E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya


§ 7.8 Veterinariya tibbiyotida elektr tokidan foydalanish



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160
 
§ 7.8 Veterinariya tibbiyotida elektr tokidan foydalanish 
 
Keyinga vaqtlarda tibbiyot va veterinariya tibbiyotida elektr toki 
yordamida tashxis qilish va davolash keng qo‟llanilmoqda. Shu sababli elektr 
tokining qanday qiymati xavfsiz ekanini bilishning ahamiyati kattadir. Elektr 
toki hayvonga ta‟sir qilganda asosan nerv tizimi ishdan chiqadi va natijada nafas 
olishning va yurak faoliyatining to‟xtashiga sabab bo‟ladi. Odam miyasida qon 
aylanishining ham buzilishiga olib keladi.
Yurakning ritmik ishi yurak oldi zonasida joylashgan sinuslar tugunida 
boshqariladi. Bu tugunda hosil bo‟ladigan potensial oldin yurak oldi qismining 
va so‟ng (odamda 0,1s) qorinchada qisqarishga olib keladi. Bu kechikish 


256 
yurakning qisqarishidan oldin yurak oldining qonni yurakchalarga o‟tkazishiga 
olib keladi. Potensial impulsi yurakcha sirtlari orqali yurakka qaytadi. 
Sinusoidal tugundan keyingi impuls chiqqan yurakchani qisqartirguncha 0,8 
sekund vaqt o‟tadi. Shunday qilib, yurak o‟z-o‟zidan uyg‟onuvchi rejimda 
ishlaydi. Agarda tashqi manbadan kelayotgan tok yurak orqali o‟tsa u muskul 
tolalarini uyg‟otadi va ta‟sir potensiali yurak orqali hamma yo‟nalish bo‟ylab 
tarqaladi va yurakchaning boshqarilmaydigan qisqarishiga olib keladi. U boshqa 
sabablar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin: xirurgik operatsiya vaqtida, sovuq 
suvga birdan tushishda, zaharlanganda va boshqalar.
O‟z-o‟zidan boshlangan jarayon uni hosil qiluvchi ta‟sir olingandan so‟ng 
ham davom etishi mumkin. 1 – 2 minut davomida qon olmagan yurak muskul-
lari zaiflashadi va muskullarning normal siqilishi to‟xtaydi va u yomon 
oqibatlarga olib keladi. Lekin yurakning bunday tartibsiz ish jarayonini 
to‟xtatish mumkin. Buning uchun unga qisqa vaqt davomida yo‟nalgan katta tok 
impulsi beriladi.
Bu tok impulsi ta‟sirida yurak muskullari birdaniga qisqaradi va impuls 
berish to‟xtatilgandan so‟ng muskullar bir vaqtda bo‟shashadi. Bunda sinus 
tuguni yurakning hamma muskul tolalarini o‟ziga bo‟ysundiradi va yurakning 
ritmik ishlashi tiklanadi. Bu holatda tok kuchi 1Adan kam bo‟lmasligi kerak, 
chunki undan kam tokda hamma muskul tolalari birdaniga ritmik qisqarmasligi 
mumkin. Shu sababli kuchlanishi 220 V bo‟lgan tok o‟limga olib keladi, chunki 
bu holda yurak muskulidan 0,1 – 0,2 A tok o‟tadi va u fibrilyasiyaga
sabab 
bo‟ladi. Yuqori kuchlanishli toklarda esa kuchli kuyish yuzaga keltiradi, ammo 
birdaniga o‟limga olib kelmaydi va yurak muskullarini qisqa vaqtda qisqarishiga 
olib keladi va u yana o‟z holatiga qaytadi. Hozirgi vaqtda defibrilyatorlar yurak 
holatini yaxshilashda, patologik tug‟ishlarda bachadonni defibrilyasiya qilishda 
ishlatiladi. Elektrodlar ko‟krak va orqaga qo‟yilgan, unga 10A tok va bir necha 
kilovolt kuchlanish yuboriladi.
Fibrilyasiyani yuzaga keltira olmaydigan kichik toklar nafas organlarini 
nazorat qiluvchi nerv markazlarini ishdan chiqarishi mumkin. Hayvon tanasidan 


257 
o‟tuvchi tok kuchi qo‟yilgan kuchlanish va elektr qarshiligiga bog‟liq. Tana 
qarshiligi ko‟plab faktorlarga bog‟liq: elektrodlarning qo‟yilishiga, teri holatiga. 
Nerv tizimida uncha katta bo‟lmagan kuchlanish ham sutni ajratuvchi 
reflekslarni to‟xtatishi mumkin. Xavfsiz chegaradan yuqori bo‟lmagan toklar 
yordamida mollarni boqish uchun ajratilgan maydonlarni chegaralashda ham 
ishlatiladi. Bu holda 5 – 12kV kuchlanish to‟siqlarga beriladi va agar mollar 
unga tegsa unda seskanish hosil qiladi. Bu usuldan ekin maydonlarni yovvoyi 
hayvonlar, g‟ozlardan himoya qilishda ham ishlatiladi. Tokning ta‟sir vaqti 10 
millisekunddan kichik bo‟lishi kerak. Generatordan 5 millisekund davom 
etuvchi kuchlanish beriladi. Ikki impuls orasidagi vaqt 1 sekundga teng. Bu 
holda hayvonga ta‟sir etuvchi tok 100 mA dan oshmaydi. 10 – 15 marta 
hayvonga tok ta‟sir qilsa, unda tokli o‟tkazgichga yaqinlashganda qo‟rqish hissi 
uyg‟onadi va u tok o‟tkazgichga yaqinlashmaydi.
Sinusoidal yoki impulsli tok yordamida og‟riqni qoldirish (elektronarkoz) 
keng qo‟llanilmoqda. Umumiy og‟riq qoldirish uchun ignali elektroddan 
foydalaniladi. Uni hayvon boshi orqa tomoniga qo‟yiladi. Unga sinusoidal yoki 
impulsli kuchlanish beriladi. Qoramollar uchun chastotasi 1 kGs tok kuchi 10 – 
15 mA bo‟lganda yaxshi natija olishi mumkin.
Elektronarkoz yordamida hayvonlarda turli xil operasiyalarni qilish 
mumkin. Oddiy narkozdan farqi bu holda aniq dozirovka, tez bajarish, boshqa 
effektlarning yo‟qligidir.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish