Nazorat savollari
Exinokokkoz nima va u odamga qanday yuqadi?
Jigar exinokokkozi haqida gapirib bering.
Exinokokkozda periferik qonda nima aniqlanadi?
Exinokokkozga gumon qilinganda qanday laboratoriya tek- shiruvlari o‘tkaziladi?
Exinokokkoz tashxisida qanday immunologik testlar qo‘l- lanadi?
Alveokokkoz (alveococcosis)
Odamda invaziya qo‘zg‘atuvchisi — Alveococcus multilocularis ning lichinkalik davri hisoblanadi. Alveokokk o‘zining tashqi ko‘ri- nishi va tuzilishiga ko‘ra exinokkokni eslatadi, lekin ayrim farqlar bor. Bular boshchasida kam ilmoqlar mavjudligi, o‘simtalarsiz sharsimon bachadonga egaligi va boshqalardir. Exinokokkdan farqli o‘laroq, alveokokkning lichinkalik davri ko‘p miqdordagi mayda pufakchalardan tarkib topgan bo‘lib, ular yagona qattiq tugunni hosil qiladi. Xuddi shunday tuzilishga ega bo‘lganligi uchun bu parazit alveolar, ya’ni ko‘p kamerali degan nom olgan. Barcha mayda pufakchalar quyuq to‘q-sariq massa bilan to‘lgan bo‘lib, skoleks- larga ega.
Alveokokk tulki, peses (shimoliy qutb tulkisi), ba’zi hollarda bo‘ri va itlar ichagida yashaydi. Lichinkasi (ko‘p kamerali alveokokk pufagi) kemiruvchilardan ondatra, dala sichqoni va boshqalar, ba’zan odam organizmida rivojlanadi. Yirtqichlar kemiruvchilarni yeganda zararlanadi, kemiruchilar esa o‘z navbatida yirtqichlar najaslari bilan ajralib chiqadigan onkosferalarni yutganda zarar- lanadilar.
Odam tulki, bo‘ri yoki it terisi bilan ishlaganda iflos qo‘llari orqali onkosferalarni yuqtirishi mumkin. Bundan tashqari, ochiq suv havzalaridagi ifloslangan suv, ifloslangan sabzavotlar va mevalarni iste’mol qilganda ham kasallik yuqishi mumkin.
Invaziyaning rivojlanish mexanizmi exinokokkoz patogeneziga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. Odatda alveokokk lichinkasi odamning jigarida parazitlik qiladi. O‘sayotgan mayda pufakchalar konglomerati atrofida produktiv yallig‘lanish vujudga keladi, fibroz tugunlar hosil bo‘ladi va ular atrofidagi to‘qimalar nekrozga uchraydi. Lichinkalar o‘sishi natijasida qon va limfatik tomirlarda o‘zgarish kuzatiladi. Turli a’zolar, ayniqsa bosh miya va o‘pkaga metastazlar beradi.
Oylab va hatto yillab jigar alveokokkozi belgilarsiz kechadi. Invaziyaning dastlabki belgilari ko‘pincha epigastriy va o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik va og‘riq bilan namoyon bo‘ladi. Bunda paypaslaganda kattalashgan va juda qattiq (toshsimon qattiqlikda) notekis yuzali jigar aniqlanadi. O‘tib ketgan hollarda sariqlik, assit va kaxeksiya rivojlanadi, angioxolitlar va jigar abssesslari kuzatiladi. Alveokokk metastazidagi klinik belgilar xavfli o‘smalar (rak)dagi metas- tazlardan deyarli farq qilmaydi. Alveokokkoz oqibati juda jiddiy.
Alveokokkoz tashxisi exinokokkozdagi kabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |