3) Tushum kelishigi – maxsus shakli –ni. Tovush tushishiga uchragan varianti -i men+ni=meni. Qisqargan shakli –n tog’ lolasin zavq bilan terdim.
Tushum kelishigini olgan so’z doimo o’timli fe’lga bog’lanadi: kitobni o’qidim
Tushum kelishigidagi so’z bilan o’timli fe’l yonma-yon turganda ko’pincha tushum kelishigi belgisiz qo’llanadi. Kitobni o’qidim – kitob o’qidim
Tushum kelishigidagi so’z bilan o’timli fe’l o’rtasida boshqa so’z ishlatilsa, tushum kelishigi tiklanadi. Kitob o’qidi – kitobni tez o’qidi.
Tushum kelishigidagi so’z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo’lsa aushum kelishigi doim belgili qo’llanadi: Atoqli ot – Ahmadni ko’rdim. Olmosh – uni ko’raman. Sifatdosh – bilganini aytadi.
Tushum kelishigidagi so’z gapda doim to’ldiruvchi vazifasida keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |