E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160
m
Vt

ga tengdir. Oxirgi 
vaqtlarda texnikaning rivoji, bu maydonning oshishiga olib keldi. 
Hayvonlar bilan o‟tkazilgan tajribalar shuni ko‟rsatadiki, barcha jonivorlar 
shu jumladan odamning ham ko‟p organlariga elektromagnit maydon ta‟sir qilar 
ekan. Elektromagnit maydon bioobyekt bilan ta‟sirlashganda u asosan 
organizmni isitadi. Chastota 10 MGs atrofida bo‟lganda hamma to‟qimalarni 
o‟tkazgich deb olish mumkin. UYuCh va O‟YuCh to‟lqinlarda to‟qimalarni 
o‟tkazgich deb olib bo‟lmaydi. Elektromagnit maydon to‟qimaga yarim to‟lqin 
uzunlikgacha masofaga kirishi mumkin.
To‟qimada ajraladigan issiqlik miqdori to‟qimaning elektr kattaliklariga, 
chastotaga, intensivlikka bog‟liqdir. Elektromagnit maydon odamda yurak 
faoliyati ish rejimining buzilishi qon bosimi oshishiga, modda almashinuvi 
buzilishiga, ko‟rish qobiliyatining pasayishiga, eshitish qobiliyatining 
pasayishiga olib kelishi mumkin.
Hayvonlarda emosional holatining o‟zgarishiga, ya‟ni o‟ta agressiv yoki 
charchagandek hollarga olib kelishi mumkin. Tirik organizm tabiiy 
elektromagnit maydonidan qo‟shimcha ma‟lumotlar olish mumkin. Odam, 
qurbaqa, hashoratlardagi xususiy elektromagnit maydonlarni o‟lchashga imkon 
bo‟ldi. Masalan, asalari 300 Gs chastotali tok impulsi hosil qiladi va unda 10 sm 
masofada uning qiymati 10 

V/m ga teng ekan. Tashqi va xususiy eletromagnit 
maydonlarning o‟zaro ta‟siri baliqlar to‟planishi, qushlar va hashorotlar 
migratsiyasiga ham ta‟sir qiladi.
Elektroterapiya. 
Elektromagnit maydondan terapiya va jarrohlik 
amaliyotida foydalanishda ularning chastotasi va intensivligi muhim ahamiyatga 
egadir. Darsenvalizatsiya
 
deb chastotasi 200 – 500 kGs, kuchlanishi 20 kV, tok 
kuchi 15 – 20 mA bo‟lgan impulsli toklar bilan davolash usuliga aytiladi.
Bu usulni 1892 yilda fransuz fizigi va fiziologi J.A.D.Arsonval taklif 
qilgan. Veterinariyada uzunligi 100 mikrosekund vaqt oralig‟ida 0,02 sekund 


275 
impuls hosil qiladigan Iskra-1 va «Ultraton» apparatlari ishlatiladi. Impuls 
generatordan hayvonga maxsus vakuum shisha quvurlar yordamida uzatiladi. 
Tok kuchi kichik bo‟lgani sababli darsenvalizasiya vaqtida to‟qimalarning isishi 
unchalik sezilarli bo‟lmaydi. Qutblanuvchanlik sababli hujayra membranasida 
ancha sezilarli o‟zgarishlar bo‟lishi mumkin.
Bu usulning asosida tok ta‟sirida reflektiv hodisalar yuz berishi yotadi. 
Mahalliy darsenvalizatsiya vaqtida – retseptorlarni kichik uchqunlar bilan 
uyg‟otiladi. Buning natijasida ichki organlarning unga reaksiyasi kuzatiladi. 
Elektrod ta‟siri zonasida arterial kapillyar tomirlar kengayadi va qonning 
aylanishi tezlashadi. Mahalliy darsenvalizatsiya yara va lat yegan joylarning 
bitishini tezlashtiradi, og‟riqni kamaytiradi. Umumiy darsenvalizasiyada hayvon 
yuqori chastotali generatorga ulangan to‟r ichiga joylashtiriladi. Bu to‟r 
solenoidga o‟xshash magnit maydon impulslarini hosil qiladi. Hayvon tanasida 
impuls toklari yuzaga keladi. Bu usuldan itlardagi o‟lat kasalligidan keyingi 
diasez vaqtida, ekzemadan davolashda qo‟llaniladi.
Diatermiya deb to‟qimaning ichki qismlarini endogen issiqlik bilan isitish 
usuliga aytiladi. Bu usulda chastotasi 1 – 1,5 MGs, kuchlanishi 200 – 250 V va 
tok kuchi 1-3 A bo‟lgan toklar yordamida tananing aniq bir qismi isitiladi. 
Diatermiyada biror to‟qima haroratini 2 – 5
0
C gacha isitish mumkin. 
Hayvon tanasiga mexanik elektrod o‟rnatiladi va bu elektrod harorati tok 
o‟tganda o‟zgarmaydi. Hayvon tanasidagi ajraladigan issiqlik miqdori tok kuchi 
kvadratiga to‟g‟ri proporsionaldir. Solishtirma qarshilikka qarab issiqlik qon, 
muskullar, jigar, quruq teri, o‟pka, yog‟ to‟qimalari, suyakda ajralib chiqadi. 
Ichki organlarga qaraganda terida ko‟proq isiydi. Ana shu diatermiyaning 
kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Terining ko‟proq isishi, ya‟ni elektrod ostida 
tok zichligi ko‟proq bo‟ladi, chunki ichkariga kirgandan so‟ng tok tarmoqlanadi. 
Bu tarmoqlanish ham bir jinsli bo‟lmaydi, chunki tananing turli qismlari 
solishtirma qarshiligi turlichadir. Eng kam qarshilik qonda bo‟lgani uchun 
diatermiyada elektrodlarni qon tomirlariga perpendikulyar joylashtirgan 
ma‟quldir. Diatermiyada fiziologik effektning mohiyati shundaki, tana ichki 


276 
qismlari harorati oshadi va u tashqi manba uzilgandan keyin ham bir necha soat 
saqlanib turadi. Diatermiyada qon harakati oshadi va biokimyoviy 
reaksiyalarning aktivlashuviga olib keladi. Veterinariyada diatermiyadan nafas 
organlarini, nefritlarni, artritlarni, jigar kasalliklarni, jinsiy organlarini va 
boshqalarni davolashda qo‟llaniladi.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish