Davolashda mebendazol (vermoks) qo‘llanadi. Asosiy davolash usuli — jarrohlik usuldir.
Profilaktikasi yirtqichlar terisiga ishlov berish va it boquvchilarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iborat. Bundan tashqari yovvoyi holda o‘sadigan rezavor mevalarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish ham asosiy ahamiyatga ega. Kasallik yuqtirish xavfi katta bo‘lgan ma’lum kontingentlar — ovchilar, yovvoyi rezavor meva- lar teradiganlar va boshqalar doimo tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart.
Bemor va operatsiya qilingan kishilar umr bo‘yi dispanser ro‘yxatida turadilar, ular har 2 yilda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Nazorat savollari
Alveokokkning exinokokkdan farqi nimada?
Odamga alveokokkoz qanday yuqadi?
Alveokokkozning rivojlanish mexanizmi qanday?
Alveokokkozga laboratoriya usulida qanday tashxis qo‘yish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |