Bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar. Bo’lsa, esa so’zlari bog’langan qo`shma gap qismlarini bog’lash bilan birga, ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi bo’lakdan so’ng keladi: U kim bo’lsa bo’lsin, men esa arxitektor bo’laman. Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo’lsang faqat dam olaylik deysan.
QISMLARI OHANG YORDAMIDA BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAPLAR
Esda saqlang. Qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilar yordamida ham, ergashtiruvchi bog‘lovchi yordamida ham bog‘lanmasa, u holda ular bir-biri bilan ohang yordamida bog‘lanadi. Ana shunday qo‘shma gaplar ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar yoki bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deyiladi.
Ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘rtasida turli xil ma’no munosabatlari bo‘ladi. Masalan,
Zidlik: Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi.
Sabab: Qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi.
Payt: Dalasida o‘smas tikonlar, cho‘llarida chopmas ilonlar va boshqalar.
Bunday ma’nolar bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gap qismlari o‘rtasida ham mavjudligidan xabaringiz bor. Ana shu ma’no umumiyligi asosida bunday qo‘shma gaplar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan,
Ko‘prikni biz qurdik, dushmanlar o‘tdi.
Ko‘prikni biz qurdik, lekin (ammo) dushmanlar o‘tdi.
Esda saqlang. Yuqoridagi ikkita qo‘shma gap qismlari o‘rtasida bir xil ma’no munosabati — zidlik (birinchi gap ma’nosi bilan ikkinchi gap ma’nosi o‘rtasida zidlik bor) munosabati ifodalangani uchun bu ikki gap bir-biri bilan sinonim sanaladi.
Ular o‘rtasidagi farq faqat qo‘shma gap qismlari o‘rtasida qanday bog‘lovchi vositaning ishlatilishidadir. Shuningdek, Anor so‘ylar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. (H.Olimjon) qo‘shma gap qismlari o‘rtasida payt munosabati ifodalangan. Qo‘shma gap tarkibidagi ikkita sodda gap bir paytda ro‘y berayotgan ikkita voqea-hodisani (birinchisi — Anorning so‘zlashi, ikkinchisi — Zaynab qalbining qaltirashi) ifodalaydi. Ikkala qism va bog‘lovchisi qatnashmagan holda ohang yordamida ham bog‘lanishi mumkin: Anor so‘ylar, Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. Bu vaqtda bog‘langan qo‘shma gap emas, balki bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap hisoblanadi.
Juda muhim. Qo‘shma gap qismlari o‘rtasida sabab-natija (bir sodda gap sababni, ikkinchisi esa undan kelib chiqqan natijani bildiradi) munosabati mavjud bo‘lsa, unday qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gap shaklida ham, bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham, ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gap shaklida ham ifodalanishi mumkin.
Masalan, Paxtalar qiyg‘os ochildi, terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiyg‘os ochildi, shuning uchun terim avjiga chiqdi. Paxtalar qiyg‘os ochildi va terim avjiga chiqdi.
Yuqoridagi uchta qo‘shma gap sabab-natija umumiy ma’nosi bilan o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, lekin qo‘shma gapning qaysi turiga mansubligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Ko‘rinadiki, bir xil ma’noni turli qo‘shma gap shakllari orqali ifodalash mumkin. Shuning uchun ulardan nutqda o‘rinli foydalana olish nutq madaniyatiga ega bo‘lishda katta ahamiyatga ega.
Tahlilda bog’lovchisiz qo`shma gaplar bir-biri bilan to’g’ri chiziq bilan bog’langan ikki to’rtburchak
( ) orqali ifodalanadi. Bu bog’lovchisiz qo`shma gap qolipi sanaladi. Ruboiyni ichida o’qidi, yuzini tabassum qopladi.
Bog`lovchisiz qo`shma gapda ohang muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun tinish belgisining ahamiyati katta. Bog’lovchisiz qo`shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta kabi tinish belgilari ishlatiladi.
1) agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismi bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisani ifodalasa, vergul qo`yiladi: Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar;
2) agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismi mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo`lsa, nuqtali vergul qo`yiladi: Yomg`ir chelakdan quyganday sharillab yog`ardi; uning xayoli uzoq, yoshlik paytlarida kezmoqda;
3) bog`lovchisiz qo`shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismning sababini bildirsa, izohlasa, to`ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo`yiladi: Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
4) agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari orasida o’xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalanganda, ular orasiga tire qo’yiladi: Qor yog`di – don yog`di. Yoshim yetmish ikkida – o`zim yigitman, Hamal keldi – amal keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |