Patogenezida ichak shilliq qavatlarining mexanik jarohatlanishi, ularda qon quyilish, nekroz va yallig‘lanish jarayonlari ahamiyatga ega. Gelmintlar ayollar jinsiy a’zolariga o‘rmalab kirish xususiyatiga ham ega. Bu vaqtda bu a’zolarda shilliq pardalar zararlanadi va vulvit, vaginit va endometritlar rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Organizm allergik holati ham kasallik patogenezida ma’lum aha- miyatga ega.
Enterobiozda bemorning asosiy shikoyati perianal sohada qichi- shish va kuyishishdir. Intensiv bo‘lmagan invaziyada qichishish o‘rtacha bo‘lib, bemorni asosan tunda bezovta qiladi. Kuchli invaziyada qichishish chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘ladi, bemorni kecha-yu kunduz bezovta qiladi, oraliq, sonlar, qorin va jinsiy a’zolarga tarqaladi. Qashlangan joylarda tirnalishlar paydo bo‘lib, yiringli o‘choqlar — piodermiyalar kuzatiladi. Uyqu buziladi, bemor ta’sirlanuvchan bo‘lib qoladi, ish faoliyati pasayadi. Bolalar injiq va yig‘loqi bo‘lib qoladilar, bosh og‘riydi. Tana vazni kamayadi. Invaziyaning og‘ir hollarida ichak funksiyalari buziladi: qabziyat kuzatiladi yoki ich ketadi, ayrim paytlarda shilimshiq va qon aralash ich ketadi, qorinda quldirash hamda og‘riq paydo bo‘ladi, meteo- rizm, ko‘ngil aynishi va ba’zan qusish holatlari kuzatiladi.
Ko‘pincha bemorning o‘zi yoki uning ota-onalari «mayda ipsi- mon qurtlar» ajralib chiqishiga e’tibor beradilar. Ajralgan gelmintlar tashxisning so‘zsiz tasdig‘idir. Laboratoriya usullaridan tuxumlarni topish maqsadida perianal qirmani mikroskopiya qilish muhim hisoblanadi. Qirma ertalab yoki kechqurun yuvinishgacha olingani ma’qul. Enterobioz tashxisida yopishqoq lenta yoki 50% li glitseringa namlangan paxta tampondan foydlanish ancha samaralidir. Tash- xisning ishonchliligini oshirish maqsadida uch marta 2—3 kunlik interval bilan perianal qirma olinishi va tekshirilishi zarur. Najasda ostritsa tuxumlari kam aniqlanadi, chunki urg‘ochilari odatda ichakda tuxum qo‘ymaydi.
Enterobiozda degelmentizatsiya oson amalga oshiriladi. Eng ishonchli preparat sifatida piperazin qo‘llanadi. Vankvin ham katta samaraga ega. Uni bir marta (bir kurs) 5 mg miqdorda nonushtadan keyin beriladi. Kombantrin faoldir, u ovqatlanish vaqtida bir mahal kattalarga 1 kg tana vazniga 10 mg miqdorda, bolalarga — 6 oydan 2 yoshgacha — 125 mg, 2 yoshdan 6 yoshgacha — 250 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha — 500 mg sutkada bir mahal yoki 2 mahal beriladi. Mintezol ham ahamiyatga ega bo‘lib, 80% hollarda degelmin- tizatsiyani ta’minlaydi. U ovqatlangandan keyin 30 daqiqa o‘tgach bolalarga 1 kg tana vazniga sutkada 25 mg dan 2 kun, kattalarga — 1 kg tana vazniga 25—50 mg dan sutkasiga tayinlanadi.
Piperazin va uning tuzlari sutkada bolalarga 1 yoshgacha — 0,4 g, 2—3 yoshda — 0,6 g, 4—6 yoshda — 1 g, 7—9 yoshda — 1,5 g, 10—
yoshda — 2 g, 15 yoshdan keyin va kattalarga — 3 g dan beriladi. Sutkalik miqdor 2—3 mahal ovqatlanishdan 30 minut oldin beriladi. Davolash 5 kun davom etadi. Zarurat tug‘ilganda 7—10 kunlik intervaldan so‘ng davolash kursi takrorlanadi.
Kuchli qichishishda anestezinli malham tayinlanadi. Piodermiya, vaginit va shunga o‘xshagan ikkilamchi infeksiyalar qo‘shilganda antibiotiklar qo‘llanadi.
Davolashning natijasini nazorat qilish uchun 2 haftadan keyin haftalik oraliqlar bilan uch marta perianal qirma olinadi.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ya’ni, tirnoqlar kalta qilib olinishi, uyqudan keyin va hojatxonaga borgandan so‘ng hamda ovqatlanishdan oldin har safar qo‘llarni sovunlab yuvish, uxlash- dan oldin kalta ishton kiyish, har kuni ertalab choyshab va kiyim- larni dazmollash. Bolalar muassasalarida sanitar va dezinfeksiya rejimiga amal qilish. Hojatxonalar suv quyiladigan moslamalar pedal (tepki) bilan ta’minlanishi, tozalash buyumlari maxsus belgilar bilan ajratilishi, idishlar quruq issiqlikda (qurituvchi) shkaflarda zararsizlantirilishi zarur. Bolalar bilan ishlaydigan barcha xizmatchi xodimlar (tarbiyachilar va b.)ning o‘z vazifalariga mas’u- liyat bilan vijdonan yondoshishlari alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |