Og'iz bo'shlig'i mikroflorasi. Og'izbo'shlig'i odam organizmida mikroorganizmlar uchun qulay sharoitli joylardan hisoblanadi. Bu yerdagi so'lak hisobiga yuzaga keladigan doimiy namlik va ko'p miqdordagi oziq moddalar, optimal pH, mo'tadil harorat mikroblar-ning adgeziya qilishi va ko'payishiga sharoit tug'diradi.
Birinchi mikroorganizmlar (laktobatsilla, interbakteriyalar, korinebakteriyalar, stafilokokklar va mikrokokklar) chaqaloq tu-g'ilayotgan davrida (qin mikroflorasi hisobiga) va tug'ilgandan keyingi birinchi soatlarda tushadi. Lekin 2-7 kunlardabu mikro-flora ona va tug'ruqxona mikroflorasiga almashinadi.
Og'iz bo'shlig'idagi autoxton mikroorganizmlariga Str.salivarius (tilda) Str.mitis, Str.sanguis (lunj epiteliysida), Str.mutans (tish-larning ustki qismida), bakteroidlar, aktinomitsetlar, spiroxeta-lar, mikoplazmalar (M.orale, M.salivarium), protozalar (Ent.buccalis, Ent.dentalis, Tr.buccalis), zamburag'lar va boshqalar kiradi. 1 ml so'lakda 107-108 miqdorida 200 xildan ortiq anaerob va aerob mikroorganizmlar uchrashi aniqlangan. Bolalarda tish chiqayotgan davrida obligat grammanfiy anaeroblarning ko'payishi kuzatilgan.
Og'iz bo'shlig'ining alloxton mikroblarga enterobakteriyalar (Escherichia, Klebsiella, Enterobacter, Proteus turkumlart), Ps.aeruginosa, spora hosil qiluvchi bakteriyalar {Bacillus, Clostridium turkumlari) kiradi.
Og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlarning ko'pchiligi (70 %) tish kirida uchraydi. 1 mg quraq tish kirida 250 mln mikrob bo'ladi. Og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar miqdori og'iz bo'shlig'i gigiyenasi, odamning yoshi, ovqat ratsioni va boshqa omillarga bog'liq. Bu omillar hisobiga mikrobiotsinoz muvozanati buzilsa, kariyes (tish chirishi), pulpit, prodontit, stomatit kabi kasalliklar paydo bo'ladi. Masalan, kariyesni asosan St.mutans va L.caseilar qo'zg'atadi. Ular uglevodlarni sut kislotasigacha parchalab, so'lakning ishqoriy muhitini nordon muhitga aylantiradi. Natijada tish emali yemiriladi va kariyes rivojlanadi. Bundan tashqari nordon muhitda zamburug'lar ham rivojlanib, lab bichilishiga sabab
bo'ladi.
Og'iz bo'shlig'idagi grammanfiy kokklar {Veilonella turkumi) uglevodlarning CO2 va H,0 hosil bo'lguncha parchalaydi va muhit pH muvozanatini saqlaydL Dunyodagi 1 % odamlarda bu mikroblar ko'p miqdorda uchraydi, shuning uchun ularda kariyes kasalligi kuzatilmaydi.
Grammanfiy anaerob va mikroaerofil bakteriyalarning ko'pchiligi (Bacteroides, Fesobacterium, Leptotichia turkumlari) Bacteroideceae oilasiga mansub. Ular uglevodlarni gaz, peptonlarni aminokislotalar hosil bo'lguncha parchalaydi. Bu moddalarning ba'zilari hisobiga odamning og'iz bo'shlig'idan yomon hid keladi. Tish milkida tosh hosil bo'lishida aktinomitsetlarning ta'siri katta. Tishda toshlarning ko'payishi parodontoz kasalligiga olib keladi.
Og'iz bo'shlig'ida nomaxsus himoya omillari (so'lak, shilliq va shilliq osti qavat hujayralarining to'siqlik xossalari) ham mavjud. So'lak tarkibida kuchli bakteriostatik xususiyatga ega moddalar (lizotsim, fermentlar, S IgA va boshqalar) bo'ladi. Shunga qaramay, og'iz bo'shlig'ini toza saqlashning asosiy omili bu og'iz bo'shlig'i gigiyenasi hisoblanadi, ya'ni kuniga ovqatlangandan so'ng tishlarni tish pastasi bilan 2—3 marta yuvish va yiliga 1—2 marta toshlardan tozalatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |