3.O`g`uz lahjasi – Janubiy Xorazmdagi Urganch, Hazorasp, Xiva, Xonqa, Qo`shko`pir, Shovot tumani va bir qancha shevalarni o`z ichiga oladi. Xususiyatlari: 1) unlining qisqa va cho`ziq aytilishi farqlanadi: at(hayvon) - a:d (ism), o’t (o’simlik)-o’:d (olov), yaz (yozmoq)-ya:z (fasl) 2) -ga jo`nalish kelishi o`rnida –a, -na; -ning qo`shimchalari o`rnida –ing qo`shimchasi qo`llaniladi: yorimga-yorima, qo`liga-qo`lina, akamning – akaming; 3) so’z boshidagi t o`rnida d , k o`rnida g qo`llaniladi: keling-galing, tog`-dog`, ko’z - go’z.
Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Toshkent va Farg`ona shevalari asos qilib olingan: Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg`ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo’lgan.
Adabiy tilning 2 xil shakli mavjud: 1.Og`zaki adabiy til - radio, televideniye tili. 2.Yozma adabiy til - gazeta, jurnal, kitoblar tili. Shevalarning esa faqat og`zaki shakli mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |