III.Shaxs-son shakllari - -man,-san, -miz, -siz
Talabaman, talabasan, talabamiz, talabasiz.
OT SO’Z TURKUMI
Shaxs narsa shuningdek joy nomlarini bildirib, kim, nima, qayer so`rog`iga javob bo`ladigan so’zlardir. Gap tarkibida qanday so`rog`ini ham oladi: asfalt yo`l, tilla sirg`a kabi. Bunda narsaning ishlanish materialini bildirib sifat xarakterida bo`ladi. Joy nomi nima so`rog`iga ham javob bo`lishi mumkin: shahar (nima).
Otning ma’noviy guruhlari
Ot ma’no jihatidan, dastlab atoqli va turdoshga bo`linadi.
Atoqli ot. Bir turdagi shaxs, predmet, hodisa, joydan biriga atab qo`yilgan ot - atoqli ot: Alisher, Qarshi, Mustaqillik kuni. Atoqli otlar ma’nosiga ko`ra o`z ichida shaxs oti (kim so`rog`iga javob bo`ladi),
joy oti (qayer so`rog`iga javob bo`ladi) va
narsa otiga (nima so`rog`iga javob bo`ladi) bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |