Doimiy isitma (febris continua) — ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq 1°C dan oshmaydi. Bunday isitma qorin tifi, toshmali tif, o‘lat, qizamiq kasalliklarining avj olish davrida kuzatiladi.
Remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi) isitma (febris remittens) — ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq ko‘pincha 2—2,5°C ga yetadi (normaga tushmagan holda). Bu isitma sepsis holatlarida, A- paratif, Ku-isitma, kanadan yuqadigan qaytalama tifda uchraydi.
Subfebril isitma — haroratning sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan oshmaydi.
Almashib turadigan isitma (febris intermittens) — tananing yuqori harorati sutka davomida albatta normal harorat bilan alma- shadi. Bunday isitma tipi uch kunlik va to‘rt kunlik bezgak kasalligi uchun tipik hisoblanadi.
Qaytalama isitma (febris recurrens) — tana harorati birdan yuqori ko‘tarilib 3—7 kun davomida shunday saqlanadi va odatda tezda normaga tushadi. Bir necha kundan keyin harorat yana ko‘ta- riladi. Bunday isitma qaytalama tif kasalligiga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |