E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet5/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Teri muskullariga ko'ndalang-targ'il yuz terisi, ko'krak bezi uchi, orqa chiqaruv teshigi sfinkteri, olat kertmagi, yorg'oq teri-sining yassi muskullari kiradi. Ayniqsa, sochlarni ko'taruvchi mus-kullar (mm. arrectores pilorum) ko'p uchraydi. Ularning bir uchi 45° burchak ostida soch follikulasiga, ikkinchi uchi dermaning so'rg'ichsimon qavatiga birikadi. Ular qisqarganda ter bezlaridan sekret ajralib chiqishi ko'payadi hamda soch tolalari dikkayib, teri limon po'chog'i ko'rinishini oladi.

Terining oziqlanishi va innervatsiyasi. Teri juda rivojlangan qon va limfa tomirlari hisobiga oziqlanadi. Bu o'rinda shuni aytish kerakki, teridagi barcha qon tomirlarga organizmdagi umumiy qonning 1/5 qismi sig'a oladi. Fassiyadan chiqqan katta qon to­mirlar terida yuza va chuqur qon tomirlar to'rini tashkil etadi.

Terining epidermis qismi o'z qon tomirlariga ega emas, ular dermaning so'rg'ichsimon qavat kapillyarlari hisobiga ta'minlana-di. Limfa tomirlari ham dermaning so'rg'ichlaridan boshlanib, yuza va gi podermada joylashgan chuqur to'rlarni hosil qiladi. Yuza limfa tugunlari anastomoz hosil qilib birikadi. Ular fassiya va muskullar limfa tomirlariga ulanib, regionar limfa tugunlariga tomon yo'naladi. Terining inversiyasi organizmni tashqi muhit bilan bog'lab turadi. Teri sathi mo'l-ko'l nerv tolalari bilan ta'minlangan. Bu new tolalari terida katta retseptor maydonini yuzaga keltiradi. Ular butun ma'lumotlarni markaziy asab tizimiga yetkazib turadi. Teri innervatsiyasini erkin nerv tolalari bilan birgalikda o'z kap-sulasiga ega bo'lgan tanachalar olib boradi.

Terida joylashgan kapsulali nerv oxirlariga plastinkasimon Fater— Pachini tanachasi, Meysner tanachasi, Krauze kolbachasi, Ruffmi tanachasi, Markel disklari kiradi. Plastinkasimon Fater — Pachini tanachalari, ayniqsa, oyoq, qo'l kaftlarida, jinsiy a'zolar-da ko'p joylashgan bo'lib, chuqur bosimni sezadi, tanachalar ichida to'qima suyuqligi boigan ikki qavat biriktiruvchi to'qimali plastinkalardan iborat bo'lib, uzunligi 3 mm. ga yetadi. Nerv oxir-lari tanachaga yetganda qobig'ini yo'qotadi va yumshoqqina bo'lib tanacha ichiga kiradi va uchlari tugmasimon keng tarmoq beradi. Ruffini tanachalari issiqni, so'rg'ichsimon qavatda joylashgan Krauze kolbachalari esa sovuqni sezadi. Ular qo'l panjalarida, shilliq qavatlarida, olat boshida va ayollarda jinsiy uyatli lablarida ko'p uchraydi. Meysner tanachalari teri sathiga «tegishni» idrok etadi. Ular odamda juda yaxshi rivojlangan, ayniqsa, barmoqlar, lab va til shilliq qavatida ko'p bo'ladi. Markel disklari tikansimon qavatda joylashib, og'riqni qabul qiladi, taktil sezgini bajaradi. Terining 1 sin2 sathiga 5000 dan ortiq sezgi nerv oxirlari to'g'ri keladi. Shu-lardan 200 tasi og'riqni, 12 tasi sovuqni, 2 tasi issiqni sezadi, 25 tasi retseptorlar bosimini qabul qiladi.


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish