Sinov savollari
1.
Radiasion zararlanishning qanday turlari mavjud?
2.
O‟tkir nur kasalligiga ta‟rif bering
3.
O‟tkir nur kasalligining nurlanish dozasiga qarab og‟irlik darajalari
qanday?
4.
O‟tkir nur kasalligining suyak ko‟migi shaklida qanday davrlarni
ko‟rsatish mumkin?
5.
Nurlanishning qanday dozasida o‟tkir nur kasalligining ichak shakli
rivojlanadi?
6.
20 Gr dan 50 Gr gacha nurlanish dozasida o‟tkir nur kasalligining
qanday shakli rivojlanadi?
7.
O‟tkir nur kasalligining serebral shakli qanday dozadan boshlanadi?
8.
Tashqi notekis nurlanishdan radiasion zararlanishning qanday shakli
rivojlanadi?
437
XIV bob. RADIASION EKOLOGIYA VA TOKSIKOLOGIYA
§14.1. Radioekologiya va uning vazifalari
Radioekologiya- ekologiya fanining bo‟limi bo‟lib, uning asosiy vaifasi –
ionlanuvchi nurlanishlarning biosenozga ta‟sirini o‟rganishdan iborat.
Ionlanuvchi nurlanishning odam faoliyatining turli shalarida tobora keng
foydalanilayotganligi, radionuklidlarning atrof muhitga chiqishi va tabiatga
ta‟sir etishining kuchayishi masalalari radioekologiyani alohida fan bo‟lib
ajralishiga sabab bo‟ldi.
Yerimiz rivojlanishi davomida turli geofizik jarayonlar natijasida Yer
tabiiy radiasiyasi shakllandi. Bu radiasiya mavjudligi hayvonlar va o‟simliklar
evolyusiyasiga doimiy ta‟sir etib turdi. Shuning o‟zi Yer tabiiy radiasiyasining
tirik organizmlar moslashish shakllarini yuzaga keltirishda, ularning
takomillashishida ijobiy rol o‟ynaganini ko‟rsatadi.
Kosmosdan Yerga tushuvchi nurlar va Yer jinslarida, qurilish
materiallarida, oziq-ovqatda bo‟lgan radioaktiv moddalar tabiiy radiasiyani hosil
qiladi. Xalqaro atom energiyasi agentligi (IAYeA) ning ma‟lumotlariga ko‟ra
ionlanuvchi nurlanishning Yerda bir yilda o‟rtaxha individual dozasi miqdori
14.1-jadvalda keltirilgan [1].
14.1-jadval
Yerda ionlashtiruvchi nurlanishning bir yilda o‟rtacha individual effektiv
dozasi (mZv)
Manba
Doza
Chegarasi
Tabiiy fon
Tashqi nurlanish
Kosmik
0,4
0,3-1,0
Xududiy
0,5
0,3-0,6
Ichki nurlanish
Nafas olish bilan
1,2
0,2-10
438
Hazm qilish orqali
0,3
0,2-0,8
Jami
2,4
1-10
Tibbiy muolaja bilan
0,4
0,04-1,0
Yadroviy sinovlar
0,15-kamayish trendi
Chernobil avariyasi
0,002
0,04- kamayish trendi
Nurlanishli mahsulotlar
0,0002
kamayish trendi
Jami
2,8
1-10
Tabiiy radioaktiv izotoplar Yerning barcha qatlamlarida: litosfera,
gidrosfera, atmosfera, biosferada mavjud.
Barcha tabiiy nurlanish manbalari odamlar va hayvonlarga tashqi va ichki
yo‟llar bilan ta‟sir etishi mumkin. Tashqi manbalardan kosmik nurlar ,
tuproqdagi va qurilish materiallaridagi tabiiy radiasiya katta ahamiyatga ega.
Ichki manbalardan- havoda, suvda, oziq-ovqatda va odam organizmidagi
radioaktiv moddalardir. Ular orasida kaliy-40 va radon-222 alohida o‟ringa
ega.
Yerdagi radiasiya manbalari tirik organizmlar tabiiy manbalardan
nurlanishining asosiy qismini tashkil etadi. O‟rtacha hisobda ular aholi
oladigan yillik effektiv ekvivalent dozaning 5/6 qismini beradi. Tabiiy
radioaktiv moddalar tashqi muhitga asosan tog‟ jinslaridan tushadi. Bu
moddalarning tog‟ jinslaridagi konsentrasiyasi 14.2-jadvalda keltirilgan.
Radioizotoplarning harakati jarayonlarida o‟simlik va hayvonlar katta rolni
o‟ynaydi. O‟simlik va hayvonlarning radioaktivligi tabiatda uchraydigan barcha
radioizotoplar bilan bog‟langan. Ularda ayrimlari stabil izotoplar bilan birikkan
holda tirik organizmlar hayot faoliyatida qatnashadi (K
40
, C
14
, H
3
) . Ularning
organizmdagi miqdori stabil izotoplar to‟planishi darajasi bilan bog‟liq.
Masalan, no`xatda kaliy 0,9%, sariq yog‟da – 0,012%, shuning uchun
no`xatning kaliy-40 hisobiga nisbiy aktivligi 274 Bk/kg teng bo‟lsa, sariq
yog‟niki- 3,7 Bk/kg.
439
14.2-jadval
Yerdagi jinslarda kaliy, radiy va toriy konsentrasiyasi
Jins
Mamlakat
Sinovlar
soni
O‟rtacha konsentrasiya, Bk/m
3
K
40
Ra
226
Th
232
Granit
FRG
34
1200
100
80
Granit
g‟ishtlar
Buyuk
Britaniya
7
1000
90
85
Granit
Rossiya
2
1500
110
17
Vulkan
pemzasi
FRG
20
1100
130
13
Organizmdagi boshqa izotoplar (U
238
, Ra
226
, Th
232
, Pb
210
, Po
210
) miqdori
ularning atrof muhitdagi miqdoriga bog‟liq. Masalan, odatdagi tuproqda
o‟stirilgan o‟simliklar kuyasida uran o‟rtacha
4
10
3
g/kg bo‟lsa, uran bilan
boyitilgan tuproqlarda o‟sgan o‟simliklar kuyasida
3
10
2
g/kg bo‟ladi.
O‟simliklarda K
40
ning miqdori tuproqdagi miqdoridan 3-10 marta kam.
Hayvonlar organizmida kaliy miqdori undan ham kam (tuproqdagi miqdoridan
10-15 marta kam). Massasi 70 kg bo‟lgan odam organizmida 130 g kaliy bor.
14.3-jadvalda odam organizmining ayrim organlarida kaliy miqdori va uning
nisbiy radioaktivligi berilgan.
Katta odam tanasida uglerodning umumiy miqdori 18% ni, ya‟ni 12,6 kg ni
tashkil etadi. Uglerod to‟qimalarda tekis tarqalganini hisobga olsak, ularning C
14
bo‟yicha nisbiy radioaktivligi 52 Bk/kg ga teng.
Muskullarda tritiy miqdori 10,2%, suyaklarda esa 6,4%. Odam tanasining
yumshoq to‟qimalarining H
3
hisobiga nisbiy radioaktivligi 0,55 Bk/kg,
suyaklarniki 0,34 Bk/kg ga teng. Radiy asosan suyaklarda to‟planadi va miqdori
0,5 10
13
kg atrofida bo‟ladi. Qo`rg‟oshin Pb
210
ning asosiy qismi skeletda
bo‟lib, uning nisbiy aktivligi 15 Bk/kg. Organizmda uranning umumiy miqdori
kam.
440
14.3-jadval
Odam organizmining ayrim organlarida kaliy miqdori va uning nisbiy
radioaktivligi
Organ , to‟qima
Kaliy miqdori, mg
Nisbiy radioaktivlik,
Bk/kg
Muskullar
360
107
Bosh miya
330
89
Jigar
215
63
O‟pka
150
44
Yog‟ to‟qimasi
60
19
Suyak
61
18
Odam organizmidagi radioaktivlik darajasi almashish jarayonlari tezligiga
va rasionida radioizotoplar mavjudligiga bog‟liq.
Qurilishda ishlatiladigan materiallar tarkibida radionuklidlar bo‟lishi
mumkin.
fonning eng kichik qiymati yog‟ochdan yasalgan uylarda
kuzatiladi- 0,5 Gr/kg, g‟ishtli uylarda -1 Gr/kg, temir beton uylarda-1,7 Gr/kg.
Odamning yerdagi tabiiy radionuklidlar nurlanishining yillik effektiv
ekvivalent dozasi 3,5
4
10
Zv ga teng. Bu dozaning asosiy qismi yopiq binolarda
nafas olishi natijasida tushadi. Bunda radon gazi asosiy rolni o‟ynaydi. Yopiq
binolarga radon asosan tuproqdan o‟tadi. Radon konsentrasiyasini kamaytirish
uchun binolar ventilyasiyasiga e‟tibor berish zarur. Havo almashinishi yomon
bo‟lgan binolar ichida radonning darajasi 740 Bk/m
3
ga yetadi. Radon Yer
sirtining yuqori qatlamlaridan atmosferaga tushadi. Radonning atmosferaga
tushish tezligi tuproqning holatiga, namligiga, haroratga bog‟liq. Qor qatlami
Yerning tabiiy radiasiyasini kamaytiradi.
Dunyoning ayrim joylarida tabiiy radiasion fonning doza quvvati boshqa
joylarga nisbatan ancha katta bo‟ladi. Bunday joylar Pomir va Tibetdagi tog‟li
rayonlarda aniqlangan. O‟zbekistonda uran olinadigan korxonalar joylashgan
xududlar: Markaziy Qizilqum va Chotqol-Kuramada radiasion fon yuqoridir.
441
Yer radioaktiv fonida kosmik nurlanishning ham ulushi bor. Kosmik
nurlanish uch manbadan keladi: Yer atmosferasidagi radiasion qatlamlardan,
galaktikadan, Quyoshdan. Birlamchi kosmik nurlanishning 92% protonlardan,
7%
zarrachalardan va boshqa atomlarning yadrolaridan iborat. Ushbu
kosmik zarrachalar atmosferadagi atom va molekulalar bilan ta‟sirlashganida
radionuklidlardan iborat bo‟lgan ikkilamchi kosmik nurlanish hosil bo‟ladi.
Yerga yaqinlashgan sari birlamchi kosmik nurlanish intensivligi kamayadi,
ikkilamchi kosmik nurlanishniki oshadi.
Yer atrofida magnit maydoni ta‟sirida ushlab qolingan va qutbdan-qutbga
qarab harakatlanayotgan zaryadli zarrachalardan iborat bo‟lgan qatlamlar
mavjud. Ular radiasion qatlamlar deb ataladi. Radiasion qatlamlar Yer
radiusining 1,2 sidan 8 tasiga teng bo‟lgan masofalarda joylashadi. Ichki qatlam
asosan protonlardan iborat, tashqi qatlam elektronlardan tashkil topgan.
Quyosh
radiasiyasi
elektromagnit
nurlanishdan
va
korpuskulyar
nurlanishdan iborat. Quyosh korpuskulyar nurlanishi asosan protonlar va
elektronlar oqimidan tashkil topadi. Quyosh aktivligi keskin oshganda kosmik
nurlanish intensivligi 4-100% gacha oshishi mumkin. Bunday paytlarda
odamlarning bir qismida yurak va asab kasalliklari kuchayishi ro‟y beradi.
Uran asosan Yerning yuqori qatlamlarida mavjud. Yerning 20 km li
qatlamida 10
17
kg uran bor. O‟zbekistonda uran olinadigan va olinishi to‟xtagan,
ammo uran qoldiqlari saqlanayotgan xududlar jumlasiga Navoiy, Uchquduq,
Angren, Yangiobod shaharlari, Chorkesar, Chauli, Maylikatan qishloqlari
kiradi.
Ayrim hayvonlar radiasiya ta‟sirini sezadi. Chumolilar harakati tezlashadi,
ular nurlanish zonasini tashlashga intiladi. Tropik baliqlar ham o‟zini shunday
tutadi. 14.4-jadvalda odam Yerning radiasiya fonidan olayotgan nurlanishi
effektiv dozalari berilgan.
442
14.4-jadval
Odamning tabiiy nurlanish manbalaridan olayotgan nurlanish effektiv dozasi,
mkZv/yil
Radiasiya manbalari Tashqi nurlanish
dozasi
Ichki nurlanish
dozasi
Yig‟indi doza
Kosmik nurlanish
300
-
300
Kosmogen nuklidlar
-
15
15
K
40
120
180
300
Rb
87
-
6
6
U
238
qatori
90
1150
1240
Th
232
qatori
140
230
380
Jami
650
1600
2250
Insonlarning faoliyati natijasida radiasion fon o‟zgarib bormoqda.
Biosferaga radioaktiv chiqindilar tushishi manbalari sifatida quyidagilarni
ko‟rsatish mumkin:
yadro qurollarini sinash;
yadro energetikasi uchun kerakli moddalarni oladigan, ularni qayta
ishlaydigan korxonalar;
radionuklidlardan
ishlab
chiqarishda
foydalanadigan
korxonalar,
laboratoriyalar.
Atom portlashida yadro yoqilg‟isi bo‟linishi mahsulotlari atrof muhitga
tushadi. Uran va plutoniy parchalanishi natijasida 36 kimyoviy elementning
200 ga yaqin izotoplari hosil bo‟ladi. Ulardan biologik siklga faol qo`shilishi va
katta yarim yemirilish davriga ega bo‟lgan Sr
90
va Cs
137
izotoplar eng xavflidir.
Termoyadro portlashlarda qo‟shimcha holda C
14
va H
3
hosil bo‟ladi. Sobiq
Sovet Ittifoqida yadro sinovlarining 95% Qozoqistondagi Semipalatinsk yadro
poligonida o‟tkazilgan. Ushbu yadro sinovlari natijasida Yerimizning shimoliy
yarim shari tabiiy muhitining ifloslanishiga qo‟shilgan hissa 40% ni tashkil
443
etgan. AQShda o‟tkazilgan yadro qurollari sinovlari ham ifloslanishga 40%
hissa qo‟shgan, qolgan 20% ni Angliya, Fransiya va Xitoyda o‟tkazilgan
sinovlar bergan.
Uranni qazib oluvchi, qayta ishlovchi korxonalar jumlasiga uran konlari va
gidrometallurgik kombinatlar, yadro reaktorlari bor elektrostansiyalar va ilmiy
muassasalar kiradi.
Butun jahonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 20% atom
elektr stasiyalarida (AES) olinadi. O‟zbekistonga qo‟shni mamlakatlardan
Rossiyada 10 ta AES, Qozoqistonda 1 AES, Eronda 1 AES mavjud. 2020-2025
yillar davomida Misrda, Saudiya Arabistonida, Vetnamda, O`zbekistonda yangi
AES qurilishi belgilab qo‟yilgan. Bundan tashqari Markaziy Osiyo
mamlakatlarida 2, Yaqin Sharq mamlakatlarida 12 ta yadro tadqiqot reaktorlari
ishlab turibdi.
Ularning ishlashi natijasida gazsimon, suyuq, qattiq holdagi radioaktiv
chiqindilar paydo bo‟ladi. Radioaktiv fon yildan-yilga ortib borishining
sabablari juda ko‟p bo‟lib, radioaktiv uranni qazib olish, qayta ishlash, boyitish
jarayonlari radioaktiv moddalardan energetik nuqtai nazaridan fan va qishloq
xo‟jaligida, tibbiyotda qo‟llanilishi radioaktiv fonning ortib borishiga olib
kelmoqda. 1986 yilda Ukrainada joylashgan Chernobil atom elektrostansiyasida
avariya natijasida Ukraina, Belorussiya, Rossiyaning ayrim xududlari radiasion
ifloslanishi ro‟y bergan. Uning asoratlari hozirgi kunga qadar sezilmoqda. 2014
yilda Yaponiyada zilzila natijasida Fukudzima atom elektrostansiyasi
shikastlanishi natijasida katta xududda Yer va suvning radioaktiv moddalar bilan
ifloslanishi ro‟y berdi. 1995 yilda Toshkent viloyati Angren shahrida
Appartakda toshko‟mirni ochiq kavlab olishda radiasiya darajasi meyordan
o‟nlab marta oshganligi aniqlandi. Angren shahri va qo‟shni xududlarning
radioaktiv zararlanishini oldini olish uchun Appartakdan 100000 tonna
radioaktiv toshko‟mir maxsus joyga chiqarilib ko‟mildi.
444
Tabiiy radionuklidlarning qishloq xo‟jaligi o‟simliklaridagi konsentrasiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |