Ankilostomidozlar — geogelmintozlardir. Invaziya manbai bemor odam hisoblanadi. Ankilostoma va nekator odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Tuxumlar iliq, nam tuproqqa tushgandan keyin 10—15 kun davomida lichinkalar rivojlanadi va ular bir necha oy tuproqda yashashi mumkin.
Ankilostomalar lichinkasi sabzavot va mevalar yoki iflos qo‘llar bilan og‘izga tushadi. Nekatorlar lichinkasi, ba’zida ankilostomalar oyoqyalang yurganda yoki o‘tlar ustida yalang‘och yotganda organizmga teri orqali kiradi.
Lichinkalar organizmga kirgach, qon oqimi bilan o‘pkaga mig- ratsiya qiladi. U yerdan alveolalar hamda bronxlar orqali halqumga tushadi va yutib yuboriladi. Oshqozondan ingichka ichakka o‘tib, u yerda kattalashadi. Invaziya yuqqan vaqtdan tuxum qo‘yadigan davr- gacha rivojlanish davri 2 oyni tashkil etadi. Ankilostomalar orga- nizmda 5—15 yil parazitlik qiladi.
Kasallikka moyillik umumiy. Qishloq xo‘jalik va shaxta ishchilari, yerda ishlovchilar hamda bolalar ko‘proq invaziya yuqtirib, kasal- lanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |