E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet300/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Nematodozlar (nematodoses)

Nematodozlar — yumaloq chuvalchanglar (Nematoda) sinfiga mansub gelmintlar qo‘zg‘atadigan invaziyalar guruhidir. Nema- todalar yumaloq, cho‘zilgan, kutikula bilan qoplangan bo‘lib, 1 mm (strongilidlar)dan 20—25 sm (askaridalar)gacha bo‘ladi. Ular­ning bosh qismida og‘iz teshigi joylashgan. Nematodalarning hazm va nerv sistemalari trematodalar va sestodalarga nisbatan ancha mukammal tuzilgan. Nematodalar — ayrim jinsli hayvonlar hisob- lanadi. Urg‘ochilari erkaklariga qaraganda ancha yirik, tuxum qo‘yadi (ko‘pincha lichinkalarga ega) yoki tirik tug‘adi (filyariyalar).

Gelmintlarning jinsiy yetilgan shakllari odam ichagida parazitlik qiladi. Propagativ bosqichlari tuproqda yetiladi. Bundan invaziv tuxumlar ajratadigan (kontagioz gelmintoz) ostritsa va strongilidlar (ularning lichinkasi odam ichagidayoq tuxumdan chiqadi — autoin- vaziya) mustasnodir. Invaziyali lichinkalar trixinellyozda ham shakllanadi, ammo ularning keyingi rivojlanishi yangi xo‘jayin organizmidagina kuzatilishi mumkin. Ayrim nematodalarning (askaridalar, ankilostomalar) tuxumlardan chiqqan lichinkalari ichakdan qonga kiradi va murakkab migratsiya jarayonidan o‘tadi. Bu vaqtda invaziyaning dastlabki bosqichlaridayoq kuchli mahalliy va umumiy allergik reaksiyalar vujudga keladi va qator a’zolar zarar­lanadi. Katta nematodalarning ham migratsiyasi kuzatilishi mumkin, bu esa og‘ir asoratlarga olib keladi.

Enterobioz (enterobiosis)



Qo‘zg‘atuvchisi Enterobius vermicularis — ostritsa, oq rang- dagi katta bo‘lmagan nematoda, uzunligi 9—12 mm (urg‘ochisi)dan 3—4 (erkagi)gacha. Parazitning bosh qismi kutikular kengaygan ko‘rinishga ega bo‘lib, u yopishish (fiksatsiya) a’zosi bo‘lib xizmat qiladi. Tanasining dum qismi o‘tkir, shuning uchun «ostritsa» (o‘tkirlashgan) nomini olgan. Urg‘ochi tanasi orqali tuxumlarga to‘la bo‘lgan bachadon ko‘rinib (yorishib) turadi. Erkagining dum qismi bukilgan holda ko‘rinadi. Tuxumlari tiniq, qobig‘i nozik va silliq bo‘ladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish