Undalmalar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli uning o‘rni erkin bo‘ladi, lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko‘ra, alohida-alohida vazifa bajaradi. So‘zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap boshida keladi.
So‘zlovchi tinglovchilarga murojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap o‘rtasi va oxirida keladi. Masalan, Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim. Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?! ... Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo — Sen beshik emassan, dorsan, tabiat
Do'stlaringiz bilan baham: |