Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gap. Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud bo’lgan murakkab qo’shma gaplardir. O’zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug’, iqboli balandki, ularning O’zbekistondek jannatmonand yurti bor.
Aralash turdagi murakkab qo`shma gap. Tarkibida ergashgan, bog’langan yoki bog’lovchisiz qo’shma gaplar mavjud bo’lgan gaplardir.Bunday qo`shma gap uchdan ortiq sodda gapdan ham tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.
Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi - gapi ergash gap. lekin hech kim kirmadi - gapi birinchi gapga nisbatan bog’langan gap. sovuq havo xonani qopladi - gapi ikkinchi gapga nisbatan bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gap
Qismlari uyushgan murakkab qo’shma gap. Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplardir. O’sha yillar… mashoq terar edik, mol boqardik, g’o’za jo’yakka kultivatsiya yugizardik.
Do'stlaringiz bilan baham: |