§14.4. Ionlanuvchi nurlanishdan himoyalanish
453
Radiasion himoyalanishning uchta turi: vaqtdan, masofadan va material
bilan himoyalanish mavjud.
Vaqt qancha ko‟p bo‟lib, masofa qanchalik kam bo‟lsa ekspozision doza
shunchalik katta bo‟ladi. Material bilan himoyalanishda nur turiga bog‟liq. Alfa
nurlanishdan himoyalanish sodda bo‟lib, bir varaq qog‟oz yetarlidir. Ammo
nafas yo‟li va ovqat orqali ham nurlanish mumkin.
Betta nuridan himoyalanish uchun bir necha sm qalinlikdagi alyuminiy,
plestiglas yoki shisha plastinka yetarli.
Neytral nurlanishlar hisoblangan rentgen va gamma nurlanishlarda
himoyalanish murakkabdir. Bulardan ham qiyini neytronlardan himoyalanishdir.
Kosmik nurlar 92,9% protonlar, 6,3% alfa zarrachalardan iborat. Birlamchi
kosmik nur energiyasi 10
9
eV, Yerga yetib kelganda quvvati 1,5
GVt bo‟ladi.
Ma‟lumki, uran yoki plutoniy yadrosining bo‟linishidan juda katta miqdorda
energiya ajralib chiqadi. 1 gramm uran-238 yelementining parchalanishida: 2
3000 000 kVt soat issiqlik energiyasi ajralib chiqadi yoki 1 kg uran-238
yelementi energiyasi 2500 000 kg toshko‟mirni, 2000000 kg benzinni,
25000000 kg trinitrotoluolni portlagandagi energiyasiga teng.
Bu keltirilgan ma‟lumotlardan ko‟rinib turibdiki, atom energiyasidan
energetik resurs sifatida foydalanish nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi
vaqtda butun dunyoda 100 dan ortiq atom elektr stansiyalari bo‟lib, ularning
umumiy quvvati bir necha million kilovattdir.
Hozirgi zamon fani va texnikasi atom energiyasidan foydalanishning turli
usullarini ishlab chiqmoqda. Keyingi yillarda atom energiyasidan foydalanish
usullari tibbiyotda, veterinariyada va texnikaning turli sohalariga qo‟llanilishi
ikkita masalani ko‟ndalang qilib qo‟ydi. Birinchidan, atom nurlari bilan bevosita
shug‟ullanuvchilar xavfsizligini ta‟minlash bo‟lsa, ikkinchidan butun Yer
yuzidagi insoniyatni yoppasiga qirg‟in atom qurollari zarbidan saqlashdir.
Shuning uchun ham Yer yuzidagi butun progressiv insoniyat atom,
vodorod va neytron bombalari ishlab chiqarishning to‟xtatilishi va mavjudlarini
ham yo‟q qilib tashlashni talab etmoqdalar.
454
Yadro bombalarining portlatilishi va atom energiyasidan tinchlik
maqsadlarida foydalanish ma‟lum bir darajada atmosferadagi radioaktivlik
fonini oshishiga olib kelmoqda. Agarda hamma joyda atom va vodorod
bombalari portlash to‟xtatilganda ham faqatgina tinchlik maqsadlaridagi
qo‟llanilayotgan atom energetik qurilmalaridan ruxsat etilgan me‟yorda
radiasiya miqdori bo‟lsada baribir oz miqdorda atrof-muhitga radioaktiv
ifloslanish bo‟lishi mumkin. Demak, radioaktiv ifloslanish atom ta‟sirining
majburiy faktoridir. Shuning uchun ham atrof-muhitni doimiy ravishda kontrol
qilib turish kerak. Radioaktiv moddalar bilan ifloslanish haqida aholi o‟rtasida
tushuntirish ishlari olib borilishi kerak. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini
yehtiyotkorlik bilan radioaktiv ifloslanishdan saqlash kerak. Atom nurlaridan
tinchlik maqsadlarida foydalanishda radiasiya xavfsizligidan saqlash uchun
maxsus xizmatchilar mavjuddir. Masalan, atmosferaning, dengizlarning,
daryolarning va havoning radioaktiv ifloslanishini biofizik radiologlar nazorat
qilib turish kerak. Aholi yashaydigan punktlarni radioaktiv ifloslanishdan
saqlash vazifasi radiologlarga topshirilgan.
Yuqoridagi keltirilgan tashkilotlar nazorat qilish bilan birga radioaktiv
ifloslanishni kamaytirish masalalari ustida ham ishlaydilar. Radiasion
xavfsizlikning oldini olish uchun tabiiy radioaktiv fonini aniqlashimiz kerak.
Tabiiy radioaktivlik foniga kosmik nurlar, tuproqdagi tabiiy radioaktiv nurlar
kiradi. Hozirgi vaqtda kosmik nurlanishga asosan yuqori atmosfera qatlamiga
dunyo fazosidan kelib tushadigan protonlar 79%, alfa zarrachalar 20%, uglerod,
azot va kislorod yadrosidan tushadigani 0,7% va atom yadrosining nomerlari 10
dan oshiq bo‟lganlari kiradi. Birinchidan, kosmik nurlanish zarrachasining
energiyasi 10
20
eV gacha yetadi. Birinchi kosmik nurlanish atmosferaning atom
yadrolari bilan o‟zaro to‟qnashib hammasi protonlar, elektronlar, mezonlar va
neytronlar hosil qiladi. Dengiz yuzasi balandligida kosmik nurlanish asosan 80%
mezonlardan, 20% elektronlardan tashkil topadi. Faqatgina 0,05% protonlar
dengiz yuzasi balandligiga yetib keladi. Kosmik nurlanish geografik kenglikka
va balandlikka bog‟liq bo‟ladi. Masalan, dengiz yuzasidan 300 metr balandlikda
455
ancha ko‟proq bo‟ladi. Tabiiy radionuklidlardan asosan to‟rtta radioaktiv
nuklidlar mavjuddir.
Dinamik jarayonlar yordamida biosferada doimiy ravishda modda
almashinuvi natijasida radioaktiv moddalar oilasining muvozanati buzilib turadi.
Ma‟lum bo‟lishicha, N va C
14
biosferada, ya‟ni vodorod bombasining
portlashigacha 15000 yil davomida radionuklidlar miqdori doimiy bo‟lib turgan.
Ma‟lumki Yer sharining uran va toriy konlari bor ayrim nuqtalarida
radionuklidlar
ko‟proqdir.
Masalan:
Braziliyada
vulkanik
jinslarda
radioaktivlikning quvvati 12 rad yiliga, Hindistonning ayrim yerlari qum
tarkibida aholi yashaydigan joylarda radioaktiv nurlanish 0,2-2,6 rad yiliga
ekanligi aniqlangan.
Radionuklidlarning manbalari va tarqalishi bilan radioekologiya fani
shug‟ullanadi. Radioekologiya fani asosan radionuklidlarni har xil Yer
zonalarida migrasion mexanizmi bilan shug‟ullanadi.
O‟simliklar radioaktiv uglerodni atmosferadan oladi. Ko‟pincha
atmosferadan yog‟ingarchilik bilan tushadigan radionuklidlarni o‟simliklar
o‟ziga singdirib oladi. Chorvachilikdagi asosiy radioaktiv zararlanish ham
oziqaviy o‟simliklarda bo‟lgan radioaktiv nuklidlar sabablidir. Eng xavfli
radioaktiv ifloslanish bu reaktorlarda og‟ir yadroning bo‟linishidan hosil
bo‟ladigan mahsulotlardir. Hozirgi vaqtda asosiy e‟tibor odamning ichki
organlarida to‟planib qoladigan va uzoq yashovchi stronsiy-90 va seziy-137
bo‟lib, radiasiyaga eng sezgir ichki organlarni nurlantiradi. Odamning ichki
organlariga, tuproq – o‟simlik – odam yoki tuproq-o‟simlik –hayvon – odam
zanjir orqali insonning ichki organlarga radionuklidlar joylashib oladi.
Ma‟lumki qishloq xo‟jalik radiologlari radioaktiv ifloslanishni kamaytirish
choralarini ham ko‟radi. Ya‟ni tuproq ekinlari, hosillarini dezaktivasiya qilish
bilan ham shug‟ullanadi.
Agar ifloslanish aktivligi Yer yuzida 10
-3
Ki ga ortiq bo‟lsa, bu holatda
aktivlik 10
-4
Ki bo‟lganga qadar dala ishini to‟xtatib turish kerak. Agar o‟rtacha
456
radioaktivlik ifloslanish darajasi 10
-4
, 10
-3
Ki bo‟lsa, tuproqning radioaktivligini
tushirish choralarini ko‟rish kerak.
Qishloq xo‟jalik ekinlarining yoki dalaning radioaktivlik bilan
ifloslanishini kamaytirish muammolari hozircha shartli bo‟lib meliorativ va
gidrotexnik metodlardan foydalaniladi. Meliorativ usul yordamida yerning ustki
qismida buldozerlar bilan tuproq to‟planadi. Bu to‟plangan tuproqning aktivligi
tushguncha saqlanadi. Agar kichik lokal uchastkalar radioaktiv ifloslangan
bo‟lsa, u holda butun iflos tuproq karerlarga tashlanadi.
Tuproqning ustki qismini olish metodi kelgusi hosilga zarar keltiradi, ya‟ni
ko‟p mineral o‟g‟it solish kerak bo‟ladi. Gidromeliorasiya usulida esa tuproq
asosan suv bilan yuviladi, yomg‟ir yog‟diruvchi apparatlar bilan esa qum tuproq
yerlarda amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina gidromeliorativ inshootlar bor
joyda amalga oshirilishi mumkin. Radioaktivlikni kamaytirishning kimyoviy
meliorasiya usullari ham mavjuddir. Kimyoviy meliorasiya usullaridan biri
tuproqning tarkibiga kimyoviy reagentlar (kislota, tuzlar, komplekslar) yuborish
bilan yeritib radionuklidlarni adsorbsiya qilish radioaktivlik bilan ifloslangan
maydonlarda amalga oshirish kerak. Agrotexnik usullardan radioaktivlik bilan
ifloslangan o‟simlik maydonlarini chopiq, kultivasiya, suvlash, mineral o‟g‟it
berish yo‟li bilan o‟simliklarni radionuklidlardan oziqlanishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |