O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari
|
Nomi
|
Davr
|
Manbalar
|
1
|
Qadimgi turkiy til
|
Eng qadimgi asrlardan – X asrgacha
|
O`rxun-Enasoy obidalari (To`nyuquq, Kultegin, Bilga xoqon, ”Irq bitigi”), qog`ozga yozilgan ilk manba “Irq bitigi” (“Ta’birnoma”)
|
2
|
Eski turkiy til
|
XI–XII asrlar
|
“Devoni lug`otit turk”, “Qutadg`u bilig”, “Hibbat ul haqoyiq”, Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”
|
3
|
Eski o`zbek adabiy tili
|
XII – XIII asrdan – XX asr boshlarigacha
|
Qul Ali “Qissayi Yusuf” (1239), Rabg`uziy “Qissasi Rabg`uziy”(1310), “Tafsir”(XIII asr), “O`g`uznoma”, Sayfi Saroiy “Guliston”, Xorazmiy “Muhabbatnoma”, ”Muqaddimat ul-adab”, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Muqimiy asarlari tili
|
4
|
Yangi o`zbek adabiy tili
|
XX asrning 30-yillaridan hozirgacha
|
Behbudiy, Avloniy, Fitrat, A.Qodiriy, G`.G`ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov... asarlari
|
1. Qadimgi turkiy til. Hozirgi barcha turkiy tillar (o’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, turkman, ozarbayjon, usmonli turk, tatar, xakas, yoqut va boshq.) uchun qadimgi turkiy til umumiy til (bobo til) sanaladi. Bu davrga mansub so`zlar: budun-xalq, ingek-sigir, bilig - bilim yag`i - dushman, yov, batsiq - g`arb, ko`ch - urug`, zot, o`kush - ko`p, o`z - jon, vujud, art - tepa, dovon, erik - mard, jasur, botir.
2.Eski turkiy til.
X—XII asrlar qoraxoniylar davlati hukm surgan davrdir. Qoraxoniylar davlatida arab tili ilmiy va diniy til b o ‘Iib qoldi, fors-tojik tili rasmiy va adabiy til b o ‘Isa-da, turkiy tilda ham rasmiy hujjatlar tuzildi. Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo’lgan til sanaladi. Mahmud Qoshg`ariy tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka asos soldi. Bu davrga mansub so`zlar: Ko`kramak - na’ra tortmoq, qirg`ilach - qaldirg`och, sandilach - sa’va, elig – hukmdor, sandug`ach – bulbul, bo`g`u – dono, ko`ni - to`g`ri, rost, haqqoniy, al – qizil, erdam – odob, qut - baxt, baraka, emgak – mehnat, uma – mehmon, erdamsiz – dangasa.
“Devoni lug’otit turk”dan parcha: 1.”Emgak ekinda qolmas” – Mehnat bekorga ketmas. 2. ”Uma kelsa, qut kelur” – Mehmon kelsa, baraka keladi. 3.”Erdamsizdan qut chertilur” – Dangasadan baxt ketadi. 4. ”Erdam boshi – til” – Odob boshi – til. 5.Erik erni yag’lig’, ermagu bashu qanlig –Tirishqoqning labi yog’lig’,erinchoq, dangasaning boshi qonlik. 6. ”O’kuz azaqi bo’lg’uncha,buzag’u bashi bo’lsa yik” – Ho’kizning oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq. 7. ”Kichikda qatig’lansa, ulg’azu sevnur” –Yoshlikda mashaqqat cheksa,ulg’ayganda sevinadi.
3.Eski o`zbek adabiy tili. Eski o`zbek adabiy tilining asoschisi - Alisher Navoiy. U o’zbek tilini xazina deb bildi. Bu xazinani ilonlar va tikanlar o’rab turganini ta’kidladi. U eski o’zbek adabiy tilini ana shu “ilon” va “tikanlar”dan tozalab berdi. Eski o`zbek adabiy tili eng rivojlangan davr - XV asr.
“O`zbek” atamasi tarixda ilk bor Rashididdinning “Mo`g`ullar tarixi” asarida atoqli ot ma`nosida qo`llangan. Jaloliddin Manguberdining qo`shin boshliqlaridan birining ismi O`zbektoy bo`lgan. O`zbek so`zining “o`ziga bek”, “otlliq qo`shin”, “to`g`ri”, “sodda”, “insofli”, “odamoxun”, “dil tortar”, “suyukli”, “saxiy” kabi ma`nolari bor.
O’zbek atamasining shunga qadar turk, sart, chig’atoy kabi atamalar bilan ishlatilgan. Navoiy davri va Navoiygacha bo’lgan davrda o’zbek tili turk lafzi, turkiy til nomi bilan yuritilgan.
XVI asrdan o’zbek urug’larining nomi butun xalqning nomiga aylanib ketdi.
Herman Vamberining “Turkiy xalq” asarida o`zbek so`zi “o’z” va “bek” so’zlaridan iborat bo’lib, ”o’z” so’zining ma’nosi “asl”, ”ajoyib”, ”tagi mustahkam”, ”sardor” degani, xullas ”o’zbek” so’zining ma`nosi “aslbek” deb izohlangan.
Eski o`zbek adabiy tiliga mansub so’zlar: cherik-lashkar, qo`shin,butradi-tarqaldi,ketdi; ev-uy, huvaydo-ayon,ravshan, qopungda-eshigingda, kilk-qamish, qalam; ulus-xalq, pesha-hunar,kasb; bilmon-bilmayman, behbud-sog`lomlik.
4.Hozirgi o`zbek adabiy tili.
Jahonning ko‘zga ko‘ringan yozuvchilari tomonidan ishlatilgan so‘zlar miqdorini
Alisher Navoiy 26035 ta,
Aleksandr Pushkin 21193 ta,
Uilyam Shekspir 20000 dan ortiq,
Migel de Servantes 18000 dan ortiq,
Abdurahmon Jomiy 17600 ta,
Abdulla To‘qay 14000 dan ortiq.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Iste`moliga ko`ra tillar necha xil bo’ladi?
2. Xalqaro tillar qaysilar? Ularning ahamiyati nimada?
3. “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun haqida nimalar deya olasiz?
4. Adabiy til va shevalarning farqi va o’xshash jihatlari haqida so’zlang.
5.O`zbek tili qanday taraqqiyot bosqichlariga bo’lib o’rganiladi?
6. Eski o`zbek adabiy tili va yangi o`zbek adabiy tili davri manbalaridan ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |