E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet43/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил

Ikkinchi usulda terining qo'tir kanasi bor deb gumon qilingan qismi spirt bilan dezinfeksiya qilinib, pufakchalarning usti kana yo'li bo'ylab yuza qilib (faqat epidermisning shox qatlami) kesib olinadi, kesilgan joyga esa yod surtiladi (kesish uchun o'tkir skalpel yoki ustara ishlatiladi). Kesib olingan material oyna ustiga qo'yilib, ustiga 30 % li o'yuvchi natriy eritmasidan bir tomchi tomiziladi. So'ngra mikroskopning awaliga 8X li, keyin 40X li obyektivlarida ko'zdan kechiriladi. To'g'ri olinib, yaxshi tayyorlangan preparatdan kanani oson topish mumkin. Qo'tir kanasi shakli toshbaqasimonligi, to'q jigarrangligi, kallasi va oyoqlari aniq ko'rinishi bilan ajralib turadi. Uchinchi usul. Bemorning tanasidagi qo'tirning klinik manzarasi aniq ko'zga tashlangan joylar tanlab olinadi. Qo'tir yo'lining ko'r qismiga, ya'ni pufakchalarga 40 % li sut kislotasidan bir tomchi tomiziladi va 3—5 daqiqa kutib turiladi. So'ng tomchi o'rnidan material olinib, mikroskopda tekshiriladi (agar buyum oynasiga sut kislotasi tomizilsa, kanani uzoq saqlash mumkin). Kasallik ro'y-rost ko'zga tashlanib tursa-da, qo'tir kanasi har doim ham topi-lavermaydi. Shuning uchun ham tekshirishni bir necha marotaba qaytarish kerak bo'ladi. <sDavosi. Qo'tirni davolashda terining muguz qavatini ko'chirib,

74

kana yoilariga kirib boradigan hamda to'g'ridan-to'g'ri kanani yo'qotadigan preparatlardan foydalaniladi.>Ayniqsa, professor ivl.P.Demyanovich usuli juda qulay bo'lib, bunda bemor o'zi-ning asosiy ishidan qolmaydi, kiyimlari ifloslanmaydi. Bu usul bo'yicha kasallikka davo qilishda ikki xil dori entmasi, ya'ni 60 % li natriy tiosulfat hamda 6 % li xlorid kislota eritmasi buyuriladi."} Bemor natriy tiosulfat (№ 1) eritmasini biron idishga quyadi va ikki kaftini doriga botirib, bo'ynidan to tovonigacha ishqalash yo'li bilan 2—5 minutda surtib chiqqach, 5—10 minut dam oladi. £Qisqa vaqt ichida 1-eritmaning suyuq qismi uchib ketadi, bemor badanida esa tiosulfat kristallari qoladi va u xuddi upa sepgandek oqarib ketadi.'Keyin xlorid kislota (№ 2) eritmasi ham xuddi shu yo'sinda surtiladi, muolaja tugagach bemor badanini quritib, toza kiyim kiyadi hamda ko'rpa-to'shaklarini almashtiradi. Ikki kun xuddi shu zaylda davo qaytarilib, yuvinishiga ikki, kundan so'ng ruxsat beriladi.

Oltingugurtning 20—33 % li malhami, bolalarga 5—10 % lisi 5—6 kun mobaynida xuddi yuqoridagidek tartibda ishlatiladi. Bi-roq malhamlar ba'zan inson terisini ta'sirlashi va doridan derma-tit paydo qilishi, shuningdek, o'zidan qo'lansa hid chiqarishi hamda kiyim, ko'rpa-to'shakda dog' qoldirishi mumkin.

Qo'tirga qarshi dori ishlatishdan oldin, bemor yaxshilab yuvi-nishi lozim, chunki mexanik yo'l bilan teri yuzasidagi kanalar tushib ketadi. Agar ikkilamchi mikroblar tushib, jarayon yiring-lashgan yoki ekzemalashgan bo'lsa, cho'milish tavsiya etilmaydi. Shu bilan birgalikda davo olib borilayotgan paytda ham cho'milish mumkin emas. Anti parazitar moddalar, ayniqsa, burmali sohalarga singdirib surtiladi, ammo yiringlashgan, impetigolashgan joylarga ehtiyotlik bilan surtish talab etiladi; shu bilan birga ikkilamchi piokokk infeksiyasiga ham qarshi davo qo'llaniladi. Qo'tir kasalli-gini davolashda benzilbenzoat ancha yaxshi naf beradi. Kattalar uchun 20 % li, yosh bolalarga 10 % li sovunli-suvli benzilbenzoat eritmasi qo'llaniladi, eritma tayyorlangandan to 7 kungacha o'z kuchini saqlaydi.

Davolashda yana 5 % li «K» sovun emulsiyadan ham foyda-

75

lanish mumkin. Uni 5 kun davomida surtish tavsiya etiladi; hadeganda tuzalavermasa, 3—5 kundan so'ng shu tartib yana takrorlanadi. Kasallik allergik dermatit bilan asoratlanganida anti parazitar dorilardan tashqari sharoitga qarab, desensi-bilizatsiyalovchi va antigistamin preparatlar buyuriladi. Qo'tirga piokokk infeksiyasi qo'shilgan hollarda antibiotiklar, sulfanilamidlar, surtishga oltingugurt-degtyar, bor-degtyar, oksikort, triderm malhamlari hamda anilin bo'yoqlari, 2 % li salitsil spirti buyuriladi. l^Kasallikning olclini olish va profilaktikasi. Kasallik borligi aniqlanganida maxsus xabarnoma to'ldirilib, tegishli joylarga yuboriladi. Bemor bilan muloqotda bo'lganlar, oila a'zolari obdon ko'zdan kechiriladi. Xasta bola batamom tuzalib ketmagunicha, uni sog'lom tengdoshlari safiga (yasli, bog'cha, maktabga) qo'shilmaydi/?

^IBemorning ichki va ustki kiyimlari, ko'rpa-to'shaklari, ish-latgan asbob-anjomlari, o'yinchoqlari dezinfeksiya (DDT, «K» sovuni) qilinishi zamr^Dezinfeksiya maxsus nam kameralarda ba-jariladi. U bo'lmagan taqdirda kiyim-kechaklarni qaynatib, yaxshilab dazmollash zarur. Ko'rpa-to'shaklarni oftobga yoyib, har kuni bir necha marta orqa-o'ngini ag'darib turish (4—5 lain) lozim. Qo'tirga chalinganlar ko'payib ketganda davolash uchun maxsus skabiozoriylar ochilib, aholi o'rtasida yuqumli kasallik haqida tushuntirish ishlari olib boriladi.

BITLASH (PEDIKULYOZ, PEDICULOSIS)

\Bitlar odam va sut emizuvchi hayvonlarda uchraydigan qon so'rar ekzoparazitdir. Hayvon bitlari odam uchun yuqumsiz. Bitlar odamdan-odamga uning ko'rpa-to'shaklari, kiyim-boshlari orqali o'tib, xo'jasining qoni bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3—0,5 ml. gacha qon so'rishi mumkin.*£)on so'rilganida u teriga yopishib, qichitadigan so'lak chiqaradi. Odamda bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus corporis) va qov biti (Pediculus pubis) uchraydi.



KjBosh to/to'g'ridan-to'g'ri bosh kiyimi va ko'rpa-to'shak, ba'-zan soch oldirganda yuqib qoladi. Bosh biti boshning sochli qis-mida bo'ladi. Urg'ochi bit o'zining 1 — 1,5 oylik hayoti davrida 100—

76

150 taga yaqin sirka (tuxum) qo'yadi va ular esa sochga mahkam yopishib oladi. Sirkalarning rangi oqimtir-sarg'ish bo'lib, lupasiz ham yaxshi ko'rinadi. Aksariyat qora sochlilarda aniq, oq va sarg'imtir sochlilarda esa biroz xira bo'lib ko'zga tashlanadi. Bosh biti bir kecha-kunduzda ikki-uch marta qon so'radi. Oziqasiz ko'pi bilan 7—10 kun tirik turadi; ularning harakati havo haroratiga bog'Hq, masalan 25—27°C da 20—35 sm. ga o'rmalab borishi mumkin, 5°C da harakati keskin susayadi>Odamzot bit so'lagiga turli darajada sezgir bo'ladi. Bit chaqqan joy qattiq qichiydi, qashilgan joylarga ikkilamchi stafilo-streptokokkli infeksiyalar tushib, piodermitlarga sabab bo'ladi.



Oylab bitlab yuradiganlarning sochlari bir-biriga yopishib, ta-rab bo'1 mas darajaga tushib qoladi. Bosh terisi qoraqo'tir va ke-paklar bilan qoplanib, sochlar xira tortadi^Ikkilamchi infeksiya tufayli impetigo, follikulit kabi teri kasalliklari yuzaga keladi, bo'yin va boshqa sohadagi limfa tugunlari kattalashadi. Sirka yoki bit topilishi to'g'ri tashxis qo'yishga yordam beradi.


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish