qon hosil qilish organlarining 
zararlanishi va qon tarkibining o‟zgarishidir. 6-100 Gr oraliqda hayvonlar o‟limi 
sababi hazm qilish organlarining zararlanishi natijasidir. Ingichka ichak 
epiteliyasining nurlli zararlanishi sababli uning to‟siq funksiyassi buziladi, 
organizmga infeksiyalar kira boshlaydi, diareya, qon quyuqlanishi va kollaps 
ro‟y beradi. 
Yanada yuqoriroq dozalarda markaziy nerv tizimi nurli zararlanishi, nerv 
hujayralar yemirilishi va bosh miyaning qon bilan ta‟minlashishi buziladi. 


429 
Tana bo‟yicha notekis nurlanishda organizmning o‟limi boshqa sabablar 
tufayli ro‟y berishi mumkin. Teri 7 Gr dan yuqori dozada kam o‟tuvchi nurlar 
(masalan, 

-nurlar) bilan nurlanganda hayvonlarda o‟tkir nur kasalining teri 
shakli hosil bo‟ladi. Terining to‟siq funksiyasi buzilishi, organizmning 
to‟qimalar yemirilishi mahsulotlari bilaan zaharlanishi va og‟riq shoki o‟limning 
sababi bo‟ladi. 
Bosh qismining 50-70 Gr dozada nurlanishi tufayli hayvonlarning 
og‟zidagi shilliq pardalar og‟ir jarohatlanadi. Ular ovqatlana va suv icha 
olmasligi sababli halok bo‟ladi. 
Nurlanish dozasi sohasiga qarab organizm o‟limiga olib keluvchi kritik 
organlar tushunchasi kiritilgan. Kritik organdagi zararlanishlar shunday vaqtda 
ro‟y beradiki, boshqa organlarda bu vaqtdagi zararlanishlar organizm uchun 
havfli bo‟lgan darajagacha rivojlanib ulgurmagan bo‟ladi. Shuning uchun 
o‟rtacha hayot davomiyligi bilan nurlanish dozasi orasidagi bog‟lanish zinapoya 
shakliga egadir. Halok bo‟lishning bosqichli xarakteri kritik tizimlarning ishdan 
chiqishi bilan bog‟liqligi umumbiologik qonuniyat bo‟lib, hayvonlarda ko‟p 
tajribalarda isbotlangan. 
Umumiy o‟tkir nurlanishda 1,5-6 Gr dozada qon hosil qilish organlari kritik 
bo‟lsa, 10-100 Gy oraliqda ingichka ichak epiteliysi, 100 gy dan yuqori 
dozalarda markaziy nerv tizimi kritik organ bo‟ladi. 
Odam organizmining 2 Gr dan kattaroq dozalardagi birlamchi reaksiyasi 
qayd qilish, ishtahaning yo‟qolishi, bosh og‟rishi, umumiy holsizlanish, uyquga 
tortishdan iborat. Bu 1-3 kun davom etadi. 
Kasallikning og‟ir kechishini ko‟rsatuvchi (umumiy doza 10 Gr, dan 
oshganida) belgilarga qon bosimining pasayishi, xushni qisqa vaqtga yo‟qotish, 
subfebril harorat, ich o‟tishi kiradi. 
Periferik qonda nurlanishdan so‟ng birinchi kunlarda neytrofil leykositoz, 
limfopeniya kuzatiladi. 
Odamning suyak ko‟migida miyelokariositlar sonining kamayishi, yosh 
hujayralarning yo‟qolishi ro‟y beradi. 


430 
Qon va siydik tarkibida 3-4 Gr dan yuqorida shakar va bilirubinning 
oshishi va xloridlar miqdorining kamayishi aniqlanadi. 
2-4 kundan so‟ng birlamchi reaksiya belgilari yo‟qoladi va kasallar holati 
yaxshilanadi. Kasallikning latent yoki yashirin bosqichi boshlanadi. Bu bosqich 
zararlanish og‟irligiga bog‟liq bo‟lib, odamlarda 14-32 kun davom etadi. 10 Gr 
dan katta dozalarda bu bosqich umuman boshlanmaydi. 
Latent bosqichda sochlar tushishi va nevrologik simptomlar kuzatiladi. Qon 
tashxisida yaqqol limfopeniya, neytrofillar, trombositlar soni kamayishi 
aniqlanadi. Suyak miyasida birinchi kunlardanoq aplaziya, 2-3 hafta ichida 
regenerasiya belgilari kuzatiladi. Shu davrda tuxumdonlar atrofiyasi va 
spermatogenez susayishi paydo bo‟ladi. 
Latent bosqichning oxirida kasallar holati keskin yomonlashadi, holsizlik 
kuchayadi, temperatura oshadi, eritrositlar cho‟kishi tezligi ko‟payadi. 
Kasallikning og‟ir bosqichi boshlanadi. Gemorragik sindrom ro‟y beradi: terida, 
shilliq pardalarda, hazm qilish yo‟llarida, miyada, yurakda, o‟pkada qon 
quyilishi ro‟y beradi. Ushbu davrda bu jarayonlar kasallar hayoti uchun eng 
xavflidir. 
Qonning tarkibi bu davrda asosan limfositlardan iborat. Bu bosqichda 
anemiya kuchaya boshlaydi. Suyak ko‟migida va limfatik tugunlarda 
regenerasiya boshlanadi. Qon hosil qilish tizimida gipoproteinemiya va 
gipoalbuminemiya kuzatiladi, asosiy azot miqdori oshadi, xloridlar miqdori 
kamayadi. Moddalar almashinishidagi buzilishlar tufayli odam massasi 
kamayadi. Davolanish natijasida kasallik to‟rtinchi bosqichi-tiklanish 
boshlanishi mumkin.


431 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish