Ichak infeksiyalari



Download 21,26 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2021
Hajmi21,26 Kb.
#182152
  1   2   3
Bog'liq
ICHAK INFEKSIYALARI


ICHAK INFEKSIYALARI.Tif-paratif kasalliklari. Qorin tif (ich terlama), A va V paratiflar ingichka ichak limfatik apparatining jarohatlanishi, bakteriyemiya (mikroblarning qonga tushishi), organizmning umumiy intoksikatsiyasi va terida pushti rang mayda toshma (rozeola)lar paydo bo'lishi bilan o'tadigan yuqumli kasalliklardir. Bu uch xil kasallikni kechishi jihatidan bir-biridan farq qilish qiyin bo'lganligi sababli, umumiy qilib tif-paratif kasalliklari deb ataladi.

Qorin tifi (ich terlama). Kasallik qo'zg'atuvchisi qorin tifi bakteriyalaridir. Ularning O, H, Vi deb nomlanadigan antingenlari mavjud. Tashqi muhitda bu mikroblar ancha turg'un. Oqar suvda 5-10 kun, ko'lmak suvda 1 oygacha saqlanib, ba'zan epidemiyaga sabab bo'ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari va ro'zg'or anjomlarida 2 haftadan 3 oygacha saqlanadi. Sutda qorin tifi mikroblari yaxshi saqlanibgina qolmasdan, balki ko'payadi ham.



Epidemiologiyasi. Kasallik faqat odamga mansub. Infeksiya manbai, ya'ni kasallik mikroblarini tarqatuvchi manba - bemor odam bakteriya tashuvchi hisoblanadi. O'zida kasallik belgilari bo'lmagan

lekin organizmidan mikroblar ajralib turadigan odam bakteriya tashuvchi deyiladi.

Bakteriya tashuvchilar laboratoriya analizlari olish vaqtida aniqlanadi. Qorin tifi mikroblari organizmdan najas va siydik bilan ajralib chiqadi. Kasallik avjiga chiqqanda hamda tuzalish (rekonvalestsentsiya) davrida mikroblar nihoyatda ko'p ajraladi. Suv, oziq-ovqat, ro'zg'or anjomlari, iflos qo'l vositasida mikrob sog'lom odam organizmiga og'iz orqali tushadi. Kasalliklardan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ladi, ya'ni odam qorin tifi bilan deyarli qayta kasallanmaydi.

KlinikasuKasallikning inkubatsion (mikrob organizmga tushganidan kasallik alomatlari paydo bo'lguncha o'tgan) davri o'rta hisobda 2 hafta. Odatda, kasallik asta-sekin boshlanadi. Lohaslik, bosh og'rig'i, et uvishishi, uyqusizlik, ishtaha yo'qolishi kasallikning dastlabki belgilari hisoblanadi. Ular kundan-kunga zo'rayib boradi. Harorat ham asta-sekin ko'tarilib, 4-5 kundan so'ng 39-40° darajaga yetadi va 1-2 haftagacha shu holatda saqlanib turadi. Bemorning labi va og'zi quriydi, tili qalin karash bilan qoplanadi. Qorni shishadi, uning o'ng yonbosh sohasida ko'pincha quldirash aniqlanadi. Jigari kattalashadi. Kasallikning 8-10-kundan boshlab, ko'krak va qorin terisida uncha ko'p bo'lmagan (6-12 dona) pushti rang dog'lar paydo bo'ladi. Ular barmoq bilan bosilganda yo'qoladi. Nisbiy bradikardiya (puis tezlashishining harorat ko'tarilishiga mutanosib emasligi) ham xarakterli. Kasallik normal kechganda harorat asta-sekin yoki to'satdan pasayadi, boshqa belgilar ma'lum fursatda yo'qoladi. Ayrim hollarda kasallik qaytalanishi yoki asorat qoldirishi mumkin. Ichak yarasi teshilib, peritonit rivojlanishi va qon ketishi qorin tifining eng og'ir asorati hisoblanadi. Ba'zan kasallik zo'rayadi yoki qaytalanadi.



Diagnostikasi. Bemor isitmalayotgan vaqtda bilagidan 5-10 ml qon olib, gemokultura uchun steril ravishda safroli bulonga ekiladi. Keyingi vaqtlarda tif-paratif kasalliklari yengil o'tishi hollari ko'p uchraydi, shu sababli, har qanday kasallikda ham bemor 3 kundan ortiq isitmalasa, gemokultura uchun qon olish tavsiya etiladi. Shuningdek, bemorlarning siydik va najasi ham Myuller muhitiga ekilib, bakteriologik tekshiriladi. Kasallikning 2-haftasidan boshlab, bilakdan 2 ml qon olib, serologik Vidal reaksiyasi ham qo'yiladi. Bu reaksiya bemor qonidagi antitelolarni aniqlashga asoslangan va 7-10 kunda qaytarib turiladi.

Davolash. Ich terlama bilan og'rigan har bir bemor yuqumli kasalliklar kasalxonasi yoki bo'limida davolanadi. Isitmasi bor davrida va u tushgandan so'ng 6-7 kungacha bemor o'rinda yotib davolanishi kerak. Isitmasi tushgandan 7-8 kundan keyin o'tirishga, 10-11 kundan keyin yurishga ruxsat beriladi. Labni, og'iz bo'shlig'I va terni parvarish qilmishga alohida e'tibor beriladi. Oson hazm bo'ladigan, vitaminlarga boy taomlar (Pevzner bo'yicha 1-stol) beriladi. Antibiotiklardan levomitsetin buyuriladi. U 0,5 dan kuniga 4 marta (2,0) beriladi. Levomitsetin bilan davolash normal isitmaning 10-12 kunigacha davom etadi. Ichakdan qon ketganda bemor bir kun yotishi kerak. Shu vaqt ichida deyarli ovqat berilmaydi, yutish uchun muz parchalari beriladi, qoringa ichiga muz solingan xalta qo'yiladi. S vitamin, vikasol, aminokapron kislotadan ukol qilinadi. Ichak teshilganida bemor operatsiya qilinadi.


Download 21,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish