Kirishlar gapning boshqa bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Shuning uchun u boshqa gap bo‘laklaridan farq qiluvchi alohida ohang bilan talaffuz qilinadi va yozuvda vergul bilan ajratiladi.
So‘zlovchining o‘zi ifodalagan fikrga munosabat turlari va har qaysi ma’no munosabatini ifodalaydigan kirish so‘zlarni ko`ramiz:
1) ishonch/tasdiq: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan, darhaqiqat, haqiqatan ham, so`zsiz, shaksiz
2) gumon: ehtimol, shekilli, chamasi, balki, taxminimcha, mumkin;
3) shodlik/achinish: Baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsus;
4) bayon qilingan fikrning kimga qarashliligi: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha;
5) bayon qilingan fikrning tartibi: birinchidan, ikkinchidan, avvalo, avvalambor
6) bayon qilingan fikrning yakuni: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan;
Do'stlaringiz bilan baham: |