Davosi. Sochni olib tashlash, boshning sochli qismi terisidagi sirkalar xitini (qoplama)ni eritish uchun 3 % li iliq sirka eritma-sidan foydalanish tavsiya etiladi.^yollar yoki sochi olinmagan erkaklarning boshiga kerosin va o'simlik moyini (kungaboqar moyi) teng miqdorda aralashtirib, 2—3 qavat dokaga shimdiri-ladi, so'ngra boshga yaxshilab o'raladi, ustidan pergament qog'ozi qo'yilgan holda ustidan yana doka yoki toza ro'mol bilan o'raladi. Bir kecha shundayligicha qoldirilib, so'ngra boshni iliq suvva sovun bilan obdon yuviladi. Muolajani 2—3 kun oralatib yana bir bor takrorlash mumkin.p>Sirkalarni yo'qotish uchun ovqat sirkasini iliq qilib boshga surtiladi va mayda tishli taroq bilan taraladi. Ba'zan 10 % li benzilbenzoatning suv-sovunli eritma-sidan ham foydalaniladi. Bit va sirkalarni yo'qotish uchun benzilbenzoatning 20 % li suv-sovunli eritmasi, «Nittifor» qo'llaniladi.
" Kiyim biti, asosan, ichki va ustki kiyim burmalarida, aksariyat yoqa, yeng burmalarida, kiyim-kechaklarning choklarida bo'lib, kul rang bosh bitidan biroz kattaroq bo'ladi. U qon so'rish uchun teriga o'tadi; ensa, yelka, kurak, bo'yin, qo'ltiq atrofi, bel sohasi,
77
Qo'tir kasalligining yuqish yo'llarini bayon eting.
Qanday belgilari asosida qo'tirni boshqa teri qichimalaridan farqlash
iniimkin?
Bosh biti, kiyim va qov bitlarining yuqish yo'llari xususida nima bilasiz?
Dermatozoonozlarni davolash usullari va profilaktikasini aytib bering.
1
ya'ni kiyim burmalariga to'g'ri keladigan joylarni ko'proq chaqadi. ™ Bit chaqqan joy qattiq qichiydi, teri yuzasidan bemorning qashingan tirnoq izlari, sarg'ish-mis rang qora qo'tir po'stlar yaqqol ko'rinadi. Uzoq vaqt bitlab yurganlar terisi ancha qurib, po'stlanadi, ikkilamchi infeksiya tushishi impetigo, follikulit, chipqonga sabab bo'ladi.Terisi xiralashib pigmentlanadi.
Davosi. Choyshab, ko'rpa-to'shak va yostiq jildlari, ichki va ustki kiyimlar 2—5 % sovunli eritmaga solinib, keyin qaynatiladi, ba'zan dezinfeksiyalanadi. Dam-badam sovun bilan yuvinib turish tavsiya etiladi.
Qov biti, asosan, qov sohasi va jinsiy a'zolar atrofidagi jun-larga yopishib oladi va o'z umri davomida 8—12 ta tuxum qo'yadi. U ichki kiyim, choyshab, ko'rpa-to'shak jildlari orqali, aksariyat jinsiy aloqada yuqib qoladi. Pedikulyozning bu turi jinsiy yo'l bilan yuquvchi kasalliklar guruhiga kiritilgan.
Bit chaqqan joylarda, ya'ni qov sohasi terisida kattaligi 0,2—0,3 sm keladigan gemorragik, ko'kish havo rang tusdagi dog'lar paydo bo'ladi. Dog'lar bit so'lagining gemoglobinga ta'siri tufayli yuzaga kelib, bosib ko'rilganda yo'qolmaydi. Bit chaqqan joy terisi qattiq qichishadi. Shujoylardan qirib olingan materiallarda qov biti osongina topiladi.
Davosi. Davolashda dastlab jinsiy a'zolar, anus atrofi va boshqa joylardagi junlar qirib tashlanadi. Keyin issiq suv bilan sovunlab yuviladi va 2—3 kun 10 % li oq simob malhami surtiladi. 20 % li benzilbenzoat hamda sovunli-solvent emulsiyasi ham yaxshi naf beradi. Ichki kiyim va ко'фа-to'shak jildlari 10 % li sovunli-solvent pastali eritmada bir necha soat saqlanadi. Xuddi shu eritmaning 20 % lisi xonalarni tozalash uchun ishlatiladi.
Bitlashning oldini olish va profllaktikasi. Bitlashning oldini oiish, asosan, aholining moddiy farovonligi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan holda uni hayotga tatbiq etishdan iborat. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, choyshab, ichki kiyim, ko'rpa-to'shak jildlarini har haftada almashti-rib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab kiyish, birovlarning o'rniga yotmaslik, tasodifan jinsiy aloqa qilmaslik va boshqalarga amal qilish zarur.
1. Qo'tir qaysi kasalliklar bilan taqqoslanadi?
A) ekzema, qichima, mikozlar
bilan;
B) qichima, ekzema, mikrob
ekzemasi bilan;
D) ekzema, pedikulyoz, yomon
yara bilan;
E) to'g'ri javob yo'q.
2. Vilkinson malhamining tarkibini aniqlang:
15 % li oltingugLirt, 30 % yashil
sovun, 30 % vazelin;
20 % oltingugurt, 10% yashil
sovun, 15 % vazelin;
D) 15 % katron, 15 % yashil
sovun, 33 % oltingugurt;
E) 10 % oltingugurt, 33 % yashil
sovun, 15 % vazelin.
3. 5 % li К sovun eritmasidan necha
kun surtish tavsiya etiladi?
10 kun;
8 kun;
D) 5 kun;
E) 3 kun.
Do'stlaringiz bilan baham: |