BOLALAR VA KEKSALAR TERISIN1NG O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Yosh bolalar terisi nozik, yupqa bo'lsa, yosh o'tgan sayin, ya'ni keksalarda ancha o'zgaradi. Teri shalvillagan, serburma bo'lib qoladi. Bolalar terisining tuzilishi yoshga qarab o'zgarib boradi. Katta yoshdagilarda yaxshi rivojlangan epidermis bolalarda juda yupqa, unchalik shakllanmagan bo'lib, mexanik ta'sirdan saiga jarohatlanishi, yara-chaqalar paydo bo'lishi mumkin. Uning qavatlari bir-biri bilan nozik bog'lanib, hujayralari siyrak joylashadi. Muguzlanish oson kechadi, donador va yaltiroq qavatlari bolaning hatto qo'l va oyoq kaftlarida ham unchalik taraqqiy etmagan bo'ladi. Teri yuzasidagi suv-yog'dan iborat yupqa parda (mantiya) muhiti kattalar terisidagidek kislotali bo'lmay, aksincha neytral yoki kuchsiz ishqorli bo'ladi. Shuning uchun uning bakteriotsid ta'siri pastdir. Shu bilan birga bola terisining gidrofilligi, undagi moddalar almashinuvi jadalligining yuqori bo'lishi, buqoq bezi funksiyasining oshishi teridagi regenerativ (tiklanish) reaksiyalar faolligini oshiradi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va ko'krak yoshidagi bolalar organiz-mining har xil kasalliklarga qarshi kuchi onaning immuniteti va ona sutining immunologik xususiyatlariga bog'liq. Masalan, 4 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida dermatomikozlar ko'p uchraydi, chunki tug'ma immunitetning kuchi 1 yoshgacha yetadi, hayotda orttirilgan immunitet esa hali barqarorlashmagan bo'ladi. Yosh bolalarning asl terisi (derma) hujayra elementlari argirofil tolalarga boy. Kollagen, elastik tolalar esa kattalardagiga qaraganda ancha mayin, ingichka bo'ladi. Hujayralararo qavatlarda hali yaxshi shakllanmagan qo'shimcha to'qima hujayralari ko'p uchraydi. Ter bezlari unchalik rivojlanmaganligiga qaramay yog' bezlari va soch ildizlari yaxshi rivojlangan bo'ladi. Ko'krak yoshidagi go'daklar teri osti yog' qavatining og'irligi bolalar tanasi og'irligiga nisbatan kattalardagiga qaraganda besh barobar ko'p. Yog' hujayralari va biriktiruvchi to'qimali qoplamalar nodifferensiallangan, morfologik ko'rinish embrional xarakterda bo'ladi. Ular tarkibida palmitin va stearin yog' kislotalarini kattalarnikiga qaraganda ko'p tutadi. Yog' bezlari hajmi ancha katta, bitta soch follikulasi atrofida 6—8 ta yog' bezi chegaralangan holda turadi.
Bolalar terisining qon tomirlari va limfatik tizimi deyarli katta -larniki bilanbirxil, ammo nodifferensiallangan, endoteliyali mayda kapillyarlar to'ri doimo dilatatsiya holida bo'ladi. Ular terisining fiziologikgiperemiyalanib yoki qizg'imtir, oqimtir bo'lishi shu bilan tushuntiriladi. Bolalar terisi nerv-retseptor apparatining ko'pchiligi hali unchalik rivojlanmagan bo'ladi. Harorat sezgisini idrok qiladigan tanachalar go'dak 1 yoshga to'lishi arafasida rivojlanadi.
Bolalar terisidagi gazlar almashinuvi kattalarnikiga nisbatan ancha faolroq boradi, ya'ni organizmdagi jami gazlar almashinu-vining 1 % ni tashkil qiladi. Shu bilan birga emadigan bolalar terisining rezorbsion xususiyati ifodalangan bo'lib, ayniqsa, ular zararlangan teri sohasida kuchli kechadi.
Teridagi muhitning ko'proq ishqoriy bo'lishi, pigmentlanish-ning sustligi, organizm immunologik xususiyatining pastligi bolalar terisining tez-tez zararlanishiga olib keladi. Demak, bolalar terisidagi yuqorida ta'kidlab o'tilgan anatomik-fiziologik xususiyatlar hisobiga (jumladan, terining ancha yupqaligi, gidrofil bo'lishi, tarkibida suv va mineral moddalarning ko'pligi, teri qavatlaridagi tolalarning mustahkam bo'lmasligi, immunologik holatning yetarli rivojlanmaganligi) bolalar terisida har xil kasalliklar tez-tez uchrab turadi.
Bola unib ulg'aygan sari teri tuzilishi, lining barcha xususiyat-lari (6—8 yoshdan boshlab) xuddi kattalarnikidek bo'lib boradi. Teri qavatlari mustahkamlanib, ulardagi tolalar yo'g'onlashadi, pigment hujayralari, yog' va ter bezlarining funksiyalari o'zgaradi. Odam keksaygan sari uning organizmida bo'lgani kabi terisida ham atrofik, jarayonlar asta-sekin avj olib boradi. Terining rangi, elastikligi, mayinligi va boshqa xususiyatlari o'zgaradi. Yog' va ter bezlari soni kamayib, funksiyasi susayib qolganligi hisobiga teri yuzasi qurib, muguzlanish ko'payadi. Terining epidermis qavati biroz yo'g'on tortadi. Terida gaz almashish, so'rilish, suv va mineral moddalarning taqsimlanishi ancha sust kechadi. Oqibatda yuqoridagi barcha o'zgarishlar parallel ravishda butun organizm faoliyatiga ta'sir qiladi. Taktil, harorat, bosim kabi funksiyalar keksalar terisida pasayib qoladi, immun jarayonlar izdan chiqa boshlaydi, terisi o'sma ka-salliklariga moyil bo'ladi. Yara-chaqalar tez-tez chiqib turadi.
Og'riq, qichishish, issiq-sovuqni idora qiladigan nerv tolalari sezish funksiyasining pasayishi tufayli allergik dermatozlar unchalik rivojlanmaydi, lekin surunkali uzoq davom etadi. Keksa odamlarda teri kasalliklarini davolash va oldini olishda ana shu holatlarni hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |