E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160
C
14
oziq-ovqat tarkibidagi birikmalar 
tarzida tushadi. 
C
14
ning havo bilan tushishi katta xavf tug‟dirmaydi, chunki 
qonda uglerod turg‟unmas birikmalar hosil qilgani uchun organizmda kam 
saqlanadi. 
C
14
ning yaxshi eriydigan organik birikmalari organizmda 90-100% 
gacha o‟zlashtiriladi. 
C
14
organizmda tekis taqsimlanadi. 
C
14
organizmda 
C
14
O
2
ga oksidlanib, o‟pka orqali chiqariladi. Bir kun ichida 56% 
C
14
o‟pka orqali 
chiqib ketadi. Qon, jigar, oshqozon va ichaklardan 1 kunda 80% 
C
14
chiqariladi. 
Yog‟ va teridan 
C
14
yarim chiqarish davri 20 kunga teng. 


450 
C
14
organizmning barcha qismlariga o‟ta oladi va bevosita organik 
birikmalarga qo`shiladi. Ularda uglerod atomlari azot atomlariga aylanishi 
(transmutasion effekt) tufayli zararli ta‟sir etishi mumkin. Bu DNK dagi 
kimyoviy bog‟larning uzilishiga olib keladi. 
C
14
ning transmutasion effekti 
barcha genetik va somatik zararlanishlarning 10% ni tashkil etadi. 
Uran bo‟linishida katta sondagi izotoplar hosil bo‟ladi. Ular orasida 
toksikologik jihatdan ahamiyatlilari qatoriga Sr, I, Cs, Ru, Y, Te, Zr, Nb, Ce, Pm 
izotoplari kiradi. Uran bo‟linishi mahsulotlari atom sanoati chiqindilari va atom 
quroli portlashi mahsuloti sifatida toksikologik xavfga ega. I, Sr, Cs, Ca, Te 
izotoplari yuqori shimilishiga ega. Ce, Pm, Y, Zr, Nb, Np va Pu organizmda 
yomon shimiladi. 
Organizm uchun rezorbsiyasi katta va hayot uchun eng muhim organlarda 
ko‟p to‟planadigan radionuklidlar eng xavflidir. Uran parchalanishining 
mahsulotlarining katta qismi jigarda va suyaklarda to‟planadi. Bu mahsulotlar 
miqdori organizmga tushgach yemirilishi va organizmdan chiqarilishi natijasida 
tezda kamayadi. Parchalanish mahsulotlarining 39% axlat bilan, 7,5% siydik 
bilan chiqadi. Parchalanish mahsulotlari organizmga yetarli miqdorda 
tushganida nurlanish kasali boshlanadi. Parchalanish mahsulotlari organizmga 
yenteral tushganida kritik organ oshqozon-ichak tizimi hisoblanadi. Uning 
nurlanishdan zararlanishining klinik simptomlariga ishtahaning yo‟qolishi, qayd 
qilish, diareya, qorinda og‟riq kiradi. Parchalanish mahsulotlari ta‟sirida yurak-
tomirlar tizimida ham o‟zgarishlar kuzatiladi. Hayvonlarda puls oshadi, toni 
pasayadi, arterial bosim kamayadi. 
Erigan parchalanish mahsulotlarining organizmdan chiqishi buyrak orqali 
bo‟ladi. Bunda buyrak nefronlari 


nurlanadi. 
Uran parchalanish mahsulotlari ta‟sirida uglevodlar, oqsillar va lipidlar 
almashishida o‟zgarishlar paydo bo‟ladi. Bu o‟zgarishlar jigarning zararlanishi 
natijasidir. Jigarda uran parchalanish mahsulotlarining 15% to‟planadi. 
Yadro parchalanish mahsulotlari tarkibining 20% ni 
135
131

I izotoplari tashkil 
qiladi. Bu izotoplar qalqonsimon bezda to‟planadi. Qalqonsimon bezning 


451 
nurlanish dozasi boshqa organlar dozasidan 100-1000 marotaba ko‟proqdir. 
Yadro parchalanish mahsulotlari organizm immun reaktivligini o‟zgartiradi. 
Natijada organizmda uzoq muddatlarda patologiyalar kelib chiqishiga sabab 
bo‟luvchi asoratlar paydo bo‟ladi. Tezda hayvonlarda terining bakterial 
xossalari, leykositlarning fagositar aktivligi pasayadi. Qalqonsimon bezning 
nurlanishdan zararlanishi tufayli gormonal balans buziladi. Yadro parchalanishi 
mahsulotlari bilan o‟tkir zararlanish hayvonlarning tuzalishi, kasallikning xronik 
tarzga o‟tish yoki o‟lim bilan tugaydi. O‟limning eng ko‟p sababi oshqozon-
ichak tizimi va nafas olish tizimining zararlanishidir. 
Tirik qolgan hayvonlarda tiklanish jarayonlari inkorporasiyalangan 
radionuklidlar bilan nurlanish kechishi bilan birga boradi. Tiklanish sur‟ati 
yutilgan doza va organizmning fiziologik holatiga bog‟liqdir. 
Parchalanish mahsulotlari bilan zararlanishdan uzoq muddatlarda 
hayvonlarda o‟simtalar paydo bo‟ladi. 
Yadro parchalanishida hosil bo‟ladigan 
90
Sr izotopi 0,54 MeV energiyali 


nurlar manbasidir, uning yarim yemirilish davri 28,6 yilga teng. Stronsiy 
mikroyelement tarzida hayvonlar organizmida mavjud. Yer sirtiga tushgan 
stronsiy o‟simlik va chorvachilik mahsulotlari bilan odam organizmiga tushadi. 
90
Sr oshqozon-ichaklar traktida yaxshi shimiladi. Stronsiy asosan suyaklarda 
to‟planadi. Stronsiyning organizmdan chiqishi axlat va siydik bilan bo‟ladi. 
90
Sr 
ning yutilish dozasi katta bo‟lganda hayvonlarda o‟tkir nur kasalligi boshlanadi. 
Hayvonlarda anemiya rivojlanadi, spermatogenez va ovogenez susayadi, jigar va 
buyraklar funksiyasi buziladi. 
90
Sr bilan zararlanish oqibatida jigarda nekroz 
o‟choqlari, bosh miyada qon quyilishlar, buyraklarda nefroz belgilari kuzatiladi. 
Uzoq muddatlarda suyaklar leykozi va o‟simtalari paydo bo‟ladi. 
Uran parchalanishi mahsulotlarining 6% ni seziy izotoplari tashkil etadi. 
137
Cs o‟zidan 


va


nurlarni chiqaradi. Bu nurlarning energiyasi mos 
holda 0,51 MeV (92%) va 1,17 MeV (8%), yarim yemirilish davri 30 yil. Yadro 
qurollarining portlash, yadro enegetikasi korxonalarining , atom suv osti 
kemalarining ishlashida
137
Cs ning atmosferaga va suvlarga tushishi mumkin. 


452 
Natijada biologik zanjirlar orqali hayvonlar organizmiga tushadi. Stabil seziy 
odam va hayvonlar organizmida 1 g yumshoq to‟qimalar tarkibida 0,6 mg gacha 
miqdorda bo‟ladi. Seziy izotoplaridan kimyoviy tahlil o‟tkazishda, nurli 
terapiyada va sterializasiy qilishda foydalanishadi. Seziy izotoplari oshqozon-
ichaklarda 100% gacha shimiladi. Qonga o‟tgandan keyin seziy nisbatan tekis 
holda organlar va to‟qimalarga tarqaladi. 
137
Cs ning xronik ravishda tushishida 
organizmda ma‟lum darajagacha to‟planadi. Turli hayvonlar uchun seziyning 
to‟planish karraligi har xil: sichqonlarda - 3, kalamushlarda - 17, quyonlarda - 
23, itlarda-30. 
137
Cs organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Bir oy ichida 
organizmga tushgan seziyning 80% chiqib ketadi. 
Seziy izotoplari organizmga kuchli ta‟sir etadi. Kalamushlar terisi ostiga 
kiritilgan 
137
Cs ning dozasi 60 Zv ga yetganida ularda holsizlanish, ishtahaning 
yo‟qolishi, qonli ich ketish, burnidan qon ketish kuzatilgan. Qon tarkibida 
limfositlar, neytrofillar miqdori kamaygan, shartli reflekslar susaygan. Itlarda 
seziy bilan zararlanishda o‟pka, oshqozon-ichak trakti va teri ostida qon 
quyilishlar ro‟y bergan. 
Chernobil AES dagi avariya natijasida atmosferaga chiqqan va so‟ngra 
Yerga tusgan 
137
Cs ning umumiy miqdori taxminan 3,7 10
16
Bk ga teng. Mol 
go‟shtida 
137
Cs ning miqdori 3,7 10
4
Bk/kg gacha yetgan. Hozirgi kungacha 
avariyadan zararlangan xududlarda 
137
Cs asosiy nurlantiruvchi modda bo‟lib 
qolmoqda. 
Organizmda 
137
Cs ni aniqlash uchun tanadan 


nurlanish, axlat va 
siydikda 




,
nurlanishni dozimetrlar yordamida o‟lchashadi. 
137
Cs bilan 
zararlanishning oldini olish uchun individual himoya vositalaridan foydalanish 
va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish kerak. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish