E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


§ 14.5. Radiasion xavfsizlikni ta’minlash



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160
 
§ 14.5. Radiasion xavfsizlikni ta’minlash 
 
O‟zbekistonda radiasion xavfsizlikni ta‟minlashning davlat nazorati 2000 
yil 31 avgustida qabul qilingan N120-II sonli “Radiasion xavfsizlik haqida” 
qonunga muvofiq amalga oshiriladi. O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2011 yil 24 avgustidagi N242 sonli “O‟zbekiston Respublikasi 
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini 
yanada takomillashtirish to‟g‟risida” qarorining 3-ilovasida Sog‟liqni saqlash 
vazirligiga atrof tabiiy muhitning radioaktiv, kimyoviy, zaharli moddalar va 
bakterial vositalar bilan ifloalanishni nazorat qilishni tashkil etish, Qishloq va 


457 
suv xo‟jaligi Vazirligiga qishloq xo‟jalik ekinzorlarining radioaktiv zaharli 
moddalar bilan ifloslanishini nazorat qilish, Davlat geologiya va mineral 
resurslar qo‟mitasiga Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa 
zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish yuklatilgan. 
“O‟zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Sog‟liqni saqlash vazirligi 
bilan birgalikda oziq-ovqat va suvlarning radioaktiv moddalar, og‟ir metallar, 
nitratlar va pestisidlar bilan yo‟l qo‟yilishi mumkin bo‟lgan konsentrasiyalarning 
belgilangan darajasidan ortiqcha ifloslanishini nazorat qilishni amalga oshirish, 
mahsulotlar va boshqa tovarlarni zararlantirish, texnologik qayta ishlash yoki 
zararlantirib bo‟lmaydigan turlarni yo‟q qilish topshirilgan.
O‟simliklarni himoya qilish va agrokimyo nazorati xizzmatiga qishloq 
xo‟jalik yerlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishi ustidan 
nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, ekinzorlar, yaylovlar hamda 
chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini zararsizlantirish vazifalari 
yuklangan. 
Ushbu nazoratni o‟tkazish chorvachilik va veterinariya obyektlarini 
radiasion nazoratini olib borish, radiasion himoya choralarini o‟tkazish va shu 
sohadagi ma‟lumotlarni tahlil etishni taqozo etadi. 
O‟zbekistonning “Radiasion xavfsizligi normalari va radiasion xavfsizlikni 
ta‟minlashning asosiy sanitariya qoidalari haqida” 2006 yildagi qarorida 
aholining individual effektiv nurlanish dozasi yiliga 5 mZv dan oshmasligi 
belgilangan. 
Radiasion xavfsizlik normalari (RHN-2006) nafas olish va hazm qilish 
organlari orqali organizmga yil davomida tushishi mumkin bo‟lgan 
radionuklidlarning 
chegara 
miqdorlari, 
hamda 
atmosfera 
va 
suvda 
radionuklidlarning mumkin bo‟lgan konsentrasiyalari ko‟rsatilgan . 
Ushbu qarorda oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga qo‟yiladigan 
gigiyenik talablarda radionuklidlarning chegara qiymatlari berilgan (14.5-
jadval). Agar oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi nurlanishining effektiv 
dozasi 5 mZv bo‟lsa, uni iste‟mol qilish chegaralanadi. 


458 
14.5-jadval 
Radiasion ifloslashgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste‟mol qilishni cheklash 
mezonlari 
Radionuklidlar 
Radionuklidning oziq-ovqat mahsulotlarida solishtirma 
aktivligi, kBk/kg 
A daraja 
B daraja 
Cs
Cs
I
137
134
131
,
,

10 
Sr
90
0,1 
1,0 
Am
Pu
Pu
241
239
238
,
,
0,01 
0,1 
Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo‟jaligi 
tashkilotining Mahsulotlar sifatini boshqarish Komissiyasi (Codex Alimentarius 
Comission) va Jahon sog‟liqni saqlash tashkiloti tomonidan oziq-ovqat 
mahsulotlarini xalqaro savdosi uchun radionuklidlar miqdori normativlari qabul 
qilingan. 
O‟zbekiston qishloq xo‟jaligi tomonidan yetishtirilayotgan xom-ashyo va 
oziq-ovqat mahsulotlari jahonning ko‟p mamlakatlariga eksport qilinayotganligi 
uchun sanitariya normalariga amal qilishni qattiq nazoratga olinishi zarur. 
Davlat radiasion havfsizlik nazoratining vazifalariga quyidagilar kiradi: 

Chorvachilikda radiasion vaziyatni baholash, obyektlar va hayvonlarning 
radiasion ifloslanishini nazorat qilish; 

Radioaktiv ifloslangan xududlarda hayvonlarni tekshirish, dispanserlash, 
radiasion xavfsizlik me‟yorlariga javob bermaydigan hayvonlar va qishloq 
xo‟jalik mahsulotlarini yo‟q qilish; 

Hayvonlarni profilaktik, diagnostik, davolash muolajalarini, obyektlar 
dezaktivaziyasini o‟tkazish; 

Chorvachilik va qishloq xo‟jalik o‟simliklari mahsulotlarini sanitariya 
ekspertizasi; 


459 

Radiasion xavfsizlik talablariga mos ravishda qishloq xo‟jalik hayvonlari 
sog‟ligini saqlashga qaratilgan veterinariya tadbirlarni tashkil etish; 

Qishloq xo‟jalik hayvonlari radiasion xavfsizligi qoidalari va me‟yorlarini 
ishlab chiqish; 

Radiasiyaga qarshi veterinariya tadbirlarining bajarilishini nazorat qilish. 
Qishloq xo‟jalik mahsulotlarida radioaktiv moddalar borligining sanitariya 
nazorati rejali davriy, rejali sistematik, rejadan tashqari operativ va yalpi tarzda 
o‟tkaziladi. 
Davlat veterinariya nazorati tashkilotlari o‟tkazadigan radiologik 
tadqiqotlari va ular tomonidan aniqlanadigan radionuklidlar to‟plami radiasion 
vaziyatga, va ularga qo‟yilgan vazifalarga bog‟liq. 
Radiasion ifloslanish ro‟y bergan hollarda sanitar nazoratining birinchi 
navbatdagi vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: 

atrof muhitning radioaktiv ifloslanishi turi, fizik-kimyoviy holati va 
taqsimoti xarakterini aniqlash; 

qishloq xo‟jalik hayvonlari fiziologik holati va ular organizmiga tashqi va 
ichki nurlanishning dozasini baholash; 

qishloq xo‟jalik mahsulotlari, yem-xashak va hayvonlardan foydalanish 
yo‟llarini aniqlash; 

qishloq xo‟jalik mahsulotlari, yem-xashak va hayvonlarga halokat natijasi 
mahsulotlarining to‟g‟ridan-to‟g‟ri tushishini oldini olish; 

me‟yoriy toza mahsulotlar olinish imkoniyatlarini aniqlash; 

chorvachilikni qayta o‟zgartirish, podalar strukturasini o‟zgartirish 
zarurligini aniqlash; 

uzoq 
muddatlarga 
mo‟ljallangan veterinar tadbirlarni o‟tkazish 
ehtimoliyatini baholash. 
Chorvachilik mahsulotlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi 
darajasi uning fizik-kimyoviy xossalariga, hayvonlar organizmidagi metabolizm 
xususiyatlariga bog‟liq. Hayvonlar radiasion xavfsizligini ta‟minlash –ularga 
berilayotgan yem-xashak, suvning sifatiga bog‟liq. 


460 
Chorvachilik mahsulotlarida radionuklidlar borligi quyidagi formula bilan 
aniqlanadi: 
A

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish