TERI KASALLIKLARINING UMUMIY KLINIK BELGILARI
Odatda, subyektiv va obyektiv belgilar tafovut qilinadi.
Subyektiv belgilar zararlangan teri sohasining qichishishi, achishishi, og'rishi, tortishib turishi, paresteziya va shu kabilardir. Ayrim bemorlarda harorat ko'tarilib, et uvishishi, uyquning buzilishi kabi holatlar kuzatiladi. Ammo shuni ta'kidlash joizki, subyektiv belgilar ba'zi kasalliklarning eng asosiy belgilaridan hisoblanadi, chunki ma'lum dermatozlar qichishish bilan kechadi (qo'tir, eshakem, qichima, neyrodermit, qizil yassi temiratki, ekzema va boshqalar), ayrim kasalliklar (psoriaz, pushti temiratki, piodermitlar va boshqaiar)da qichishish bo'lmasligi ham mumkin. Qo'tirda qichishish asosan kechasi zo'rayadi. Demak, subyektiv belgilar bemoming shikoyatidan iborat bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |