E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet10/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Tashqi qoplamlar infeksiyalari. Infeksiya odam organizmiga tirnalgan yoki yorilgan tashqi qoplamlar (teri va shilliq pardalar) orqali tushadi. Bu guruh infeksiyalariga saramas (zararlangan teri va shilliq pardalar orqali organizmga streptokokk kiradi), qoqshol (yaraga kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan tuproq tushganda rivoj- lanadi) va boshqalar misol bo‘ladi.

Qator epidemiologik xususiyatlarga asosan alohida guruh sifatida zoonoz infeksiyalar farq qilinadi. Bular kasal hayvonlardan odam- larga yuqadigan kasalliklardir (leptospiroz, brusellyoz, tularemiya, o‘lat, kuydirgi, quturish va b.). Biz o‘quvchilarning mazkur kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va profilaktika tadbirlari bilan tanishishi osonroq bo‘lishi uchun zoonoz infeksiyalar haqida alohida bo‘limda to‘laroq ma’lumot berishni lozim topdik.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi

Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishi va rejimi infeksiya manbai bo‘lmish yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni to‘liq izolatsiya qilish va shifoxona ichi (nozokomial, gospital) infek- siyalarining oldini olishga moslashtirilgan.

Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni shifoxonaga yotqizishda quyidagi qoidalarga amal qilish shart:



  • qabul bo‘limida birlamchi tashxisni to‘g‘ri qo‘yish;

  • shifoxonaga tushgan bemorni albatta sanitar tozalovidan o‘tkazish;

  • bemorlarni bo‘limga yotqizishda, infeksiyaning yuqish mexanizmini hisobga olish, ya’ni nozologik prinsip asosida bemor­larni alohida yotqizish (kasallik yuqmasligi uchun);

  • aralash (ikkita va undan ortiq) infeksiyasi bo‘lgan bemorlarni individual (yakka) holda yotqizish;

  • bemorlarni boshqa bo‘limga asosli holda o‘tkazish.

Yuqumli kasalliklar bo‘limlari alohida binolarda joylashgan. Agar

yuqumli kasalliklar shifoxonasi ko‘p qavatli bo‘lsa bemorlarni qavatlar bo‘yicha joylashtirish zarur. Bunda havo-tomchi infek- syalari bilan og‘rigan bemorlar yuqori qavatlarga joylashtiriladi. Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolash bo‘limlaridan tashqari yordamchi bo‘limlar ham mavjud bo‘lib, bular rentgen xonasi, fizioterapiya, tibbiy statistika bo‘limi, markaziy sterilizatsiya bo‘limi va boshqalardir. Yirik shifoxonalar tarkibida bakteriologik, viru- sologik, radioimmunologik, klinik va biokimyoviy laboratoriyalar, reanimatsiya bo‘limida esa ekspress laboratoriya bo‘ladi. Santexnik tuzilmalar va xo‘jalik bo‘limlari shifoxona hududida, lekin davolash binolaridan uzoqroqda joylashtiriladi.

Shifoxonaga kelgan har bir bemor dastlab qabul bo‘limiga tushadi. Bu yerdan ular palatalar yoki bokslarga joylashtiriladi, bunda bemorlar shifoxonaga tushgan vaqtdan boshlab shifoxonadan chiqqunga qadar boshqa turli infeksiyalarga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lmasliklari zarur. Shifoxonaga tushgan bemorlar maxsus bokslarda qabul qilinadi. Bemorlarni ko‘zdan kechiradigan bokslarning alohida kirish va chiqish eshiklari bo‘ladi. Bundan tashqari boksdan qabul bo‘limi koridoriga yana bitta kirish eshigi bo‘lib, undan faqat tibbiy xodimlar foydalanadilar. Boksda xodim- lar uchun xalatlar, kushetka, yozuv stoli, shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun dorilar to‘plami bo‘lgan shkafcha, termo- metrlar, shprislar, tahlilga material olish uchun steril tamponlar va boshqalar bo‘lishi kerak.

Qabul bo‘limida boshqa binolardan ajratilgan va aralash infeksiyali bemorlarni izolatsiya qilishga mo‘ljallangan maxsus bokslar yoki palatalar bo‘lishi zarur.

Bo‘limlardagi bemorlar joylashtiriladigan xonalar gigiyenik talablarga javob berishi, tipik loyihalarga asosan esa palatalar bir va ikki o‘rinli bo‘lishi kerak.

Palatalarda nisbiy namlik 50% dan ko‘p bo‘lmasligi zarur. Palatalar yetarlicha tabiiy yoritilgan bo‘lib, ventilyatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Bo‘limlardagi sanitar-gigiyenik rejim muntazam ravishda palatalar va boshqa xonalarni tozalash, dezinfeksiya va dezinseksiya qilish, bemorlarni yuvintirish, ich kiyim va ko‘rpa- to‘shak, choyshablarini almashtirib turish orqali amalga oshiriladi.

Har bir bemor (ahvoliga qarab) haftada bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qiladi. Mazkur muolaja shifoxonadan chiqishdan oldin ham qabul qilinadi va shundan keyingina bemor o‘zining toza va dezinfeksiyalangan kiyimlarini oladi. Shifoxonadan chiqishda bemorga rejim va ovqatlanish bo‘yicha foydali maslahatlar beriladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish