MURAKKAB QO`SHMA GAP
Turli bog’lovchi vositalar yordami bilan o’zaro bog’langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi murakkab qo’shma gap sanaladi.
Murakkab qo’shma gaplar to’rt guruhga bo’linadi:
bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gaplar;
bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gaplar;
aralash murakkab qo’shma gaplar;
qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar.
Bir necha ergash gapli murakkab qo`shma gap. Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplari mavjud bo’lgan gaplardir. Bunday gap tarkibidagi ergash gap bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirsam, chiroq o`chib, parda projektor nurida porlab turardi. Bu gapdagi ergash gap bosh gapga quyidagicha bog`lanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |