E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160
 
millivoltdir.
 
Lekin
 
ba‟zi akula va qiltiqli baliqlarda bir necha yuz voltga yetishi mumkin. 
Ugri, skat kabi elektr baliqlarning borligi qadimdan ma‟lum edi.
Aniqlanishicha 300 turga yaqin baliqlarda elektr organlari mavjud ekan. 
Ko‟plari bu elektr razryadidan dushmaniga hamla qilishda ishlatsa, ko‟plar 
okean tubida lokasiya uchun ishlatadi. Baliqlarning asosiy elektr organi, bu 
plastinka shaklidagi muskul to‟qimalaridir. Masalan, ugrida bu plastinka 
qalinligi 10 mkm uzunligi 10 mm atrofida bo‟ladi. Bitta plastinka kuchlanishi 
kichik, lekin ular ketma – ket ulanib oshiriladi. Masalan, Janubiy Amerika 
suvlarida yashovchi ugrida 8000 tagacha plastinka bo‟lib, kuchlanishi 500 
voltgacha yetishi mumkin. Suvning o‟tkazuvchanligi katta bo‟lganligi sababli, 
bu baliq o‟z zaryadi bilan Ot yoki sigirni o‟ldirishi mumkin.
Biopotensialni o‟lchash uchun mikroelektrodlar kerak. Agarda organning 
hamma hujayralari bir vaqtda uyg‟onsa uni bevosita usul bilan o‟lchash 
mumkin. Bunday organlarga yurak, muskullar, miyalar kiradi.
Tibbiyot va veterinariyada yurak biopotensiali (EKG) to‟qimalar 
biopotensiali 
(EMG–elektromiografiya), 
miya 
biopotensial 
EEG 
(elektroensafalografiya)da keng qo‟llaniladi. Biopotensialni o‟lchash uchun 
kerakli organga elektrodlarni qo‟yish bilan aniqlanadi. Lekin klinik amaliyotda 
hayvon va odam tanasi sirtida hosil bo‟ladigan kuchlanishni o‟lchash yordamida 
aniqlanadi.
Veterinariyada muskullar aktivligini tekshirish muhim rol o‟ynaydi. 
Masalan, oshqozon va ichaklardagi hosil bo‟ladigan biopotensiallarni o‟lchash.


251 
§ 7.7. Biologik tizimlarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok 
 
Elektr toki deb zaryadlangan zarrachalarning tashqi maydon ta‟sirida bir 
tomonga tartibli harakatiga aytiladi. Bunday zarrachalarga elektronlar, musbat 
va manfiy ionlar kiradi.
Elektron o‟tkazuvchanlik metallarga xos bo‟lsa, eritmalar uchun ionli 
o‟tkazuvchanlik xarakterlidir. Real holda esa har qanday o‟tkazuvchanlikda 
ionlar ham, elektronlar ham qatnashishi mumkin.
Biologik tizimlarda sof elektron o‟tkazuvchanlik bo‟lmaydi. Chunki ular yo 
dielektrik yoki elektrolitlar eritmasidan iborat bo‟ladi. Masalan, qon, qon 
plazmasi, to‟qima suyuqliklari shularga kiradi. Qon plazmasi tarkibida 0,32% 
osh tuzi va boshqa tuzlar, 6 – 7% oqsil bor. Bunday ko‟plab erkin ionlarga ega 
bo‟lgan tizim solishtirma qarshiligi kichik bo‟lishi kerak, lekin sitoplazmaning 
o‟zgarmas tokka solishtirma qarshiligi katta, ya‟ni 
3
1

om.m. ko‟plab to‟qimalar 
solishtirma qarshiligi 


100
10
kom.m atrofida bo‟ladi. Bunga sabab sitoplazma 
tarkibiga elektrolitlardan tashqari yog‟lar va oqsillar ham bo‟lib, hujayradagi 
membrana ham elektr xossalarga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Turli to‟qimalar 
solishtirma qarshiligi turlichadir. Tirik obyektlarda elektr o‟lchashlar olib borish 
ancha murakkab, chunki vaqt o‟tishi bilan organizm fizik o‟lchamlari o‟zgarib 
turadi. Ularning o‟zgarishiga undan tok o‟tishi ham, fiziologik jarayonlar ham 
sabab bo‟lishi mumkin.
Organizmdagi alohida to‟qimalarda o‟lchashlar olib borishda o‟tkazuv-
chanlikning ion xarakterda ekanini e‟tiborga olish zarur va ularda doimiy 
namlikni ta‟minlash zarur. Buning uchun to‟qima maxsus nam kameraga 
joylashtiriladi. Lekin bu holda hosil bo‟ladigan yuza namligi hajmiy qarshilik 
bilan shuntlanganligi
sababli natija noto‟g‟ri bo‟lishi mumkin. Shuni unutmaslik 
kerakki, har bir keyingi o‟lchash oldingi o‟lchash natijasiga ta‟sir qilishi 
mumkin, shu sababli keyingi o‟lchashlarda olingan natijalar tajriba qiymatlariga 
mos kelmasligi mumkin. Alohida hujayra elektr parametrlari o‟lchash bundan 


252 
ham murakkabdir. Hujayraga mikroelementni qo‟yish unga ma‟lum ta‟sir 
ko‟rsatadi va natijada uning elektr o‟tkazuvchanligi o‟zgaradi.
Doimiy tok o‟tishida sitoplazmada dissosiasiya yuz beradi va u ancha katta 
bo‟lsa hujayraning halokatiga olib keladi. Shu sababli hujayra yoki tirik 
organizm elektr o‟tkazuvchanligini o‟lchashda kichik toklardan foydalanish 
tavsiya qilinadi, lekin bu holda aniqlik darajasi kamayadi.
Ba‟zi to‟qimalarning solishtirma elektr qarshiligi quyidagi jadvalda 
keltirilgan.
7.2-jadval 
№ 
Modda 

Modda 


Miya suyuqligi 
0,55 
Yog‟ to‟qimasi 
33 

Qon plazmasi 
0,71 
Quruq teri 
10


Qon 
1,7 
Suyak 
10


Muskullar 
2,0 
Kimyoviy toza suv 
10


Jigar 
3,3 
Kumush 
8
10
6
,
1



Miya 
14 
yantar 
10
18 
Aktiv, induktiv va sig‟im qarshilikka ega bo‟lgan zanjirdan o‟zgaruvchan 
tok o‟tganda tok kuchi va kuchlanish orasidagi bog‟lanish Om qonuni orqali 
ifodalanadi, ya‟ni

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish