QO‘SHMA GAP QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSIТALAR VA QO‘SHMA GAP ТURLARI
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro quyidagi grammatik vositalar yordamida bog‘lanadi:
1. Bog‘lovchilar:
a) teng bog‘lovchilar (va, hamda; ammo, lekin, biroq; yo, yo... yo, dam... dam... va boshq.);
b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar (shuning uchun, chunki,-ki va boshq.)
2. Bog‘lovchi vazifasidagi bo‘lsa, esa so‘zlari va -u (-yu),-da yuklamalari.
3. Ohang: Qor yog‘di — rizq yog‘di.
Juda muhim. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro qanday bog‘lovchi vositalar yordamida grammatik bog‘lanishga ko‘ra qo‘shma gaplar uch guruhga bo‘linadi:
1. Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari teng bog‘lovchilar: bo‘lsa, esa so‘zlari, -y(u), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi.
2. Ergash gapli qo‘shma gaplar qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |