E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet297/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Nazorat savollari

  1. Gimenolepidozda kim invaziya manbai hisoblanadi?

  2. Gimenolepidoz patogenezini gapirib bering.

  3. Gimenolepidozda qanday belgilar kuzatiladi?

  4. Fenasal bilan davolash sxemasini gapirib bering.

Exinokokkoz (echinococcosis)

Odamda exinokokkoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi exinokokkning (Echinococcosus granulosus) lichinkali davridir. Bu mayda sesto- daning uzunligi 0,5 sm gacha bo‘ladi, u oq rangda, 4 ta so‘rg‘ichli va ilmoqli skoleksga ega. Tasmasimon tanasi bir necha bo‘g‘imlardan iborat, ulardan faqat oxirgisi — eng yirigi yetilgan bo‘lib unda 800 ga yaqin tuxum bo‘ladi.

Exinokokk it, kam hollarda — bo‘ri, tulki va chiyabo‘rilar ichagida parazitlik qiladi. Exinokokk bo‘g‘imlari hayvonlar najasi bilan ajraladi yoki ichakdan faol harakatlar bilan chiqadi va natijada ularning junlarini, suv, tuproq va buyumlarni zararlaydi.

Onkosferalar tashqi muhitda yaxshi saqlanadi. Suv va yemish bilan qishloq xo‘jalik hayvonlari ichagiga tushadi, u yerda onko- sferalardan chiqqan lichinkalar jigar va o‘pkaga kiradi. Bu yerda lichinkalar o‘sib exinokokk pufagiga aylanadi. Ularning kattaligi (diametri) 10—20 sm gacha yetishi mumkin. Pufak (exinokokkning lichinkalik davri) tiniq rangsiz suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Uning devorlari ikki qavat — tashqi qalin (kutikular) va ichki embrion (germinativ) qavatdan iborat. Exinokokk boshchalarining «qumi» — mayda embrionlar massasi va ko‘pincha ko‘p miqdorda mayda ikkilamchi (qiz) pufakchalarga ega. Mollarning zararlangan a’zo- larini yegan itlar invaziyani yuqtirib oladi.

Exinokokkoz — peroral biogelmintoz hisoblanadi. Odam inva- ziyalangan itlar bilan yaqin aloqada bo‘lganda va exinokokk onko- sferalari bilan ifloslangan sabzavot va mevalarni xom iste’mol qilganda o‘ziga parazitlarni yuqtirib olishi mumkin. Oshqozon va ichakka onkosferalar tushganda ular qobig‘idan ajraladi, ichak devori orqali qonga o‘tadi, qon oqimi bilan turli a’zolarga boradi (ko‘pincha jigar va o‘pka). Bu a’zolarda rivojlanadi va lichinka — pufak

  1. Yuqumli kasalliklar

o‘sadi. Onkosferalarning ko‘p qismi jigarda ushlanib qoladi. Exino­kokk pufagi sekin o‘sadi (ba’zan bir necha yillar davomida).

Invaziya patogenezida parazit metabolitlari mahsulotlari bilan organizm sensibilizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Ekstremal sharoit- larda (jarohatlar, uzilishlar, teshilishlar, pufakning o‘z-o‘zidan yorilishi) anafilaktik shok rivojlanishi mumkin. Rivojlanishning har qanday bosqichida pufak atrofdagi to‘qimalarni mexanik tarzda qisib qo‘yadi va zararlangan a’zoda o‘smaning klinik belgilarini namoyon qiladi. Bakterial floraning qo‘shilishi pufakning yiringlashiga olib keladi va abssesslar hosil bo‘ladi, keyinchalik ular tana bo‘shlig‘i yoki qo‘shni a’zolarga yoriladi. Pufakning uzilishi atrof to‘qimalarni ifloslantiradi va ko‘p miqdorda exinokokk pufaklari paydo bo‘ladi.

Invaziya surunkali kechib, uzoq vaqt davom etadi. Ko‘pchilik bemorlarda kasallikning birinchi belgilari zararlangandan bir necha yillar, hatto o‘n yil keyin ham paydo bo‘ladi.

Invaziyaning eng ko‘p uchraydigan xili — jigar exinokokkidir. Jigar exinokokkining uch bosqichi farqlanadi. Birinchi bosqich — jigarning invaziyalanish vaqtida kasallikning dastlabki klinik belgilari paydo bo‘lgungacha bo‘lgan davr. Ikkinchi bosqichda kasallikning umumiy belgilari va jigarda kuzatiladigan har xil belgilar uchraydi. Bemorning ishtahasi pasayadi, ish faoliyati kamayadi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, ozib ketish va biroz tana haroratining ko‘tarilishi (subfebrilitet) kuzatiladi. Ba’zida allergik belgilar — toshmalar, qichima, preparatlarga sezgirlik va boshqalar aniqlanadi. Bu bosqich uchun qorindagi og‘riq, o‘ng qovurg‘a ostidagi og‘irlik, ko‘ngil aynishi, qusish va ichning buzilishi xarakterlidir. Jigar kattalashadi, keyingi davrlarda juda kattalashib ketadi (ko‘pincha o‘ng bo‘lagi hisobiga), paypaslaganda qattiq va og‘riqsiz bo‘ladi. Uchinchi bosqich — asoratlar bosqichi. Ulardan eng ko‘p uchraydigani quyidagilardir: 1) exinokokk pufaklarining yiringlashi va jigarda abssess rivojlanishi, uning qorin yoki plevra bo‘shlig‘i, oshqozon, ichak va bronxlarga yorilishi; 2) infeksiya tushmagan pufakning yorilishi va kompleks allergik reaksiyalarning (shok holatiga qadar) paydo bo‘lishi va exinokokkozning tarqalishi; 3) pufak bilan darvoza venasi yoki pastki kovak venaning qisilishi va tegishli belgilar kuzatilishi hamda jigar ichkarisi va tashqarisida o‘t yo‘llari qisilishi natijasida obturatsion (mexanik) sariqlikning rivojlanishi.

Exinokokkozda qonda ko‘pincha eozinofiliya va ECHT ning oshishi qayd etiladi. Biokimyoviy tekshirishda jigar funksiyalarining buzilganligi aniqlanadi.

Exinokokkozning ikkinchi ko‘rinishi o‘pka exinokokkozidir. Klinik ko‘rinishlar davri ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich

  • yorilmagan exinokokk kistasi bosqichidir. Bu bosqichning asosiy belgilari pufakning o‘sishi, o‘pka to‘qimasi, bronxlar va tomirlar qisilishi hamda patologik jarayonga plevraning qo‘shilishi bilan bog‘liq. Bemor ko‘krak qafasidagi og‘riq, yo‘tal, avvalo quruq, so‘ngra esa shilimshiq yiring aralash balg‘am ajralishi, biroz qon tupurish hamda nafas qisishidan shikoyat qiladi. Exinokokk pufagi yiringlagan vaqtda o‘pka abssessi rivojlanadi. Ikkinchi bosqich yorilgan kista bosqichi kasallik kechishining to‘satdan o‘zgarishi bilan xarak­terlanadi. Pufak bronxga yorilsa, kuchli yo‘tal, bo‘g‘ilish va ko‘karib ketish hollari kuzatiladi. Bunda pufak massasi yo‘tal orqali, ayrim hollarda esa qon aralash ajraladi. Bu belgilar bir necha kun va hatto haftalar davom etadi, aspiratsion pnevmoniya va og‘ir allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Exinokokk pufagi plevra bo‘shlig‘i yoki perikardga yorilganda, odatda shok rivojlanadi va bu bemor o‘limi bilan tugaydi. O‘pka exinokokkozida qonda jigar exinokokkozidagi kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Boshqa lokalizatsiyadagi exinokokkoz ( bosh, miya, buyrak, suyak, mushaklar va hokazo) kam uchraydi. Kasallik oqibati doimo juda jiddiy, o‘tib ketgan hollarda esa yomon yakun- lanishi mumkin.

Exinokkoz tashxisi uchun immunologik testlar BGAR va exinokokk pufaklari suyuqligidan olingan antigen bilan qo‘yiladigan lateks-agglutinatsiya reaksiyasi qo‘llanadi. Jigar exinokokkozida Kazoni teri-allergik reaksiyasi ancha ishonarli reaksiya hisoblanadi. Tashxisning instrumental usullaridan jigarni rentgenologik tek­shirish, uni skanirlash, angiografiya, exografiya qilish va boshqalar ham ahamiyatga ega.

Kasallik jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Ammo keyingi vaqtlarda konservativ usulda davolash maqsadida amaliyotda vermaks va albendazol preparatlari qo‘llanilmoqda. Odamda exinokokkoz profilaktikasi ushbu kasallik gumoni bo‘lgan kishilar — chorva- dorlar, ovchilar, it boquvchilar va boshqalarni ko‘rikdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ko‘riklar klinik tekshiruvlardan tashqari, rentgenologik va laboratoriya usullarini o‘z ichiga olishi shart. Exinokokkozga gumon qilingan yoki mazkur kasallik tufayli operat- siya o‘tkazilgan kishilar 5—10 yilgacha dispanser kuzatuvida tura- dilar va har yili ular klinik hamda laboratoriya usullarida tekshirilib turiladi.

Uy hayvonlari orasida exinokokklarni yo‘qotish va odamlarning kasallik bo‘yicha sanitar madaniyatini oshirish katta ahamiyatga ega.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish