E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet52/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Kattalar qichimasi. Qo'l va oyoqlarning yoziluvchan yuzalari, bel, qorin, dumba terisi qichishib tugunchali toshmalar toshadi. Papulalar terida sochilgan holda joylashib, ularning ko'pchiligi qonab qotib qolgan po'stlar bilan qoplanib turadi, tugunchalar qattiq qichishadi, ular yo'qolib ketganidan key in ba'zan chan-diqchalar qoladi. Teridagi ba'zi elementlar ko'pchib qavarchiqqa o'xshab ketadi. Ko'pincha kasallik ikkilamchi infeksiya bilan murakkablashadi. Qichimada ham neyrodermitdagidek be-morlarning umumiy ahvoli o'zgarib asabiy holat vujudga keladi. Kasallik surunkali kechadi. Davolash neyrodermitni davolashga o'xshash.'

ESHAKEM (URTICARIA)



Eshakem — allergik kasallik bo'lib, terida, ba'zan shilliq qavat-larda qavarchiqlar paydo bo'lishi va qattiq qichishishi bilan ifoda-lanadi.

Etiologiyasi va patogenezi- Kasallik asosida organizmning turli ta'sirlarga o'ta sezuvchan bo'lib qolishi yotadi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar ekzogen (kimyoviy, mexanik, fizik, dori-darmonlar, oziq-ovqatlar) va endogen (ichki organlar patolo-giyasi — me'da-ichak, jigar, asab tizimi ishlash faoliyatlarining buzilishi) bo'lishi mumkin. Endogen va ekzogen omillar ta'sirida organizmda gistamin, serotonin va boshqa biologik faol moddalar miqdori ortadi, natijada bu moddalar kapillyarlarni kengaytirib, ularning o'tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi va dermaning so'rg'ich qavatida o'tkir shish holatini vujudga keltiradi. Gistamin va boshqa bioaktiv moddalar, asosan, bazofil hujayralarda joyla­shib, ular proteaz fermentlar faolligi oshganda hujayralardan aj-ralib chiqadi. Proteaz fermentining faolligi antitelo-antigen reaksiyasi natijasidaoshadi.

94

Klinikasi. Klinik kechishiga ko'ra eshakemning o'tkir, surun-Icali retsidiv (qaytalab turuvchi) va turg'un tugunchali xillari farq qilinadi.

O'tkir eshakem birdan bemor terisiga qavarchiqlar toshishi va kuchli qichish bilan boshlanadi. Qavarchiqlar teri damidan ko'ta-rilib turadi va pushti-qizil rangda, shakli yumaloq yoki cho'zinchoq bo'lishi mumkin, ba'zan ular bir-biri bilan qo'shilib, har xil shaklga kiradi. Bunda bemorning ahvoli o'zgaradi, tana harorati ko'tariladi, darmonsizlik, me'da-ichak faoliyatining buzilishi, «eshakemli lixoradka» kuzatiladi. Eshakem badanning turli qismiga toshishi mumkin. Toshmalar ko'pincha hiqildoq, halqum va shilliq qavatlarda ham paydo bo'lishi mumkin, bunda shu joylar shishib, nafas olish va yutish qiyinlashadi. Bir necha soatdan keyin eshakem batamom yo'qoladi. ba'zan qaytalanib turadi.

Kvinkning o'tkir chegaralangan shishi (angionevrotik shish) — o'tkir eshakemning bir xili bo'lib, terida (yoki shilliq qavatda), teri osti kletchatkasida yoki jinsiy a'zolarda chegaralangan shish paydo bo'lishi bilan ifodalanadi. Teri dag'al, elastik, oqish yoki pushti rangda bo'ladi. Bemorlar qichishishga shikoyat qilmasliklari ham mumkin. Bu ko'pincha oddiy eshakem bilan birga kechadi. Kvinkning chegaralangan shishi xavfliroq bo'lib, uning hi-qildoqdagi toshmalari stenoz yoki asfiksiyaga sabab bo'lishi mumkin.



Surunkali qaytalanib turuvchi eshakemcla toshmalar soni ko'p bo'lmaydi, lekin ular bir necha oy yoki yillab davom etadi. Esha­kemning bu turi surunkali infeksion o'choqlar (tonzillit, xoletsistit va boshqalar) tufayli vujudga keladi. Toshmalar toshganda be­morning umumiy ahvoli o'zgaradi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynash, qusish va diarreya holatlari, shuningdek qonda eozinofiliya va trombotsitopeniya kuzatiladi.

Turg'un tugunchali eshakem bemor terisidagi qavarchiqli tosh-malarning uzoq turishi va papulalarga aylanishi oqibatida vujudga keladi. Bunda teridagi chegaralangan shish o'rnini asta-sekin lim-fotsitlardan iborat infiltrat egallaydi va giperkeratoz, akantoz jarayoni kuzatiladi. Toshmalar asosan qo'l va oyoqning yoziluvchi qismlariga toshib, qizg'ish-qo'ng'ir rangda bo'ladi.

95

TEST SAVOLLARI




Quyosh (oftob) ta'sirida vujudga keladigan eshakem — foto-dermatozlar guruhiga mansub bo'lib, asosan jigar xastaligi va porfirin modda almashinuvi buzilgan hamda quyosh nuriga o'ta sezuvchan kishilarda uchraydi. Kasallik bahor va yoz oyJarida qo'zib, badanning quyosh nuri tushib turadigan ochiq joylarida (yuz, qo'l, bo'yin) uchraydi. Toshma elementlari oddiy eshakemdagi elementlardan farq qilmaydi.

Gistopatologiyasi. O'tkir yallig'lanish jarayoni bilan ifodalana-di. Epidermisda hujayralar orasida shish, dermaning so'rg'ich qava-tida esa — seroz suyuqJikning to'planishi, biriktiruvchi to'qima-ning mo'rtlashuvi, tomirlar atrofida eozinofil, limfotsit va gis-tiotsitlardan iborat infiltrat kuzatiladi.

Tashxisi. Eshakemni aniqlash qiyin emas. Kasallikni strofu-lyus, hasharotlar chaqishidan kelib chiqqan dermatitlar hamda Dyuringning gerpetiform dermatitidan farqlay bilish lozim.

Davosi. Birinchi galda kasallikni keltirib chiqargan omillarni (me'da-ichak va asab tizimi patologiyasi, surunkali infeksion o'choq-lari va boshqalar) aniqlash va ularni bartaraf etish zarur. Giposensibilizatsiyalovchi, antigistamin va tinchiantiruvchi dori-lar tavsiya etiladi, og'irroq hollarda steroidli preparatlar ichish bu-yuriladi. O'tkir eshakemda surgi, tozalovchi klizma qilish, siydik haydovchi doriiar (furosemid, lazisk va boshqalar) berish maqsadga muvofiq.

Mahalliy davo sifatida suv va qo'rg'oshinli pasta, chayqatmalar, gormonal malham hamda kremlar ishlatiladi. Bemorlarga parhez qilish tavsiya etiladi.

1. Ekzemaning turlarini ajrating:


  1. chin va yolg'on ekzema, katta-
    lar ekzemasi;

  2. chin, kasbga oid, seboreyali
    ekzema, bolalar ekzemasi;

D) bolalar va kattalar ekzemasi;

E) kasbga oid ekzema, kattalar


ekzemasi.

2. Teri qichishishida qaysi obyektiv


belgilar kuzatilmaydi?

  1. birlamchi morfologik ele-
    mentlar;

  2. gemoragik po'stloqlar;

D) ikkilamchi morfologik ele-
mentlar;

E) subyektiv shikoyatlar.

3. Neyrodermitning qanday klinik
ko'rinishlari tafovut qilinadi?

A) gipertrofik;

B) folikulyar va diffuz;

D) diffuz va chegaralangan;

E) o'choqli.

4. Atopik dermatit gavdaning qaysi


qismlarida uchraydi?

  1. orqa va dumbada, boldirda;

  2. sonning ichki sohasida, oyoq
    kafti va panjada;

D) yuz, bo'yin, tirsak, tizza buk-
lamalarida;

E) qo'l kafti va panjalarida, tirsak,


ensada.

5. Eshakem kasalligining asosida


qanday omil yotadi?

A) endogen ta'sirlar;

B) turli ta'sirlarga o'ta sezuvchanlik;

D) fizik, biologik, kimyoviy;

E) to'g'ri javob yo'q.


. Dermatit va toksikodermiyaning paydo bo'lishi sababiarini so'zlab bering.

  1. Allergik dcrmatitlarni izohlang.

  2. Ekzemaning rivojlanish bosqichlarini bayon eting.

  3. Neyrodcrmit kasalligining asosiy belgilari qanday?

  4. Bolalar qichimasi va cshakemning bir-biridan farqni ayting.

  5. Qichish bilan kechadigan teri kasalliklarini davolashda nimalarga e'tibor
    berish kcrak?


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish