Tuguncha — teri damidan ko'tarilib turadigan bo'shliqsiz element. Tabiatan yallig'lanishga aloqador bo'lishi yoki bo'lmasligi ham mumkin. Tugunchalar epidermisda joylashsa — epidermal papulalar (yassi so'galda uchraydi) yoki dermada bo'lsa — dermal papulalarni (ikkilamchi zaxmda) yuzaga keltiradi, aksariyat papulalar — epidermodermal bo'ladi (qizil yassi yoki tangachali temiratki, neyrodermit). Tugunchalar o'rnida odatda chandiq, chandiqli atrofiya kabi izlar qolmaydi, ammo giper yoki depigmentli dog'larqolishi kuzatiladi. Tugunchalarning rangi pushti, qo'ng^ir, misdek qizil, ko'kish-qizil bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |