Ko'z shilliq qavati mikroflorasi. Ko'zning shilliq qavati steril bo'ladi. Bu tozalik a'zoning anatomik-fiziologik xossalari bilan bog'liq.
Konyunktiv mikroflorasiga asosan, stafilokokklar, Corinebac-terium xerosis, mikoplazma, adeno- va gerpesviruslar kiradi. Bu mikroorganizmlar miqdori kam, ammo himoya omillarining susayishi, ko'zning shikastlanishi hisobiga yallig'lanish jarayon-lari yuzaga kelishi mtimkin.
Quloq mikroflorasi. Normada ichki va o'rta quloqda mikroblar bo'lmaydi. Tashqi quloq yo'lida yog' bezlari yaxshi rivojlangan, ularning sekreti hisobiga quloqda kir yig'iladi. Sog'lom odamlar qulog'ida ichak tayoqchasi, Proteus, patogen stafilokokk va kori-nebakteriyalar, achitqi zamburug'lari uchraydi.
Alloxton mikrofloraga St.aureus, St.piogenes, Ps.aeruginosa, Aspergillus, A.niger, A.terreus kabi mikroorganizmlar kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |