Tillar iste`moliga ko`ra 2 ga bo`linadi:
1.Tirik til - hozir amalda bo`lib, odamlar so`zlashadigan til. M: o`zbek, rus, ingliz tillari.
2.O`lik til - qadimda mavjud bo`lgan, lekin hozirda hech kim so`zlashmaydigan til. Bularga lotin til, qadimgi hind, sanskrit tili, qadimgi arab, qadimgi slovyan, qadimgi xorazmiy, so`g`d, qadimgi fors tillari kiradi.
Dunyoda qo`llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til xalqaro til yoki jahon tillari deyiladi. Jahon tillari oltita: ingliz tili, fransuz tili, ispan tili, rus tili, xitoy tili, arab tili. Tillar o`zaro o`xshashligi, yaqinligiga ko`ra 2 ga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |