E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet13/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Teri gigiyenasi. Teri organizmni qoplabgina qolmasdan, balki uni tashqi muhitning zararli ta'siridan birinchi bo'lib himoya qiladi. Shuning uchun birinchi galda teri kasalliklarining oldini olish, uni toza tutish va to'g'ri parvarish qilib borish juda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, yangi tug'ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarning terisi har kungi parvarishni talab qiladi. Go'daklarni iflos va ho'l ketliklarda qoldirib bo'lmaydi. Ular siyganida yoki ichini bo'shatganidan so'ng har gal jinsiy a'zolarini issiq suvda yuvib, chov, dumba sohalari toza paxta moyi yoki mineral kukunlardan tayyorlangan upa bilan artiladi. Bolaning tirnoqlari o'sgan bo'lsa, olinib, terisini barmoqlari bilan tirnamasligi uchun kiyimlarining yengi uzun qilib qo'yiladi. Go'daklar umrining birinchi yarim yil-ligida deyarli har kuni bir vaqtda cho'miltirib turiladi. Shunda bolaning terisi changdan, terdan doimo toza bo'lib, organizmi yayrab o'sadi. Cho'miltiriladigan xonaning harorati 22—24°C, suvning issiqligi 36—37°C boiishi kerak. «Lanolinli», «Bolalar uchun» sovunlari tavsiya etiladi.

O'smirlik davrida terini parvarish qilishga, ayniqsa, e'tibor berish lozim. O'smirlar mabodo yuz, badan terisini to'g'ri parva­rish qilmasa, unda ko'pincha yuzlari, ko'krak,'yelka terilariga, ba'zan hatto bosnning sochli qismiga husnbuzarlar, maddalar toshadi. Balog'at yoshida yigit-qizlar teri bezlarining funksiyasi ortadi, terining hidi o'ziga xos bo'lib qoladi. Ular har kuni yuvinib-taranib, ozoda yurishlari, husnbuzar va yiringli maddalarni qo'l bilan siqmasliklari kerak. Yosh qiz-juvonlar bilar-bilmas yuz teri-siga har xil upa-elik va kremlar surtaverishsa, terining tabiiy ran-gi va silliqligi o'zgaradi, keyinchalik unga turli allergik toshmalar toshadi, dog' tushadi. Toza teri yuzasida moyli yupqa parda (man-tiya) bo'lib, u patogen mikroorganizmlarning ko'p qismini teri­ning ichki qismiga o'tishiga yo'l qo'ymadi. Teri haddan tashqari ifloslanadigan bo'lsa, aksincha ajralgan ter va yog' parchalanib, mikroblarning rivojlanishi uchun juda qulay ishqoriy muhit tug'-diradi, teriga hadeb suv, nam tegaversa, u qurib yoriladi. Ishxonada ish qurollari bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy amal qilinmasa, mayda qirindilar kirishi, kesishi yoki ishqor, kis-lota, bo'yoq moddalari ta'sir etishi natijasida terida yiringli yoki allergik kasalliklar paydo bo'lishi mumkin. Benzin, kerosin, ma-shina moylari, neft va neft mahsulotlari, sement, mineral o'g'itlar hamda boshqa moddalar bilan bevosita ishlovchilar tana teri­sini to'g'ri va muntazam tozalab turishiga alohida ahamiyat berishi lozim. Ish vaqti tugaganidan so'ng iliq suv bilan yuvinishi, haftasiga kamida bir marta hammomda cho'milishi joiz. Korxonalarning sanitariya holati tibbiyot xodimlari tomonidan muntazam nazorat qili-nib, xodimlar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tib turishlari kerak.

Terining sog'lom bo'lishi va normal faoliyati insonning to'g'ri ovqatlanishiga, uni parvarish qilishga bog'liq. Surunkasiga spirtli ichimliklar ichish, haddan tashqari shirali mahsulotlar hamda sirka, qalampirni ovqat ratsioniga qo'shish teriga ziyon qiladi. Ak-sincha, ovqat mahsulotlarini to'g'ri, me'yorida iste'mol qilish, vitaminli taomlar (jigar, sut, baliq moyi, sariyog', sabzi, limon va boshqalar)ni iloji boricha ko'proq yeyish maqsadga muvofiq. Quyosh nuri terining oziqlanishini yaxshilaydi, toza havo, vannada yuvinish esa organizmni chiniqtiradi, natijada bezlar sekretsiyasi normal rivojlanadi, qon tomirlar kengayib, teridagi muhim mod-dalar almashinuvi jarayoni kuchayadi. Shuni aytish joizki, O'zbekiston sharoitida quyosh tig'ida uzoq yurish tavsiya etilmaydi, aks holda oftob urishi mumkin, ba'zan bemorlarning quyosh nuriga sezgirligi oshib ketadi (fotosensibilizatsiya), natijada ular fotodermatoz kasalligi (teri qichimasi, porfirin kasalligi, xeylit, pigmentli kseroderma va boshqalar)ga chalinadilar.

Oftobda dastlab besh mi nut toblanib, keyininchalik bu mud-datga 5-10 minutdan qo'shib boriladigan bo'lsa, odam quyosh nuridan yaxshi naf ko'radi. Ba'zan chilla issig'ida oftobda uzoq yurish oqibatida kishining uyqusi buziladi, ko'ngli ayniydi, charchoq hissi oshib, betob bo'lib qoladi. Terisi kuyib, og'iroqibatlarga olib kelishi mumkin. Badan terisini sog'lom, chiroyli saqlash uchun doimo sport va badan tarbiya bilan shug'ullanishi, toza va yaxshi joylarda dam olib turish lozim. Bunday mashg'ulotlar moddalar almashi­nuvi jarayonining yaxshilanishiga yordam berib, shu tariqa teri­ning pishiq va baquvvat, elastik, chiroyli bo'lishini ta'minlaydi. Ay-niqsa, o'z vaqtida yuvinish, vanna qabul qilish foydali.

Oyoqlarni har 3—5 kunda, yoz faslida har kuni yuvib turish kerak, aks holda qavarib bichilishi, yorilishi yoki pufaklar paydo bo'lib shilinishi, qadoqlanishi mumkin. Kishining faslga mos kiyinishi, ayniqsa, poyabzalni to'g'ri va toza kiyishi teri parvari-shida katta ahamiyatga ega. Paypoqlarni tez-tez almashtirish, ko'p yurilganda kechqurunlari barmoqlar orasiga talk bilan borat kislotaning teng miqdordagi aralashmasini surtib turish tavsiya etila-di. Boshning sochli qismi terisi haddan tashqari quruq bo'lganda bir necha kun mobaynida uni zig'ir moyi bilan artish ma'qul. Yuvish uchun xinin, oltingugurt yoki oltingugurt qora moyli tibbiyot sovunlari ishlatiladi. Sochning mayinligi va yaltiroqligi yog' bezlaridan ajralib chiqadigan yog' miqdoriga bog'liq. Yog'li sochlarni yuvish uchun suvga natriy gidrokarbonat yoki natriy borat (1 litr suvga 1/2 choy qoshig'ida) qo'shiladi, sovun o'rniga suyuq shampun ishlatiladi (glitserin, spirt va yashil sovun aralashmasi). Shunday qilib, terining pishiqligi, barqarorligi va sog'lomligini doimo saqlab qolish uchun terini sanitariya-gigiyena qoidalari asosida parvarish qilish lozim.


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish