406
12.3. Ionlanuvchi nurlanishning organizm to’qimalariga va organlarga
ta’siri
Nurlanishning kichik dozasi yutilganda katta biologik buzilishlar yuz
berishi mumkin. Nurlanish olgan obektlarning ta‟siri naslga o‟tadi. Shuning
uchun nurlanishdan himoyalanish katta ahamiyatga ega.
Nurlanishning bir xil dozasiga hujayraning turli qismlarining sezgirligi
turlichadir, nurlanishning ta‟siriga hujayralarning yadrosi eng sezgirdir.
Bo‟linish qobiliyati hujayralarning eng nozik funksiyasi bo‟lgani uchun
nurlanishda eng avval o‟suvchi to‟qimalar jarohatlanadi. Demak, nurlanish eng
avval bola organizmi uchun (embrionlik davridan boshlaboq) xavflidir. Odam
organizmining doimiy yoki davriy bo‟linib turadigan hujayralardan tashkil
topgan to‟qimaga, oshqozon va ichakning shilimshiq pardasiga, qon hosil
qiluvchi to‟qimalarga, jinsiy hujayra larga nurlanish halokatli ta‟sir qiladi.
Nurlanish organizmga qisqa vaqt ichida ta‟sir qilsa (sekundan bir necha
soatgacha), unga kiruvchi nurlanish deyiladi. Agarda organizm uni uzoq vaqt
davomida olsa (yillar va o‟nlab yillar davomida) unga doimiy nurlanish deyiladi.
Quyidagi jadvalda turli intensivlikdagi nurlanishning organizmga ta‟siri
keltirilgan.
Xirosima va Nagasaki aholisini kuzatish natijalari shuni ko‟rsatdiki, ko‟z
qorachig‟ining xiralashuvi (ko‟z kataraktasi), qalqonsimon bez leykemiyasi,
qondagi leykositlarning xromosomik abberasiyasi va yoshligida nurlangan
odamlarning o‟sishida pasayish kuzatiladi. Keyingi izlanish natijalari asosan
ko‟krakda va o‟pkada qattiq o‟simtalarning hosil bo‟lishi aniqlandi. Rak
kasalliklari nurlanishdan 30 yil o‟tganda ham kuzatilish mumkin ekan. 12.1 –
jadvalda natijalar butun tana uchun keltirilgan.
407
12.1 – jadval
Turli intensivlikdagi nurlanishning organizmga ta‟siri
Organizmni
- nurlanish
olgan dozasi, j/kg
Effekt
Eslatma
0, - 0,25
Kuzatilmaydi
-
0,25 - 1
Qonda ba‟zi o‟zgarishlar
kuchsiz
chanqoqlik
seziladi
Ilik limfotik tugunlar va
taloqning bir oz buzilishi
1 – 3
Umumiy holsizlik, qonda
o‟zgarish, qayd qilish,
charchash
Antibiotiklar
bilan
davolash natijasida to‟la
davolash mumkin.
3 – 6
Yuqorida
aytilgan
effektlar va zaharlanish,
qon qo‟yilish,
Davolashda antibiotik va
qon
quyish.
Ba‟zi
hollarda ilik ko‟chirib
o‟tqazish.
Tuzalish
ehtimoli 50%
6
Yuqorida aytilgan ham-
ma effektlar va marka-
ziy
nerv
tizimining
jarohatlanishi
Agarda nurlanish dozasi
kg
J
8
dan oshsa o‟lim
muqarrar
Lekin tananing turli qismlari radiasiyaga turlicha reaksiya beradi. Shu
sababli 12.2 – jadvalda tananing turli qismlarining radiasiyaga chidamliligi
keltirilgan.
408
12.2 – jadval
Odam organizmi qismlarining radiasiyaga chidamliligi
Organ
Simptomlar
5 yillik simptomga
asosan, olgan nurlanish
dozasi, J/kg
5%
50%
Teri
Yara, tolalar hosil bo‟lishi.
0,055
0,07
Oshqozon
Yara hosil bo‟lishi
0,045
0,05
Jigar
og‟riq assitoz
0,035
0,04
Buyrak
nefroskleroz
0,013
0,028
Yurak
perekordiya, pankardiya
0,04
0,1
Suyak
nekroz, sinish
0,06
0,15
Ko‟z qorachig‟i
katarakta.
5
0,012
Qalqonsimon bezi
Gipoterioz
0,045
0,15
Muskullar
o‟sish to‟xtaydi
0,02-0,03
0,04-0,05
Ilik
Gipopliaziya
2
5
Homila
O‟lim
2
4
Nurlanishning genetik ta‟sirini aniqlash juda qiyin. Lekin radiasiya ta‟sirida
mutasiya natijasida xromosomada buzilishlar yoki DNK zanjirida o‟zgarishlar
yuzaga keladi.
Yaponiyada olib borilgan tekshiruvlar natijasiga ko‟ra hozirgacha genetik
effektlar kuzatilmagan. Lekin hozircha unchalik ko‟p vaqt o‟tmagan.
Doimiy nurlanish bilan ishlaganda olingan nurlanish dozasi o‟sha dozani
birdaniga olingan holdagiga qaraganda ta‟siri unchalik katta effektga ega emas.
Bunga sabab odam va hayvonlar tanasi kichik dozada olgan nurlanishlarga
qarshilik qobiliyatiga ega. Lekin har qanday nurlanish organizmda qandaydir
o‟zgarish yuzaga keltiradi. Nurlanishdan tibbiyot va veterinariyada ko‟p
foydalaniladi, chunki radioaktiv nurlar turli organlarda tanlab yutiladi. Masalan,
409
qalqonsimon bez
131
Do'stlaringiz bilan baham: |