Ichak infeksiyalari. Bu infeksiyada bemor va kasallik qo‘z- g‘atuvchilarini tashib yuruvchilar infeksiya manbai hisoblanadi. Bemor organizmidan ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari asosan axlat, qusuq massalari va siydik bilan ajraladi. Infeksiya tashqi muhitdan organizmga ifloslangan ovqat yoki ichimlik suvi bilan oshqozon-ichak yo‘llari (fekal-oral yuqish) orqali tushadi (2- rasm).
Ichak infeksiyalariga ovqat toksikoinfeksiyalari, dizenteriya, salmonellozlar, esherixiozlar, tif-paratif kasalliklari, botulizm, vabo, ko‘pchilik gelmintozlar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |