§ 7.12. Veterinariya terapiyasida magnit maydonning qo’llanilishi
Magnit maydonidan amalda ko‟p maqsadlarda foydalanadilar. Tibbiyotda
kuchli magnit maydoni yordamida ko‟zdagi temir buyumlarni jarrohliksiz
270
olishda ishlatiladi. Organizmning ko‟p qismi diamagnitdir. Organizmdagi ion va
molekulalar paramagnitdir. Organizmda ferromagnit zarrachalar yo‟q.
Organizmdagi
biotoklar
kuchsiz
magnit
maydoni
hosil
qiladi
(magnitokardiografiya).
Magnitobiologiya magnit maydonning organizmga ta‟sirini o‟rganadi.
Qonning xarakteristikasi magnit maydonida o‟zgarishi mumkin. Bunga sabab
molekulalarning magnit maydonda oriyentirlanishi, ionlarning Xoll effekti
tufayli siljishidir.
Yaxlit metallarda uyurmali toklar hosil bo‟ladi. Bunday toklar biologik
organlarda ham hosil bo‟lishi mumkin. Fizioterapiyada uyurmali toklar
yordamida terining ba‟zi qismlarini isitishda foydalanadilar (induktoterapiya).
Magnit maydoni yordamida qoramollar yutgan temir buyumlarni oshqo-
zondan olish mumkin.
7.27-rasm.
Yerning magnit maydoni.
Baland kengliklarda qutb yog‟dusining ko‟plab hosil bo‟lishi, yer magnit
maydonining ta‟siri bilan tushuntiriladi. Kosmosdan yerga uchib kelayotgan
zaryadli zarrachalar yerning magnit ta‟sir doirasiga tushadi va maydonning kuch
chiziqlari bo‟ylab, ularga «o‟ralgan» holda harakatlanadi. Yer magnit maydo-
nining konfigurasiyasi shundayki, zarralar yerga asosan qutb sohalarida
yaqinlashadi va erkin atmosferada yolqin razryad hosil qiladi. Rus olimi
Yer
271
Chijovskiy
ko‟plab biologik jarayonlarning davriy takrorlanishini aniqladi. Bu
esa quyosh aktivligi o‟zgarishi bilan bog‟liqdir. Hayvonlar va hashoratlar
populyatsiyasi, epidemiyalarning takrorlanishi, bir davrdan boshqa davrda
hayvonlarning ko‟chishi, inson va hayvon qon to‟qimasi tarkibining o‟zgarishi,
tug‟ilish va o‟lish, hattoki avtomobil halokatlari va travmatizmning o‟zgarishi
ham magnit bo‟ronlariga bog‟liq ekan. Magnitobiologik effektlar asosan
quyidagilardan iborat: 1. Doimiy magnit asosan tomirlarga, jigarga, o‟pkaga
ta‟sir qiladi. 2. Leykosit va eritrositlar ko‟payadi. 3. Miyaning elektr aktivligi
oshadi. 4. Hayvonlar harakatchanligi oshadi. Baliq va qushlarda
4
10
4000
Tl.
magnit maydonda to‟la harakati to‟xtaydi. Yerning o‟rtacha magnit maydoni
4
10
7
,
0
Tl.dan iboratdir.
Qonning turli tomirlardagi tezligini o‟lchash uchun maxsus elektromagnit
hisoblagich ixtiro qilingan. Bu qurilma zaryadlangan zarrachalarning magnit
maydonidagi harakatiga asoslangan. Qonda juda ko‟p zaryadli ionlar mavjud.
Masalan, qon plazmasida 145 mmol/l Na
+
ionlari, 125 mmol/l C
-
ionlari
mavjud.
Boshqa ionlar konsentratsiyasi ancha kam, faraz qilaylik ma‟lum miqdor
bir zaryadli ionlar arteriyada
tezlik bilan harakat qilayotgan bo‟lsin va u
magnit maydoniga joylashtirilsa, bu ionlar arteriyaning turli tomonlariga
harakatlanadi. Arteriyada U potensiallar farqi hosil bo‟ladi. U holda tezlik
Bd
U
(7.42)
Demak, qon harakati tezligini o‟lchash uchun potensiallar farqini bilish
zarur.
d
– qon tomiri diametri.
Erkin radikallar – molekula yoki molekulaning bir qismi bo‟lib, u
konpensasiyalanmagan elektron spinga ega.
Erkin radikalning magnit momenti mavjud, shu sababli to‟g‟ridan-to‟g‟ri
magnit kirituvchanlikni o‟lchash yo‟li bilan erkin radikalni aniqlash mumkin.
272
1944 yilda Zavoyskiy
elektron paramagnit rezonans usulini aniqladi. Bu usul
moddaning magnit xossasi bilan bog‟liq elektromagnit energiyaning yutilishiga,
ya‟ni elektron va atom yadrosi magnit xossalariga asoslangan. EPR yordamida
biologik tizimlarda erkin radikallarni aniqlash mumkin.
Silliq sirtli urug‟larni (beda, zig‟ir, yo‟ngichka) yovvoyi o‟tlarning g‟adur-
budur sirtli urug‟lardan tozalaydigan urug‟ tozalash magnit mashi-nasini ishlashi
ham ferromagnit xossalariga asoslangan. Bu urug‟lar aralashmasiga ferromagnit
kukunlar aralashtiriladi. Ular yovvoyi o‟t urug‟lari g‟adur-buduriga kirib qoladi
va elektromagnit barabaniga tortiladi.
Yerdagi hamma tirik jonzod kuchsiz statik elektr maydoni (SEM)
ta‟siridadir. Bu elektr maydoni yerdagi ortiqcha manfiy zaryadlar tomonidan
hosil qilinadi. Yer shari o‟tkazgich sifatida va atmosferaning yuqori
o‟tkazuvchan qismlari ionosfera musbat zaryadi toklardan iborat bo‟lib, sferik
kondensatorni hosil qiladi va elektr maydon kuch chiziqlari ionosferadan yerga
qarab yo‟nalgandir. Yer elektr maydoniga undagi o‟tkazuvchilarning hajm
bo‟ylab taqsimlanishi va atmosfera sharoitlari ta‟sir ko‟rsatadi. Yer sirtida
o‟rtacha maydon kuchlanganligi taxminan 150V/m. ga teng bo‟lib,
momaqaldiroq vaqti yuzlab marta oshadi.
XX-asrda yuqori kuchlanishli elektr liniyalarining ishga tushishi SEM
kuchlanganligini 5 – 20 kV/m gacha oshirdi. Shu sababli bu maydonning tirik
organizmga ta‟sirini o‟rganish muhimdir.
SEM yordamida ishlov berilgan urug‟lar o‟suvchanligi tezlashganligi
aniqlangan. XVII-asrda SEM yordamida davolash (franklinizasiya yoki statik
dush) usullari ixtiro qilingan. Ular qo‟llanilganda odam yoki hayvon 50kV
kuchlanishli elektrodlar orasiga joylashtiriladi. Bu usul asab va boshqa
kasalliklarni davolashda ishlatiladi, lekin hozirgacha bu maydonning tirik
organizmga qanday mexanizm orqali ta‟sir qilishi ma‟lum emas. Fizik nuqtai
nazardan olganda SEM to‟qima va molekulalar tarkibidagi hujayraning
qutublanishi bilan aniqlanadi, ya‟ni jism sirtida elektr zaryadlari paydo bo‟ladi
va o‟tkazuvchi qismlarda mikrotoklar hosil bo‟ladi. 10 kV/m dan yuqori bo‟lgan
273
kuchlanganlikda elektr maydon DNK molekulalardagi zanjirlarning uzulishiga
olib keladi va xromasomalarning ajralishiga sabab bo‟ladi.
Xuddi, SEM kabi yerdagi har bir jonzod doimiy magnit maydon (DMM)
ta‟sirida hamdir. Yerning magnit maydonining kelib chiqish sabablari aniq
bo‟lmasada, uning asosiy xarakteristikasi ma‟lumdir.
Geomagnit maydonning o‟rtacha qiymati taxminan
4
10
7
,
0
Tl ga teng.
Lekin, yerdagi ayrim anomaliyalar tufayli ba‟zi joylarda magnit maydon
induksiyasi
4
10
2
Tl gacha ham yetishi mumkin. Yerning magnit maydoniga
asosiy sabab Yer tubidagi jarayonlardir, lekin bundan tashqari ionosferadagi
elektr toklar ham unga ta‟sir ko‟rsatadi. Bular ichida eng kuchli ta‟sir quyoshda
bo‟ladigan magnit bo‟ronlaridir. Eng ko‟p ma‟lum bo‟lgani 11 kunlik davriy
sikldir. Lekin 27 kunlik sikl ham mavjud. Gravitatsion maydon kabi geomagnit
maydon ham biosferaga ta‟sir ko‟rsatadi. Keyingi vaqtlarda magnit maydonning
tirik organizmlarga biologik ta‟siriga e‟tibor qaratilmoqda.
Olimlarning ko‟p yillik izlanishlari tirik organizmda magnit maydoni
ta‟sirida quyidagi o‟zgarishlar bo‟lishi mumkinligini aniqladi.
1. Qonning magnitogidrodinamik tormozlanishi. Magnit maydoni ta‟sirida
biologik suyuqliklarda induksion toklar paydo bo‟lib qon harakatini to‟xtatadi.
2. Magnit maydoni ta‟sirida bo‟lgan nerv tolasi orqali harakatlanadigan
elektr impulsiga Amper kuchi ta‟sir qiladi va tola egiladi. Bu holda o‟zinduksiya
toki hosil bo‟ladi va Lens qonuniga binoan to‟xtaydi.
3. Nerv tolasida hamma molekulalar magnit momentiga ega bo‟lib, ba‟zi
molekulalarni magnit momenti ancha katta bo‟ladi. Ularning magnit maydoniga
mexanik moment ta‟sir qiladi va uni ma‟lum yo‟nalishda oriyentirlaydi.
Biologik aktiv molekulalarda bo‟ladigan o‟zgarishi biokimyoviy reaksiya
kinetikasi va biomembrana singdiruvchanligiga ta‟sir ko‟rsatishi mumkin.
Doimiy magnit maydondan veterinariyada ko‟p maqsadlarda foydalaniladi.
Chorvachilikda ishlatiladigan poxol, somon va boshqa ozuqalar ichiga tushib
qolgan turli xil metall parchalar magnit yordamida ushlab qolinadi.
274
Barcha tirik organizmlar quyosh va kosmosdan kelayotgan elektromagnit
maydon ta‟sirida bo‟ladi. Bu to‟lqinlar diapazoni 10 MGs dan 10 GGs gachadir.
Ammo, ularning intensivligi kichik va odatda
2
9
/
10
Do'stlaringiz bilan baham: |