KIRISH…………………………………………………………………………..
KIRISH
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Vazirlar mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 5-son hamda 1998 yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-sonli Qarorlariga asosan ona tili o‘quv fanidan davlat ta’lim standartlari (DTS) ishlab chiqildi.
DTS o‘quvchilarning ma’lumot saviyasiga qo‘yiladigan talabni, ona tili ta’limi jarayoniga qo‘yiladigan ijtimoiy talabdan kelib chiqib belgilaydi. Hozirgi davr talabi o‘quvchi
shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, uni og‘zaki va yozma ravishda bayon qilishga o‘rgatish, kommunikativ savodxonlikni ta’minlashdan iboratdir.
Kommunikativ savodxonlikni ta’minlashda ona tili va uni o‘qitish metodlari asosiy hal qiluvchi vazifani bajaradi. Kommunikativ savodxonlikni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni talablari asosida takomillashtirilgan (uzviylashtirilgan) DTS ishlab chiqildi. Unda asosiy e’tibor o‘quvchi nutqini o‘stirishga qaratilgan. Bu o‘z o‘rnida o‘rta umumiy ta’lim tizimi uchun “ijtimoiy jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan” shaxsni voyaga yetkazdiradigan yetuk mutaxassislar tayyorlashda oliy ta’lim tizimining mas’uliyatini oshiradi.
“Ona tili o‘qitish metodikasi” studentlarni o‘zbek tili ilmiy grammatikasidan egallagan bilimlarini o‘rta maktab ta’lim tizimiga yetkazishda asosiy rolni o‘ynaydi.
O‘zbek tili o‘qitish metodikasidan o‘qiladigan ma’ruzalarning ko‘proq umumlashtiruvchi
xarakterdaligi, talabalarning metodik qonun-qoidalarni bir-biridan ajratishda asosiy e’tibor berish kerak bo‘lgan o‘rinlarni tanlashda qiynalayotganliklarini e’tiborga ol ushbu qo‘llanma o‘zlashtirilishi zaruriy bo‘lgan tushuncha va bilimlar kichik-kichik mavzular asosida berildi.
g‘oyasi hamda sharqona tarbiyani berishdan iborat. Shu asnoda ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga qartilmog‘i lozim.
Ona tili o‘qitish metodikasining
asosiy vazifasi – o‘zbek tili mutaxassisligi bo‘yicha talabalarni adabiy til me’yorlaridan to‘g‘ri foydalanadigan, adabiy nutq me’yorlarini egallagan yetuk ona tili o‘qituvchisi qilib yetkazishdan iborat. Shuningdek, maktab o‘quvchilarini orfografik va punktuatsion to‘g‘i
yozishga, adabiy til va nutq normalariga rioya qilgan holda talaffuz etish va yozishga, buni amalga oshirish uchun xilma-xil mashqlarni bajarishga o‘rgatish zarur